Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Vizual.
Monitorda namoyish etiladigan vizual tasvirlar yordamida ma'lumotlarni uzatadigan 
standart kompyuter interfeysi. 
Imo-ishora.
Qoida tariqasida, u telefonlar yoki planshetlar uchun interfeys boʻlib xizmat 
qiladi. Koʻpgina hollarda, bu tizimni boshqaradigan odamning barmoqlarining harakatlariga 
javob beradigan va har bir aniq harakatga ma'lum darajada javob beradigan sensorli panel. Oddiy 
vizual interfeysning soddalashtirilgan versiyasi deb atash mumkin. 
Ovoz.
Ushbu turdagi interfeys nisbatan yaqinda paydo boʻldi. Ovozli buyruqlar yordamida 
tizimni boshqarish imkoniyatini beradi. Tizim, oʻz navbatida, foydalanuvchi bilan muloqot orqali 
*
*
Buxoro davlat universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent


399 
ham javob beradi. Eng qizigʻi shundaki, zamonaviy texnologiyalar bizga nafaqat telefonlar yoki 
kompyuterlarning ovozini, balki maishiy texnika va hatto bortli kompyuterlarning ovozini 
boshqarishga imkon beradi. 
Ushbu sohadagi eng yangi yoʻnalishlardan biri bu sensorli interfeys. Uning ishlash prinsipi 
ma'lum ob'ektlar orqali amalga oshiriladigan foydalanuvchi va mashinaning jismoniy oʻzaro 
ta'siriga asoslanadi. Aytishimiz mumkinki, bu monitordan foydalangan holda foydalanuvchiga 
ilgari ma'lumotni grafikaviy ravishda olgan ma'lumotlarni taqdim etishga urinishdir. 
Tizim va dastur interfeysi. Bunday interfeyslar 2 turga boʻlinadi: tizim va amaliy dasturlash 
interfeysi. Tizim interfeysi ikki xil boʻlishi mumkin: buyruq beruvchi va grafik. Ilova dasturlash 
interfeysi yoki API bu ba'zi bir dastur biron bir operatsiyani bajarish uchun operatsion tizimga 
murojaat qiladigan bir turdagi soʻrov orqali amalga oshiriladi. Ushbu interfeys turli xil ishlab 
chiquvchilar tomonidan dasturlarni yaratish uchun ishlatiladi. Odatda buyruq beruvchi interfeys 
foydalanuvchi ma'lum koʻrsatmalarni kiritadigan buyruq qatori boʻlib, aksariyat hollarda oʻz 
sintaksisiga ega (masalan, ubuntu operatsion tizimi) va tizim ularni bajaradi. 
Grafik interfeys buyruq beruvchi interfeys buyruqlari tufayli ishlaydi, ammo undan farqli 
oʻlaroq, buyruqlar buyruqlar satriga matn orqali kirmaydi, balki piktogramma, oynalar va 
boshqalar kabi grafik tasvirlar orqali yuboriladi. Ushbu turdagi interfeys eng keng tarqalgan 
boʻlib, bugungi kunda koʻpgina shaxsiy kompyuterlarda qoʻllaniladi. Bunday interfeyslar 
koʻpincha WIMP deb ataladi,ya'ni bu - Window (Okoshko), Icon (Ikonka), Menu(Menyu), 
Pointing 
device 
(Manipuliruyuщee 
ustroystvo) 
soʻzlarining 
birinchi 
harflarining 
qisqartmasidir[14] . 
Mualliflik korpuslarining interfeysi turli dizayn, tuzilishga ega boʻlib, uning mukammaligi 
korpus yaratuvchi muallifning zimmasiga yuklanadi. Chunki interfeys korpus haqida ilk 
taassurot qoldiruvchi, oʻziga jalb etuvchi umumiy koʻrinishdir. Interfeys yaratishda milliy 
kolloritni aks ettiruvchi bezaklar hamda mumtoz yoki zamonaviylikni aks ettiruvchi belgilar 
e'tiborga olinishi lozim. Interfeysda ijodkorning hayoti, faoliyati, u yaratgan asarlar alohida 
oynalarda ochilishi, fotogalereya qismi ham boʻlishi shart. Yuqorida sanab oʻtilgan materiallar 
korpusdan elektron kutubxona sifatida foydalanish imkonini beradi. “Qidiruv” tizimda 
ijodkorning hayoti, faoliyati, u yaratgan asarlar alohida oynalarda ochilishi, fotogalereya kabi 
oynalar korpusning imkoniyatlarini ishga soladi. Bu oynalar korpus birliklarining 
razmetkalanishi asosida qidiruvni ta'minlashdagi dasturiy ta'minotdir. Oʻzbek tili milliy korpusi 
va mualliflik korpusining interfeysi foydalanuvga tushunarli, ishlash uchun qulay, eng optimal 
variantdagi serqirra razmetkalangan, mukammal boʻlishi kerak. Global tarmoqda mavjud 
korpuslar katta hajmli (materiallarning koʻpligi), hamda chuqur razmetkaga egaligi bilan ajralib
turadi. Masalan, Pushkin va Chexov korpuslar morfologik va semantik annatatsiyalangan, 
mukammal korpuslardir. Ammo u zamonaviy dasturiy dizayn talablariga javob bermaydi. 
Chunki ularning yaratilganligiga 8-10 yil boʻlgan. Keyingisi Shekspir mualliflik korpusi qidiruv 
tizimining mukammalligi hamma dizayinning yorkinligi bilan ajralib turadi, ammo u morfologik 
va semantik razmetkalanmagan. Mavjud korpuslarning har biri oʻzgacha kamchilikga ega. 
Masalan, tojik tili korpusi faqat elektron kutubxona vazifasini, foto va video galereya vazifasini 
bajara oladi. Bu korpus umuman razmetkalanmagan, qidiruv tizimi nomukammal va noqulaydir. 
Faqat yaxlit asargagina ishora qila oladi. Rus tilshunoslari tomonidan yaratilgan Pushkin va 
Chexov korpuslarida sintaktik rezmetka mavjud emas. Yaratilgan mualliflik korpusi Abdulla 
Qahhorning “Bemor” hikoyasi korpusi boʻyicha elektron-ma'lumotlar bazasi hisoblanadi, sun'iy 
intelekt asosida oʻzbek tilini qayta ishlashga: imloviy-tahrir, avtomatik ishlov berish va tarjima 
dasturlarini tuzishga, turli belgilar asosida qidiruv amalga oshiriladi[6]. Yaratilgan korpus - 
soʻzning qoʻllanish davri va chastotasini aniqlay oladi, tilning jonli qurilishini, soʻzlarning oʻzaro 
birikish imkoniyatini tahlil qila oladi, matnni avtomatik qayta ishlaydi (mas., tarjima qilish) va 
turli qidiruv tizimlari avtomatik bajara oladi. Vaqtni 100 barorbar tejaydi.


400 
Demak, milliy korpusni yaratishda interfeys asosiy rol oʻynaydi. Zamonaviy dasturiy 
dizayn talablariga javob beradigan, foydalanuvga tushunarli, ishlash uchun qulay shaklda
yaratish lozim. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish