405
zarur. Tibbiy terminologiyaning ilmiy va ommabop variantlari farqlanishi kerak. Tibbiy ilmiy va
ommabop matn farqlanishi, ilmiy tadqiq qilinib, lingvistik tavsiyalar ishlab chiqilishi zarur” ligi
tilshunos olim B.R.Mengliyev tomonidan tanqidiy izohlangan edi. [B.R.Mengliyev.2019.4b]
Haqiqatdan, soʻnggi 30 yil ichida moliya, harbiy, tibbiy, iqtisodiy va boshqa koʻpdan-koʻp
sohalarda tildagi, fikr ifodasidagi qiyinchiliklarni roʻkach qilib, rus tilidagi tayyor qoliplarga
murojaat etishadi, yaʼni oson yoʻl tutishga urinish va boshqa salbiy oqibatlar, eng avvalo, davlat
tilining toʻlaqonli ilm tili darajasiga aylana olmagani natijasidir. Bugungi kunda bunday
kemtikliklarni bartaraf etish maqsadida, soha tilshunosligini rivojlantirish oldimizga qoʻyilgan
dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Mazkur maqolada beriladigan takliflar ushbu
muammolar yechimi sifatida xizmat qiladi. Tibbiyot xodimlari uchun tibbiy atamalarga doir
elektron platformalar yaratish, unda “Tibbiy evfemizmlar lugʻati”, “Tibbiy perifrazalar”, “Tibbiy
leksika metaforalari” lugʻati, elektron lugʻatlar, elektron darsliklar, ularning mobil ilovalarni
kiritish oʻzbek leksikografiyasi, terminologiyasi, shuningdek, kompyuter lingvistikasi rivoji
uchun muhim manba sanaladi. Shifokorlar va bemorlar nutqida qoʻllanuvchi faol tibbiy atamalar
tibbiy terminlardan keng maʼnoda tasvirlanishi, leksik birliklar orqali ifodalanishi bilan
farqlanishi lozim. «Аtama» keng qamrovli tushuncha boʻlib, unda terminologiyaga umuman
tegishli boʻlmagan toponimiya, antroponomiya, oykonimiya, yaʼni onomastikaga aloqador leksik
birliklar ham tushuniladi, «termin» esa bu professional bilimlarning muayyan sohasi
tushunchalar tizimiga kiruvchi bir tor sohada qoʻllanuvchi rasmiylashgan soʻzdir. Shu maʼnoda,
«termin» tushunchasi «atama» tushunchasining ichiga kiruvchi ilmiy-lugʻaviy birliklar sifatida
ifodalanadi. Oʻzbek atamashunosligi zahirasini boyitish maqsadida ushbu tibbiy terminlarning
atamalar orqali yoritilishi, aniq va ixcham terminlar oʻrniga sermazmun izohlarning berilishi,
aytilishi nooʻrin boʻlgan tibbiy terminlarning noyob tibbiy atamalar bilan toʻldirilishi, ularni
yaratishda ona tili imkoniyatlaridan keng foydalanishi asos qilib olingan.Tibbiyot lingvistikasini
rivojlanishidan asosiy maqsad:
oʻzbek tilida qoʻllaniladigan mahalliy tibbiy lingvistik birliklarning mazmun-mohiyatini
oʻrganish;
tibbiy birliklarning hududiy xaritasini va kartotekasini tuzish, ularning til madaniyatida tutgan
oʻrnini mustahkamlash;
yoʻqolib borayotgan noyob tibbiy atamalarni toʻplash, ularning tasviriy izohli lugʻatini tartiblash;
tilshunoslikning tibbiyot bilan faol integratsiyalashuvini taʼminlash hamda masofaviy taʼlimni
amalga oshirishdan iborat.
Yuqoridagi fikrlarimizni asoslash uchun izohtalab ayrim tibbiy atamalarimizni tahlilga
tortamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: