“Put another man`s child in your bosom, and he will creep out at
your elbow” (Birovning bolasini koʻksingizga qoʻysangiz, tirsagingizga tirmashib oladi)
maqolida ham kuzatiladi.
Biroq koʻpgina maqollarda xalqimizning yetimparvarligi, sagʻir bolalarga mehribonligi,
insonparvarligi namoyon boʻladi. Ularda yetim bolalarga nisbatan mehrli boʻlishga, gʻamxoʻrlik
qilishga, mehr-oqibatli boʻlishga, yetimlarning haqiga hiyonat qilmaslikka chorlov va daʼvat
yetakchilik qiladi.
“Yetim-yetim demangiz, yetim haqqin yemangiz”, “Etimni yigʻlatma”, “Mard
yetimga yeng boʻlar, boʻlmaganga boy”, “Yetim yetti uydan osh ichar”
singari maqollarda xuddi
shu holatni kuzatish mumkin. Bunday maʼnodagi maqollardan turli badiiy asarlarda ham keng
qoʻllanilgan.
Аytish kerakki, hadislar va buyuk allomalarning hikmatli soʻzlarida ham yetimparvarlik
gʻoyalari keng targʻib qilingan. Baʼzan shu haqdagi hadislar bilan maqollarning mazmunan
yaqinligi anglashiladiki, bundan ularning bir-biriga gʻoyaviy taʼsir koʻrsatganini ilgʻash mumkin.
Bolalar yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboevning “Jannati odamlar” asarida paygʻambarimiz
Muhammad alayhi vasallamning
“Bir yetimning koʻnglini ovlasang, yetti hajning savobini
olasan
[X.Toʻxtaboev, 2015: 93]”, degan hadislari keltirilgan.
339
Mirbarot Fozilov “Аql aqldan quvvat oladi” nomli hikmatlar va maqollar toʻplamida
Saʼdiy Sheroziyning:
Gar ochlikdan bersa ham mard jon,
Yetimlar haqin yemagan hech qachon
[M.Fozilov, 1967: 7].
Sayqaliyning:
Tarahhum qil yetimlar holigʻa san,
Аmal qil yaxshilar afʼoligʻa san
[M.Fozilov, 1967: 7], –
kabi hikmatli misralarini keltirib oʻtgan.
Yana bir guruh maqollar mazmunida yetimlarning ojiz va nochor ahvoli aks etirilgan.
“Yetim qizning toʻyini yomgʻir buzar”, “Oʻzing uchun oʻl yetim”, “Yetim oʻz kindigini oʻzi
kesar”, “Ot oriqlikda, qiz yetimlikda koʻrimsiz” kabi maqollarni bunga misol qilish mumkin.
“Holvani hokim yer, kaltakni yetim”, “Tayyor oshga bakovul, yetim qizga yasovul”, “Yetim
kimniki, osh berganniki”
kabi maqollar esa qora niyatli kishilarning yetimlarga nisbatan
adolatsizligini, ulardan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmoqchi boʻlishlarini anglatadi. Bunday
yondashuv britaniyaliklarning
“A surgeon experiments on the heads of orphans” (Xirurg
yetimning kallasida tajriba oʻtkazadi),
afrikaliklarning
“It is the cloth of an orphan that is often
given to the guest” (Mehmonga yetimning kiyimi beriladi),
arablarning
“The barber learns to
shave on the orphan's face” (Sartarosh soqol olishni yetimning yuzida mashq qiladi)
maqollarida ham oʻz ifodasini topgan.
Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” asarida keltirilgan
“Yetimning otasi koʻp”
maqolida
yetim bolaga koʻpchilikning xoʻjayinchilik qilishga intilishi nazarda tutilgan.
Onasiz yetim va otasiz yetimlarning ahvoli bir-biridan farq qilishini
“Ona bilan qolgan
gul yetim, ota bilan qolgan shum yetim”, “Onali yetim orli yetim, otali yetim orsiz yetim”,
“Otasiz yetim – bir yetim, onasiz yetim – ikki yetim”, “Otasiz oʻgʻlon – yetim, onasiz oʻgʻlon –
yesir”
singari maqollar misolida koʻrish mumkin. Tuba xalqida xuddi shu maʼnoda ishlatiladigan
“Without father – half orphan, without mother – complete orphan” (Otasiz – yarim yetim, onasiz
– butkul yetim)
maqoli mavjud. Inglizlar esa shu maʼnoda
“Better a thigging mother, nor a
riding father”
maqolini ishlatishadi. Ushbu maqollarda otaga qaraganda bolaga onaning
mehribonroq boʻlishi, uni koʻz qorachigʻidek asrashi taʼkidlab oʻtilgan. Negaki, ota bolasini
sevgani bilan uning atrofida har doim parvona boʻla olmaydi, koʻpincha koʻchada tirikchilik
vajidan yurishi bois uning hol-ahvolidan hammavaqt xabar olib bilmaydi. Natijada bola
nazoratsiz qolib ketadi.
Yetimlik mavzusidagi maqollar bilan bir qatorda, xalq orasida oʻgaylikka boʻlgan
munosabatni koʻrsatuvchi maqollar ham talaygina. Bu kabi maqollarda oʻgay ona hamda oʻgay
otaning chin ota-ona boʻla olmasligi nazarda tutiladi. Bu oʻrinda
“Oʻgay ota non bermas, non
bersa ham jon bermas”, “Oʻgay ota oʻkirar, yuragidan boʻkirar”, “Oʻgayning oti qursin,
saksovulning oʻti qursin”, “Onang oʻgay boʻlsa, otang oʻzingniki emas”
maqollarini aytib oʻtish
lozim. Ispan xalqining
“There is no mother like the mother that bore us” (Bizni dunyoga
keltirgan onadek ona yoʻq)
,
daniyaliklarning “The child that gets a stepmother gets a stepfather
also” (Oʻgay onaga ega boʻlgan bola, oʻgay otaga ham ega boʻladi)
maqollari oʻgaylik borasida
yuqorida keltirilgan oʻzbek xalq maqollari bilan mazmun va shakl jihatdan hamohangdir.
Baʼzan maʼnosi bir-biriga zid kelib qolgan qarindoshlik aloqalari bilan bogʻliq
maqollarga ham duch kelamiz:
“Bir togʻa yetti ota oʻrniga oʻtar”
maqoli togʻaning yetim bolaga
ota oʻrnida otadek mehr-muruvvat koʻrsatishga burchdorligini anglatib turadi.
“Ming ignani
yigʻnasang tugma boʻlolmas, ming ammani yigʻnasang ona boʻlolmas”
maqolida esa amma har
qancha mehrli boʻlmasin, jiyani uchun ona oʻrnini bosa olmasligi aytilgan. Negaki, amma ayol
kishi boʻlganligi bois oilasida eriga qaram hisoblanadi. U eri ruxsat qilsagina, jiyaniga yordam
bera oladi. Xuddi shuningdek, yangalar yetimparvarligiga ham shubha bilan qaralib:
“Etti yanga
yigʻilib, birta ona boʻlolmas”
deyiladi.
340
Xulosa qilib aytganda, xalq maqollari keng qamrovli boʻlib, hayotning barcha jabhasini
qamrab olgan. Sharq va gʻarb xalqlarining hayot tarzi, oʻy-hayollari bir-biridan keskin farq qilsa-
da, maqollarda aks etgan mavzu va gʻoyalarda baʼzi mushtarak jihatlar koʻzga tashlanadi.
Begonalarning yetim boladan oʻz manfaati yoʻlida foydalanishi, onasiz qolgan yetimning otasiz
qolgan yetimga nisbatan koʻproq xor boʻlishi, oʻgay ota va oʻgay onalarning rahm-shavqatsiz
boʻlishi bilan bogʻliq maqollarning har ikkala xalq tomonidan qoʻllanilishi buning isbotidir.
Tahlil qilingan maqollar misolida yetimlik va oʻgaylik tushunchalarida turli millatlar oʻrtasida
oʻxshash qarashlar mavjud deb aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |