Foydalanilgan ababiyotlar:
1.
Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati. –Toshkent:
Qomuslar bosh tahririyati, 1992.
2.
Toʻychiboyev B, Hasanov B. Oʻzbek dialektologiyasi - Toshkent: Abdulla
Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.
3.
Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. Oʻzbek dialektologiyasi - Toshkent:
“Oʻqituvchi” nashriyoti, 1978.
4.
Mamatov A. Oʻzbek tili frazeologizmlarining shakllanish masalalari. fil.fan.dok...
diss... - Toshkent, 1999.
5.
Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 1-4-jild. - Toshkent, 2006-2008.
20-30-yillar oʻzbek va tatar tilshunosligi orasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari
Interaction between Uzbek and Tatar linguistics in 20-30 years
Bobomurodova Shoira Erkinovna
Annotation:
The article examines and analyzes the interaction of Tatar intellectuals in
the history of Uzbek and Tatar linguistics, the formation of textbooks and lessons, the formation
of Uzbek terminology, the grammar of the Uzbek language.
Key words:
riches, aids, spellings, word constructions, completeness, loneliness,
auxiliary noun, note, completeness, separator, noun, argument, verb.
XIX asrning 50-yillaridan boshlab ma’naviy uygʻonish sari yuz tutgan turkiy millat
ma’rifatparvarlari millatning koʻzgusi, taraqqiyot omili boʻlgan til masalasiga jiddiy e’tibor
qarata boshladilar. Matbuotning yuzaga kelishi, nashr ishlarining avj olishi, maktab va maorifga
e’tiborning ortishi natijasida imlo masalasi birinchi oʻringa chiqdi. Ma’rifatparvarlarning
dunyoviy ilmu fan va madaniyat sari intilishlari tilni ilmiy asosda oʻrganishni kun tartibiga
qoʻydi. Tatar olimi Jaloliddin Validiy bu haqda shunday yozgan edi: “Usuli jadida oqimi ona
tilini oʻrganuv” degan bir narsani olgʻa qoʻymadi. Usuli jadida maktablariga tatar tilining
qoidalari kiritilmadi. Lekin ul din va xalq ham ba’zi bir fan darslarin yengil usulda turli tilda
oʻrganuvni lozim koʻrganlikdan ona tilini tekshiruvga bir darajada yoʻl ochdi” [Validiy, 1919:
15].
XX asr boshlariga kelib fan va madaniyat oʻchogʻiga aylangan Istanbul, Qozon
shaharlarida turk tilini tadqiq etuvchi tilshunos olimlar guruhi faoliyat koʻrsata boshladi. Ular
harf, alifbo, imlo muammolari ustida izlanishlar olib borib, turk tilining ilmiy grammatikasini
yaratishga bel bogʻladilar. Natijada “Qavoyidi lisoni turkiy” [Abdulqodiriy, 1905: 65], “Tatar
tilining grammatikasi” [Validiy, 1919: 172] “Tatar sarfi” [Ibrohimov, 1918: 84], “Qavoiydi
turkiya” [Ne’matulin, 1907: 40] kabi bir qancha grammatik asarlar yuzaga keldi.
XX asr boshlarida Turkistonda ochilgan usuli jadida maktablarida, 9 oylik bilim
yurtlarida ona tili oʻqitish oʻquv rejasiga kiritilgan boʻlib, muallimlar shogirdlariga til qoidalarini
usmonlicha va tatarcha kitoblardan olib oʻqitmoqqa majbur boʻldilar. Chunki bu davrda oʻzbek
tilining qoidalari maxsus oʻrganilmagan, “Qavoiydi turkiy” kabi grammatikaga oid asarlarda esa
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, filologiya fanlari nomzodi, katta
o‘qituvchi
334
turk tillarining qurilishiga oid umumiy yoʻnalish berilgan edi, xolos. Ayrim jadid maktablarida
turkiy xalqlarning barchasi uchun umumiy boʻlgan oʻrta til va imloni qabul ettirish gʻoyasi ostida
turk tili grammatikasi oʻqitilardi.
XX asr boshlarida rus tilida ham bir qancha oʻzbek tiliga oid grammatika va
xrestomatiyalar tuzilgan boʻlib, unda til qoidalari rus tili grammatikasi asosida izohlanganligi
sabab oʻzbek oʻquvchilari ehtiyojini qondira olmas edi. 1913 yilda M.Faxriddinov tomonidan
tuzilgan “Turkcha qoida” [Turkcha qoida, 1913:– 43] kabi asarlar esa turk olimlari tomonidan
arab tili sarf-nahvi andozasi asosida tuzilgan grammatikaning nusxasi edi, xolos.
Fitrat boshchiligidagi Chigʻatoy gurungi a’zolari ilk bor oʻzbek tilini ilmiy asosda
oʻrganishga kirishdilar. Ular til qoidalarini rus yoki arab tili grammatikasi asosida emas, balki
shu tilning ichki xususiyatlari asosida yoritish kerakligini tushunib etganligi sababli tarixiy
asarlar, xalq ogʻzaki ijodi namunalari, shevalar asosida materiallar toʻplab, ularni ilmiy jihatdan
oʻrgana boshladilar. Natijada matbuot sahifalarida Elbek [Elbek, 1922], Qayum Ramazon
[Ramazon, 1920], Shokirjon Rahimiy [Rahimiy, 1920], Shorasul Zunnun (Elchi) [Elchi, 1920]
larning oʻzbek tili tovushlari, unlilar, singarmonizm masalalaridan bahs etuvchi maqolalari
koʻrina boshladi. Bular shoʻro davridagi oʻzbek tilshunosligiga bagʻishlangan ilk ilmiy
tadqiqotlar edi.
Chigʻatoy gurungi a’zolari oʻz faoliyatlari davomida oʻzbek tilidagi unli va undosh
tovushlar, oʻz va oʻzlashgan soʻzlar imlosi, yoʻgʻonlik va ingichkalik qonuniyatlari masalalari
ustida izlanishlar olib bordilar. 1921 yilda Elbek ta’rifi bilan aytganda “yolgʻuzgina bir
uymoqning oʻziga tegishli sanalgan imlosida oʻqib yozishlari hamda shu imlo va tilni yalpi shu
xalqning oʻziga qabul ettirish” [Elbek, 1920] maqsadida oʻtkazilgan Til va imlo qurultoyida harf
va imlo qoidalari borasida koʻpchilik tilshunos olimlarning kengashi bilan yangi qarorlar qabul
qilindi. Qurultoy qarorlarini amalga oshirish uchun tuzilgan komissiyaning raisi Elbek yangi
imloni maktablarda tezlik bilan joriy etish maqsadida “Yozuv yoʻllari” saboqligini tuzib tarqatdi.
Bu asar 20-yillarda imlo turliligicha chek qoʻyish, qat’iy yozuv qoidasini oʻrnatishda gʻoyat katta
ahamiyatga ega boʻldi.
Fitrat, Elbek, Qayum Ramazonlar imlo saboqliklarini tuzishda oʻsha davrdagi Validiy J.,
Ibrohimov O., Husayn Johid, Ibrohim Haliliy, Najib Osim kabi olimlarning tatar va usmonli turk
tili grammatikasiga oid darsliklari bilan yaqindan tanishganlar. Ayniqsa, Olimjon Ibrohimov
[Ibrohimov, 1918: 84], Jamoliddin Validiy [Validiy, 1919: 172], Fotih Sayfilarning tatar tiliga
bagʻishlangan sarf va nahv asarlaridan namuna sifatida foydalanganlar, nazariy masalalar hamda
ilmiy grammatik terminlarni ishlatish borasida ham ularga tayanganlar. Buning asosiy sabablari
bor, albatta. Elbek bir maqolasida oʻzbek bilim hay’atiga qozonlik Fotih Sayfining kelishi bilan
toʻxtab yotgan ishlar jonlanib ketganligini yozgan edi. Elbek oʻzining eng birinchi “Oʻrnak”
nomli oʻqish kitobini ham Fotih Sayfining koʻmagi bilan tuzgan. Bundan koʻrinadiki, Fotih Sayfi
va shu kabi Oʻzbekistonga kelib faoliyat koʻrsatayotgan A.Sadiy, Sh.Ahmadiy kabi tatar
ziyolilari oʻz tajribalarini oʻzbek tilshunoslari bilan oʻrtoqlashganlar, ular tatar olimlarining til
borasidagi nazariy fikrlari bilan oʻrtoqlashib, til qonun-qoidalarini tuzish, til saboqlarini yaratish,
atamalarni belgilash ishlariga oʻzbek olimlariga kuchli ta’sir qilganlar. Oʻzbekcha grammatik
terminlarning yaratilish tarixini oʻrganganimizda bunga koʻproq amin boʻldik. Masalan, tatar
tilshunosi N.Hakimning “Imlo masalasi” [N.Hakim, 1922], “Turk tillarining qonunlarini
tuzishdagi asoslari” [N.Hakim, 1922], “Oʻzbek tili sarfi toʻgʻrisida” [N.Hakim, 1925],
A.Sadiyning “Turk tillarining qonun-qoidalarin oʻrganish ham tuzishda asoslar” [A.Sa’diy,
1922] kabi maqolalarida oʻzbek tiliga doir muhim nazariy fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, A.Sadiy
va N. Hakimning oʻzbek til saboqlariga yozgan tanqidiy maqolalari katta ahamiyatga ega edi.
Masalan, A.Sa’diy “Yozuv yoʻllari” ga bagʻishab yozgan “Tanqid” maqolasida [A.Sa’diy, 1922]
oʻzbek maktablarida imlo masalasining bir yoʻlga qoʻyilishida bu asarning gʻoyat katta ahamiyat
kasb etishini aytib, Elbekning xizmatlarini toʻgʻri baholaydi. Shu bilan birga asardagi
ta’riflarning ifoda uslubi, terminlarning qoʻllanilishi, mavzu uchun berilgan mashqlarning talab
335
darajasi borasidagi kamchiliklarni oʻrinli koʻrsatib oʻtadi. Ahamiyatli ilmiy-uslubiy koʻrsatma va
maslahatlar beradi.
Tilshunoslar oldida turgan asosiy muammolardan biri oʻzbek tilining ilmiy
grammatikasini yaratish edi. Shu munosabat bilan Turkiston maorifi komissariyati huzuridagi
bilim kengashi shu xususda mubohasa ochadi. Rus professorlari E.D.Polivanov, D.Shmidt,
S.Falevlar bilim yurtlaridan taklif qilingan A.Boytursunov, A.Sa’diy, N.Hakim kabi qozoq, tatar
hamda bir ikkita oʻzbek tilchilarining ishtirokida oʻtkazilgan birinchi kengashda qozoq tilshunosi
A.Boytursunovning qozoq shevalari uchun tuzgan sarf va nahvi [Boytursunov, 1918: 42]
toʻgʻrisida professor S.Falev, ikkinchi kengashda “Turk tillarining sarf-nahvlarin tuzishda
asoslar” mavzuida professor E.D.Polivanov, uchinchi kengashda “Turk tillarining qonun va
qoidalarin oʻrganish ham tuzishda asoslar” mavzuida A.Sa’diyning ma’ruzalari tinglangan. (Bu
professorlarning ma’ruzalari hamda N.Hakimning bu mavzular boʻyicha bildirgan fikr-
mulohazalari keyinchalik “Inqilob” jurnalining ayrim sonlarida [N.Hakim, 1923, 1925,
D.Polivanov, 1922] bosilib chiqqan).
A.Sa’diyning ma’lumotiga koʻra kengashda ikki masala koʻp munozaralarga sabab
boʻlgan. Bular:
“1.Turk tillarining qonun va qoidalarini qat’iy bir tartib ostiga olib tuzishda boshqa
oilalarga mansub boʻlgan tillarning qonun-qoidalariga ergashtiruv, ulardan oʻrnak oluv va
yondashtiruv mumkinmi?
2.Turk tillarini tabiati va ruhlariga mantiqiy sarf, nahv tuzilishi muvofiqmi? Yohud
shakliy (formalnaya logicheskaya grammatika) sarf, nahvmi?” [A.Sa’diy,1922].
Boʻlib oʻtgan kengashlarda oʻzbek tilining grammatikasini tuzishda qanday yoʻl tutish
kerakligi haqida ahamiyatli fikrlar bildirilgan. Bunday muhim fikrlar A.Sa’diy maqolalarida
koʻproq koʻzga tashlanadi. Olim eng avvalo bir tilning qonun-qoidalarini surishtirish, oʻrganish
ham shularni ma’lum va qat’iy bir tartib ostiga olib, maktablarda oʻqitishdan asosiy maqsad
nima degan savolni oʻrtaga tashlab, unga oʻzi quyidagicha javob beradi: “Tilning yasalishi va
tabiatiga, ruhiga tushunish, tilning hayot tomirlarini belgilab, shularning salomatligini
ta’minlash, fikr va muhokama boyligin qozonish, ruhan yuksalish, til vositasi bilan shu xalqning
butun ahvoli ruhiyasiga, butun ichkari xususiyatlariga tushunish, tilning taraqqiy doirasin va
boyligining oʻlchovini belgilash, shu tilda soʻylashuvchi xalq oʻz orasida engil va tez onglash
ham keng ravishda hayol va tuygʻularin onglashish yoʻllarin ochuv, boshqa tillar barobarindagi
vaziyatin, turmushin ham olar bilan qarama-qarshi munosabatlarin bir-birisiga ma’no topshiruv
jihatlarin belgilash ham shuni engillatishdir” [A.Sa’diy, 1922: 24]. A.Sadiyning bu fikrlari
nafaqat oʻsha davr tilshunoslari uchun, balki bugungi kun tadqiqotchilarimiz uchun ham
nihoyatda ahamiyatlidir.
E.D.Polivanov oʻz ma’ruzasida “Oʻzbek va umuman butun turk shevalarining sarf va
nahvlari tuzilganda rus tili bilan qiyos qilib borish yoʻlini tutish yoki bu sarf va nahvlarda muhim
nuqtalarda rus sarf nahv qoidalari bilan chogʻishtirila borish, ikki til orasidagi oyirma va
yaqinlikni koʻrsatish bek matlub ham foydali bir narsa ” [A.Sa’diy, 1922: 32] degan fikrni
bildiradi. A.Sa’diy olimning bu fikrlariga butunlay qarshi chiqib, rus va oʻzbek tilining bir-
biridan farqli jihatlari koʻp ekanligini ta’kidlaydi (bu farqlarni olim oʻz maqolasida birma bir
koʻrsatib oʻtgan). U shu kungacha turk shevalarida tuzilgan sarf, nahvlar (bunda usmonli turk,
tatar, qozoq, oʻzbek tillaridagi ayrim darsliklar koʻzda tutilgan) rus, arab tillariga taqlid tufayli
oʻz ruh va tabiati tilagan mantiqiy sarf-nahv emas, balki turk tillari uchun begona boʻlgan shakliy
sarf-nahvlar maydonga chiqib qolayotganligini kuyunib yozadi. Bu sarf-nahvlarning turkiy til
gavdasiga nisbatan juda tor oʻlchangan, boshlari uzilgan, kesilgan, til vujudiga kiydirib
boʻlmaydigan darajada yaroqsiz kiyimlar kabi boʻlib qolganligi, bu bilan shu tildagi soʻzlarni
tamom tahlil qilib boʻlmasligini aytadi. Bunday sarf-nahvlar maktab oʻquvchilarining til
darslaridan bezdirib qoʻyayotganlarini ham ta’kidlaydi. Olim oʻzbek tilining sarf-nahvini
tuzishda mana shunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Xusayn Johid, Olimjon
336
Ibrohimov kabi turk va tatar olimlarining tadqiqot va tajribalaridan namuna olishga chaqiradi,
ulardan ijodiy foydalanishni taklif qiladi. A.Sa’diy soʻzlarni turkumlarga ajratish, fe’l nisbatlarini
belgilash, gaplarni boʻlaklarga ajratish borasida oʻzining mustaqil fikrlarini bildirar ekan, tilni
tadqiq etishda asosiy e’tiborni shakliy tomonga emas, balki koʻproq mantiqiy tomoniga qaratish
lozimligini ta’kidlaydi. A.Sa’diyning yozishicha, oʻzbek tilining grammatikasini tuzishga
chaqirilgan professorlar oʻzbek, turk, tatar tillarini bilmaganliklari tufayli ular uchun kengashga
tarjimonlar ham chaqirilgan edi. Elbekning “Turk tillarining qonunlari toʻgʻrisida mulohazalar”
[Elbek, 1922] maqolasi mana shu oʻtkazilgan kengash munosabati bilan yozilgan boʻlib, unda
olim oʻzbekcha bir kalima bilmasdan uning grammatikasini tuzmoqchi boʻlgan bu professorlarni
qattiq tanqid qiladi, til uchun qoida tuzish ishi uning butkul ruhi bilan tanishgan va shu tilda
soʻzlaydigan kishilargagina tegishli ekanligini ta’kidlaydi. Elbek yana bir maqolasida
“koʻrmagan erning chuquri koʻp” degan maqolni keltirar ekan, bu bilan tilimizni toʻliq
bilmaydigan olimlar qancha urinmasinlar, hech qachon uning mukammal grammatikasini yarata
olmaydi degan xulosaga kelgan [Elbek, 1929]. Elbekning bu fikrini qoʻllab-quvvatlagan
A.Sa’diy ham “tilimizning sarf-nahvlarin oʻzimiz tuzib yuzaga chiqarish ishiga oʻzimiz jiddiy
suratda tutinish kerak. Yoʻqsa tilimizning ruh va tabiati bilan yaxshi tanish boʻlmagan odamlar
umumiy til ilmida olim boʻlsalarda, bizga tilimizning tabiat va ruhiga tamom muvofiq sarf, nahv
tuzib bergusi yo tuzisha olgusi emaslar” [A.Sa’diy, 1922: 30-b] deb yozgandi.
Munavvar Qori, Shorasul Zunnun, Qayum Ramazonlar “Oʻzbekcha til saboqligi”ni
tuzishda tatar tilshunoslari tomonidan yaratilgan “Til saboqlari” [Hay’at, 1921: 79] asarlarini
asos qilib oldilar. Til qoidalarini yaratish, terminlar qoʻllashda toʻliq ularga tayandilar. Fitratning
“Sarf”, “Nahv” asarlari esa tuzilishi, til qoidalarining izohlanishi jihatidan ham ulardan juda
katta farq qiladi. Fitrat nazariy masalalarda, termin qoʻllash, qoidalarni belgilash borasida
mustaqil takliflar bilan chiqa olgan. U ayrim olimlarga oʻxshab qoidalarni tilga moslab emas,
balki tilning tabiatiga tayanib qoidalar yaratishga urindi. Shu sabab oʻzbek tilshunoslari orasida
yuqori mavqeni egalladi. Fitratdan keyin oʻzbek tili grammatikasini tuzish borasida Qayum
Ramazon oʻz xizmatlari bilan koʻzga tashlansada, koʻp oʻrinlarda rus tilshunosligi ta’sirida ish
koʻrganligi tufayli u yaratgan qoʻllanmalar oʻzini oqlamadi.
Oʻzbek tili grammatikasiga oid asarlarning yuzaga kelishi bilan tilshunoslik terminlari
ham shakllana boshladi.
XX asr boshiga kelib oʻzbek xalqi uchun mustaqil bir til va shu tilda yozilgan bilimni
koʻrmoq uchun “bilim soʻzlari” ya’ni istilohlari (Fitrat) zarurligini payqagan tilshunoslar arabiy
istilohlar oʻrniga turkiy muqobillar izlab topishga harakat qildilar. Oʻzbek tilini ilmiy-adabiy til
darajasigacha yuksaltirishni maqsad qilib olgan bu ma’rifatparvar insonlar “arab tili ilmiy til,
uni oʻzgartirish mumkin emas, arabiy istilohlarning turkchalari yoʻq, turk soʻzlari istiloh uchun
yaramaydi” deguvchi kimsalarga qarshi kurashib, oʻzbek tilida ilmiy terminlar yaratish
mumkinligini oʻzlarining amaliy faoliyatlari davomida isbotladilar.
1920 yilda boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun tuzilgan “Saboq tuzugi” [Birinchi
bosqich el yozoqlarining 1920-1921 oʻquv yili uchun saboq tuzugi, 1920: 37] hamda 1923 yil
“Maorif va oʻqitgʻuchi” jurnalida chop etilgan “Oʻzbek bilim yurtlari uchun ona tili va adabiyot
proʻgʻromi” [A.Sa’diy, 1923: 44] kabi oʻquv dasturlarini koʻzdan kechirganimizda
Do'stlaringiz bilan baham: |