329
xususida shuni aytish mumkinki, turk adabiy tilidagi shakllarga nisbatan oʻzbek adabiy tilidagi
shakllar bir xil, ya'ni standartdir. Oʻzbek adabiy tili singarmonizmni yoʻqotish natijasida
singarmonistik variantlardan xalos boʻlib, turkiy shakllarning asosan bir qolipini saqlab qolgan.
3.
Kelishiklar miqdori, uning chegaralari xususida turk tilshunosligida ham, oʻzbek
tilshunosligida ham munozarali qarashlar mavjud. Keyingi yillardagi tadqiqotlar oʻzbek tilida
kelishik miqdori oltita emas, chegara kelishigini ham qoʻshib hisoblaganda yettita ekanligini
koʻrsatmoqda.
-day
va
-dek
affikslari vazifasi va ma'nosidan kelib chiqilsa hali bu miqdor ham
oxirgi emasligi ayon boʻladi.
4.
Qiyoslanayotgan bu ikki tildagi bosh kelishik dunyodagi barcha nominativ tillardagi
kabi 0 shaklga ega boʻlib, mana shu 0 shakl uning kelishik shakli sanaladi va boshqa kelishiklar
uchun asos boʻlib xizmat qiladi. «Asar yozildi» kabi birikmalarda bosh kelishikdagi otning ega
vazifasida kelishi oʻzbek tilshunosligida ham, turk tilshunosligida ham til grammatikasi mantiq
qoidasidan mustaqil boʻlib olganligining, grammatik shaklga e'tibor berish kuchayganligining bir
dalilidir.
Bosh kelishik shaklini aniqlashda turk va oʻzbek tilshunosligida ayrim farqli jihatlar bor.
Jumladan, turk tilshunoslari
İstanbul şehri, yatak odası (Istambul shahri, yotoq xonasi)
kabi
birikmalar (izofali birikma deb ham yuritiladi) tarkibidagi
İstanbul
va
yatak
soʻzlarini bosh
kelishik shaklida, deb hisoblaydilar. Oʻzbek tilshunosligida ularni izofali birikma deyishga
e'tiroz boʻlmasa-da, ammo mazkur soʻzlar bosh kelishik deb ham e'tirof etilmaydi. Bunda turk
tilshunoslari grammatik shaklga yondashadilar va shundan kelib chiqadilar, oʻzbek tilshunoslari
esa koʻproq ma'noga, ya'ni mantiqqa suyanadilar.
5. Har ikki tilda ham bosh kelishikdagi soʻzning koʻmakchilar bilan ishlatilish hollari
keng tarqalgan. Turkiy tillarda koʻmakchilar kelishik kategoriyasi bilan vazifadosh ekanligini
hisobga olsak, buni xuddi bir soʻz ayni bir paytda ikki kelishik shaklini qabul qilganday, deb
tushunishga toʻgʻri keladi. Tillarimizda bir vazifani bajaruvchi ikki shakl ketma-ket
qoʻllanmasligi me'yoriy holat hisoblansa-da, ba'zan bundan istisno holatlar uchrab turadi (
birisi,
yarmisi
kabi). Demak, bosh kelishik shaklining koʻmakchili koʻrinishini faqat mazkur istisno
bilan izohlash mumkin, deb hisoblaymiz.
6. Turk tilida ham, oʻzbek tilida ham egalik tizimi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan
kelishik qaratqich kelishigidir. Egalik esa tildagi ikkinchi bir tizimdir, Har ikki tidda
qaratmishning egalik affiksi shaklida kelishi me'yorlashgan. Egalik shakli esa oʻz navbatida,
qaratqichni taqozo qiladi. Buni turkiy tillar grammatikasida tizimlar oʻzaro zich bogʻlanishda
ekanligining yaqqol namoyon boʻlishi, deb baholash mumkin.
Qaratqich kelishigidagi ot fe'l bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlana olmaydigan yagona
kelishikdir. Ammo bu uni «kelishik shakli emas» deb inkor qilishga asos boʻlmaydi. Chunki
qaratqich kelishigi shakli faqat qarashlilikni emas, ayni paytda egalikni ham ifoda etadiki, uning
bu xususiyati fe'l bilan bevosita bogʻlanishiga imkon bermaydi.
Qaratqich kelishigining hozirgi turk tilidagi shakllari
Do'stlaringiz bilan baham: