342
Rasmiy xatlar va notalarda hujjatning yakunida, imzo qoʻyishdan avval ham hurmat
ifodasi aks etishi mumkin: “Eng ezgu tilaklar ila”, “Kamoli ehtirom ila”, “Hurmat va ehtirom
bilan”, “Sizga chuqur hurmat bilan”,“Sihat salomatlik tilab” kabi.
Koʻrib oʻtilganiday maqtov va hurmat-ehtirom soʻzlari bir komponentli va koʻp
komponentli boʻlishi mumkin va diplomatik hujjatlarning ayni shu qismida ba’zan
sinonimlardan foydalanish mumkin. “Hurmat” soʻzini “ehtirom” soʻzi bilan, “rahmat” soʻzini
“tashakkur” soʻzi bilan “sabr” soʻzini “matonat” soʻzi bilan ‘yuksak” soʻzini “ulkan”, “cheksiz”
soʻzlari bilan bemalol almashtirib qoʻllash mumkin. Bunday hissiy-ta’siriy boʻyoqdor soʻzlar
elchining yoki maktub yoʻllovchi hukumatni, yoʻllanuvchi shaxsga boʻlgan iliq munosabatini
koʻrsatish bilan bir qatorda, uning mohir ustamon davlat vakili ekanligidan dalolat beradi
Muhiddinova, Abdullayeva, 1997; 17
.
Ma’lumki, har qanday soʻz (leksema) oʻzining xususiyatiga koʻra umum muomaladagi
soʻz yoki termin boʻlishi mumkin. Hozirgi zamon fanlari koʻplab sohalarga boʻlinar ekan, ularda
ishlatiladigan leksemalarning oʻrni, mohiyatini belgilab olish muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Termin va termin boʻlmagan soʻz yoki soʻz birikmalarini farqlash mezonlari aniq
belgilangan .
Termin umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi boʻlmish ishlab
chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik soʻz yoki soʻz birikmadir. Termin konkret
narsa- predmet asl mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir.
Termin uchun muayyan ta’rif zarur, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini
aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni
mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yoʻl qoʻyuvchi,
farqlovchi belgilarni ravshanroq koʻrsatish mumkin. Terminologiya muayyan fanning
tushunchalar tizimi bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har
qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi toʻgʻri keladi. Terminologik tizimlar fan
taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi soʻzlardan farqli
ravishda joriy qilinib, ularning qoʻllanilishi ma’lum darajada nazorat ostida boʻladi.
Termin paydo boʻlib qolmaydi, aksincha, ularning zarurati anglangan holda oʻylab
topiladi, ijod qilinadi. Shuningdek, oddiy soʻzdan farqli ravishda terminning ma’nosi konteksga
bogʻliq boʻlmaydi. Muayyan leksema terminologik ma’nosida va oʻz terminologik va oʻz
terminologik makonida qoʻllanilar ekan, ayni ma’no saqlanib qolaveradi.
Biroq koʻp ma’noli terminlarning aniq ma’nosini ajratib olish uchun konteksning
zarurligi shubha tugʻdirmaydi.
Diplomatik terminlar esa koʻp ma’nolilikdan yiroqroq. Ular faqat bir ma’no anglatishi
bilan ajralib turadi. Lekin ayrim terminlargina konteksga qarab koʻp ma’nolilik hosil qiladi.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: