Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Key words
: terms, terminology, semantic method, metaphor, function, ambiguity.
Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik sohada roʻy berayotgan tub oʻzgarishlar 
va yangilanishlar jarayoni,avvalo,oʻzbek tili leksikasida oʻz aksini topmoqda.Bu esa,ayni paytda, 
jamiyat taraqqiyoti bilan bogʻliq holda,yangi soʻz,tushuncha va terminlarning vujudga kelishini 
taqozo etmoqda.Shu bois oʻzbek tili terminologiyasining nazariy va amaliy jihatlarini ilmiy 
asosda chuqurroq oʻrganish muhim va jiddiy masalalardan bir boʻlib qoldi. 
Terminologiya ilmiy adabiyotlarda muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan oʻzaro 
bogʻliq boʻlgan terminlarning jami sifatida ta’riflangan[3,43].A.Reformatskiy terminga ta’rif 
berar ekan, “... terminlar – bu maxsus soʻzlardir” degan xulosaga keladi. A.V.Kalinin muayyan 
fanlar va kasb-korda ishlatiladigan soʻzlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga 
ajratadi.
1.
Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi.
*
O‘zMU magistranti, dilnozarozimatova05@mail.com 


116 
2.
Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi.
U oʻz fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar oʻrtasidagi farq shuki, termin bu 
muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xoʻjaligi, texnikadagi tamomila rasmiy boʻlgan, qabul 
qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror 
kasb, mutaxassislik, koʻpincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat’iy, ilmiy 
tavsifiga ega boʻlmagan yarim rasmiy soʻzdir”,-deydi.Ma’lumki, har bir fan sohasining 
rivojlanish va takomillashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy 
etganligi, shuningdek, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bogʻliqdir. 
Jahon tilshunosligida, shu jumladan,an’anaviy terminologiyada termin va unga oid 
muammolar, termin tushunchasi, terminning leksik-semantik va tarkibiy tuzilishi kabi masalalar 
qator tadqiqotlar obyektiga aylanmoqda. Bugungi kunda terminologiyani oʻrganish,uni tadqiq 
qilish yangi bosqichga koʻtarilgan. Jumladan, termin yasash va tanlash metodlari, ularning 
samarasi, yasalayotgan terminlarning adabiy til normalariga mos kelishiva ularni tilda 
qoʻllashyuzasidan tadqiqotlar olib borish dolzarblik kasb etmoqda. Terminlarning aniqligi va 
qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini koʻrsatadi. Atamalarning 
rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha boʻlib, ma’lum fanning 
taraqqiyotiga bogʻliq. Bu taraqqiyot toʻxtovsiz boʻlgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, 
tartibga tushishi ham uzluksiz boʻladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, 
tartibga solinishi darslik va qoʻllanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham 
zarur boʻlgan manbadir. Shu boisdan bugungi oʻzbek tilshunosligida terminologiya masalasiga 
ahamiyat yildan yilga takomillashib bormoqda. Zeroki, atamalarning ishlanmaganligi va tartibga 
solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir koʻrsatadi.
Oʻzbek tilshunosligida terminlarni oʻrganishga doir koʻpgina ishlar amalga 
oshirilgan.Koʻplab ilmiy kitoblar, risolalar, lugʻatlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar 
yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan.Bu borada 200 dan ortiq lugʻatlarning nashr etilishi 
fanimizning katta yutugʻi hisoblanadi.Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi,“Lotin 
yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosiga oʻtish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi,Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi olib borayotgan yirik 
hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga koʻtarilishiga sabab boʻldi. 
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. Toʻnyuquq, Kultegin, Bilga 
xoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashgʻul boʻlgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. 
Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qoʻshiqlarida ham mavjud boʻlgan.
Tibbiyotga oid ilmiy asarlar Abu Bakr ar-Roziy,Ibn Sino davrlaridan XX asrgacha 
arab,qisman fors-tojik tillarida yozilgan boʻlib,ma’lum davrlar oʻtgach,sharoit taqozosi bilan ular 
turk,oʻzbek,tatar va boshqa tillarga tarjima qilingan.Bu tarjimalarning aksariyati qoʻlyozma 
holda turli ilmiy dargohlarda saqlanmoqda. Roziy,Ibn Sino,Zaynuddin Jurjoniy,Nasriddin Tusiy 
va boshqalarning tibbiyotga oid asarlari turli davrlarda turk tiliga tarjima qilingan[1,25].
Uzoq tarixga ega boʻlgan ba’zi fanlarning terminlari singari juda koʻp soʻzlar hozirgi 
kunda tibbiyotda maxsuslashib,terminga aylanib, kishilarning kundalik turmushida faol 
qoʻllangani sababli, jonli tilimiz orqali bizgacha yetib kelgan:
bosh-kalla, qoʻl, oyoq, panja, 
yelka, tovon, quloq, burun, oʻpka, jigar, buyrak, taloq
singari terminlar shular 
jumlasidandir.Tibbiy terminlarning asosiy qismi xilma-xil yozma manbalar, ilmiy,tarixiy badiiy 
asarlar hamda turli davrlarda tuzilgan lugʻatlar orqali yetib kelgan.
Oʻzbek tilining barcha leksik resurslarida boʻlgani kabi terminlarning ham oʻz boyish 
yoʻllari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Dunyoda 
chetdan soʻz oʻzlashtirmagan birorta ham til yoʻq. Hamma tillarda ham yangi tushunchani 
ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning oʻzida mavjud 
boʻlgan soʻz yoki termindan foydalaniladi, yoki yangi termin yasaladi.Shu jumladan,biz soʻz 
yuritmoqchi boʻlgan tibbiy terminologiya ham oʻzining ulkan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. 


117 
Tibbiy terminlarni hosil qilishda xalq oʻzining kuzatishlariga, dunyoqarashiga tayangan. 
Ma’lumki, hozirgi oʻzbek tilida soʻz ma’nosining oʻzgarishi,ma’noning koʻchishi,polisemantik 
soʻzning ayrim ma’nolari orasidagi bogʻlanishning yoʻqolishi,ayrimlarining maxsuslanishi orqali 
yangi soʻzning hosil boʻlishi semantik yoki leksik-semantik usul bilan soʻz yasash 
deyiladi[1,22].Tibbiy terminlarning tarixiy-etimologik nuqtayi nazardan tekshirish shuni 
koʻrsatadiki, undagi koʻpgina terminlar sof semantik usul bilan yasalgan. Masalan: 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish