Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Шоабдураҳмонов Ш., Ўзбек тилида ёрдамчи сўзлар. – Тошкент, 1953.
2. Турсунов У. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент, 1975. 239-бет. 
3. Кононов А.Н. Послелоги в современном узбекском литературном языке. Т., 1951. 
С.12.
4. Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка. М-Л., 
1960. Стр.326. 
5. Фалсафа асослари. – Тошкент, 1998. 
II SHU’BA. TIL TARIXI VA TURKIY MANBALAR 
 
 
Xiva xonligi amaldorlari ierarxiyasining Ogahiy asarlarida ifodalanishi 
Representation of the hierarchy of khiva khanate officials in Ogahi’s works 
 
Dadaboyev Hamidulla
 
Aripovich

 
 
Annotation:
The article analyzes the role of officials in the construction and management 
of the state in the text of Ogahi’s work on the history of Khorezm khans and the system of terms 
used to describe them. 
Key words:
poet, historian, construction, management, terms,khan, nation. 
 
Eski oʻzbek adabiy tilining ravnaqiga ulkan ulush qoʻshgan Muhammad Rizo Ogahiy 
deyarli ellik yil davomida oʻzbek davlatchiligi tarixida oʻziga xos oʻrin tutgan Xorazm xonligi 
tarixini yoritishga bagʻishlangan beshta asarni ta'lif etib, nafaqat iste'dodli shoir, mohir tarjimon, 
balki yoqori saviyadagi tarixchi ekanligini ham isbotlagan edi. 
V.V.Bartold e'tirof etganidek, Ogahiyning serqirra ijodiga mansub adabiy va tarixiy 
asarlar xonlikda sodir boʻlgan voqea-hodisalarni bayon qilish, ularda keltirilgan ashyoviy 
materiallarning turfaligi, koʻpligi jihatidan Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi tarixiga tegishli 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti filologiya fanlari doktori, professor; 
dadaboyev@navoiy-uni.uz 


127 
manbalarni oʻzidan ancha orqada qoldiradi(Sochineniya 1963: 285-286). Atoqli tarixchining 
“Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jamoe ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat” va 
“Shohid ul-iqbol” beshligi xonlik hududida istiqomat qilgan oʻzbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq 
millatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy turmush tarzi, saltanatning Buxoro amirligi, 
Qoʻqon xonligi, Eron, Hindiston, Afgʻoniston, Rossiya singari mamlakatlar bilan turli 
munosabatlari, xalq qoʻzgʻolonlari, millatlar, elatlar, urugʻlarning urf-odatlari, rusumlariga oid 
ma'lumotlar haqqoniy tasvirlangani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 
Nomlari qayd etilgan manbalarda Xiva xonligining siyosiy-ma'muriy hayoti, ya'ni davlat 
qurilishi va boshqaruviga taalluqli talaygina leksik birliqlar qoʻllangan boʻlib, ularning safida 
qadimdan qat'iy qolipga tushirilgan, shuningdek, faqat xonlikda mavjud mansab, rutba, amal 
pillapoyasini ifodalashga 
yoʻnaltirilgan istilohlar rang-barang ma’no-mazmun, 
turfa 
etimologiyaga egaligi bilan xarakterlanadi.
Xonlikning qurilishi va boshqaruvida xizmatda boʻlgan mansab egalari zinapoyasi 
Qoraxoniylar, Chingiziylar, Temuriylar, Shayboniylar saltanatidagi tizimdan tubdan farq 
qilmasa-da, biroq ayrim amallarning vazifasi, vakolatida oʻziga xosliklar koʻzga tashlanadi. 
Xiva xonligi davlat boshqaruvi ma'muriyati xodimlari vazifasi nuqtai nazaridan, asosan, ikki 
guruhga boʻlingan: 1) markaziy boshqaruv tizimida faoliyat yuritgan va 2) viloyat, shahar, 
tuman, qishloq, ovul boshqaruviga mas'ul mansabdorlar. Har ikki guruhga taalluqli amaldorlarni 
ifodalash uchun oʻzbekcha, arabcha hamda forscha-tojikcha istilohlardan tashkil topgan tizim 
qoʻllanishda boʻlgan. 
Mansabdorlar pillapoyasining choʻqqisida qadimdan faol ishlatilgan
xon 
istilohi bilan 
sharaflangan, shajarasi Chingizga borib taqaladigan Olloquli, Rahimquli, Muhammadamin, 
Sayyid Muhammad, Muhammad Rahim singari hukmdorlar turgan. Xon nafaqat saltanat rahbari, 
shuningdek, oliy bosh qoʻmondon sifatida turli harbiy yurishlarda ishtirok etgan, jangu-
jadallarga boshchilik qilgan. 
Taxt vorisi, ya'ni xonzoda-shahzoda 
toʻra
istilohi bilan nomlangan boʻlib, amir ul-umarolik oliy 
manasabiga teng keluvchi biylik rutbasiga ham egalik qilgan: 
Rahimberdi toʻrakim, xolo biylik, 
ya'ni amir ul-umaroliq mansabi aning gavhari vujudi bila muzayyan va moʻtabardir (R
iyozu ud-
davla, 64). 
Biylik 
mansabiga xon tomonidan nafaqat hokim sulola a'zolari, balki arkoni davlat 
vakillari ham munosib topilgan. E'tirof etish joizki, aksariyat biylik mansabi saltanatdagi boshqa 
amallar qatori meros hisoblangan, ya'ni vafot etgan yoki harbiy amaliyotlar chogʻida halok 
boʻlgan yoxud iste'foga chiqqan biyning lavozimi uning farzandi yoki yaqin qarindoshiga 
berilgan
: Oloshbiyning oʻrnigʻa aning arshad va amjad avlodi Xudoyorbegni...biylik amali bila 
sarafroz qildi
(Riyoz ud-davla,114). Ogahiy tomonidan qaysidir begning biylik mansabiga 
tayinlanishi xususida qilingan qaydlar

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish