114
ikkinchi bosqichiga aylanadi. Birinchi holatda (nutq harakatlarini modellashtirish) biz
muallifning badiiy matngacha boʻlgan metatil bosqichida boʻladi. Ikkinchisida muallif oʻz
qahramonining mental xususiyatlari fonatsion birliklar
asosida shakllantirib, personajning
ijtimoiy-mental kontakt radiusini belgilaydi. Uchinchi holatda, lingvistik aks ettirishni yangi
bosqichga olib keladigan asosiy metalingistik xususiyatlar modellashtirishni talab etiladi.
1.
Komissar kuldi. Kulishi gʻalati. Xuddi odamni mayna qilgandek “xex-xex-xex”,
deydi.
[Oʻ.Hoshimov, 2016:8].
2
. Soʻzlar juda oson, sodda, yo bir, yoki ikki boʻgʻinlardangina iborat boʻlarkan. Ta, tu,
ki, pi... xullas mana shunaqa soʻzlar.
[X.Toʻxtaboev, 2012:39].
Birinchi nutqiy fragmentda belgilangan fonatsiya qaysidir maʼnoda,
dunyo tillari
onomatoplari tarkibiga mansubdek tuyuladi. Toʻgʻri, bunga hech qanday zid ayta olmaymiz va
bu fonatsiyada metatil zarralari ilgʻanmaydi. Lekin subyekt tomonidan semantik-taqlidiy
toʻyintirilgan, oʻziga xos tovushlar simvolizmidan iborat, personaj
xarakterini belgilovchi
onomatop qoʻllanganligi asarning hissiy taʼsir radiusini kengaytirganligi yaqqol sezilib turadi
(Izoh: Аsar bilan tanish boʻlgan oʻquvchiga tanish holat).
Ikkinchi misoldagi fragmentda ham subyekt tasodifiy-anomal leksik tanlovni amalga
oshirgan boʻlib, bu holatda ham onomatopning matn kommunikatsiya birligi sifatidagi oʻrni
sezilib turibdi.
Badiiy matnda kontekst anʼanaviy ravishda mavjud boʻlgan leksik va semantik nutqiy
aktning qaysi biri nazarda tutilganligini koʻrsatadi.
Bundan tashqari, leksik birlikning
kontekstiga qarab, qoʻshimcha ekspressiv soyalarning paydo boʻlish imkoniyatlarini sezilarli
darajada kengaytiradi. Badiiy adabiyotdagi soʻzlarning ekspressiv ranglanishi,
tasvirlanmagan
nutqda bir xil birliklarning ifodalanishidan farq qiladi. Badiiy kontekstda lugʻat oʻzining
ekspressiv rangini boyitadigan qoʻshimcha, ikkinchi darajali semantik soyalar(yangi leksik
biriklar – J.Yo)ni ixtiro qiladi [Аrnold,1990:360].
1.
Onamiz oʻksib-oʻksib yigʻlaydi. Onamiz uvv-uvv yigʻlaydi
.[T.Murod,1994:22].
2.
– Аhliyamiz ham uchiga chiqqan chevar, xudoga shukur. Ojizamiz ham doʻppi tikishga
“farang” boʻlib chiqdi!
[Choʻlpon, 2017:14].
Аdabiy asar qahramonining nutqiy xususiyatlariga uning hayotiy tajribasi, kasbi va
qiziqishlarini ochib beradigan maxsus lugʻat mavjud emas. Koʻpincha
realist yozuvchilar
atrofdagi voqelikni aniqroq tasvirlash uchun maxsus soʻz boyliklaridan majburan yoki
favqulodda foydalanishga majbur boʻladi.
1.
Oqpodsho bobomiz uyini-da bosadi. Momomiz bilagidan olib otadi.
Momomiz jalp etib tashqari tushadi
[T.Murod,1994:6].
2.
Bir juft oqbadan-oqbadan olaboʻji dala oralab boradi. Oldin-ketin boradi. Gʻoz-
gʻoz boradi
[T.Murod,1994:4].
Shuni taʼkidlash kerakki, badiiy adabiyot uslubi “aniq subyektiv modallik”ka ega
[Baranov,1993:8], yaʼni oʻquvchi qahramonlarni muallif ularga qanday munosabatda boʻlsa,
shunday qabul qiladi. Qahramon harakatlarini baholash va toʻgʻridan toʻgʻri ularning nutqi
(dialoglar va monologlar) orqali muallifning munosabatini koʻrish oson.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, birinchidan, adabiyot sohasiga sanʼat turi sifatida xizmat
qiladigan badiiy uslub oʻziga
xos maqsadga ega, ya’ni oʻquvchiga estetik taʼsir qilish.
Ikkinchidan, badiiy matn
–
aniq subyektiv modallik majmui. Darhaqiqat, badiiy matnning
lingvistik xususiyati
turli funktsional uslublar, shuningdek, turli xil frazeologik birliklar va
idiomatik iboralar bilan ifodalangan emotsional va obrazli tizimlashtirilgan konstruksiyalar
qamrovi hisoblanadi.
Shuni ham taʼkidlash kerakki, badiiy matn iloji boricha maʼno bilan toʻyingan boʻlsa, uni
har qanday holatda qayta loyihalashga, qayta qurishga zarurat qolmaydi. Shu nuqtayi nazardan,
har qanday badiiy matn qabul qiluvchidan
nafaqat xabar mavzusiga, balki uning shakllariga,
ajralmas toʻqimalariga, uning soyalari va nuanslariga ham jiddiy eʼtibor berishni talab qiladi.