113
Xususan, qars soʻzi mustaqil tarzda oʻz tushunchasiga ega, lekin voqelikdagi harakatga bogʻliq
bir xil tovushni aks ettiradi. Loʻk-loʻk, lik-lik leksik birliklarining ikkinchi qismida hech qanday
oʻzgarish
mavjud emas, lop-lip taqlidi qaysi maʼnoni anglatishini topa olmadik.
Аshula tugagandan keyin bir nima qars-qars etib ketdi
[А.Qahhor, 2017:9].
Yuqoridagi misoldan koʻrinadiki, subyekt ovozning aynan bir xil va takror
eshitilganligini taʼkidlagan. Subyektning aynan tovushga taqlid soʻzning keltirishi badiiy
matnning aynan tabiiy voqelikka hamohangligini koʻrsatadi. Аgar taqlid soʻzlar oʻrnida
affiksatsion vaziyat (qarsilla) qoʻllansa, badiiy matnning tabiiy voqelikka aloqadorlik darajasi
kamaygan boʻlar edi. Mabodo, turli ovozlar assotsiatsiyasini koʻrsatmoqchi boʻlsa,
yuqorida
aytganimizdek, qars-qurs taqlidini ishlatishi maqsadga bogʻliq boʻladi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, taqlid soʻzlarning turli til vositalari toʻliq poetik obraz
yaratishga xizmat qiladi hamda ekspressiv effekt va tabiiy-fonatsion aura yaratadi. Taqlid (yoki
onomatop) bitta atama, taʼrif yoki nazariya bilan cheklanmaydi. S.Voronin fikricha, taqlid – bu
soʻz fonemalari bilan denotat(motif)ning tovush (akustik) belgisi oʻrtasidagi tabiiy va ixtiyorsiz
fonetik
jihatdan
asoslanadigan
aloqadir[Voronin,1982:5].
Xususan,
R.Qoʻngʻurov
M.Mirzayevning “doʻng-doʻng”, “du-uu-ud”, “tik-tik”, “tra-tra-ta”, “ang-ang” kabi taqlid
soʻzlarni undov deb hisoblanishini taʼkidlaydi [Qoʻngʻurov,1966:33], lekin bu fikrni qaysi
manbaga, yoxud qanday asosga tayangan holda aytayotganligini nomaʼlumligicha qoldiradi. Shu
bilan birga, M.Mirzayevning fikriga oʻz pozitsiyasini, yaʼni bu fikrga qoʻshilish
yoxud
qoʻshilmasligini bildirmaydi. Bizningcha, M.Mirzayev fikrlariga qoʻshilib boʻlmaydi, yaʼni olim
tomonidan berilgan misollar kontekstual qurshovisiz ham taqlid soʻzligi ayon boʻlib turibdi.
Yana bir oʻrinda olim R.Qoʻngʻurov “... shaftoli loʻq etib oʻtib ketdi”[Qoʻngʻurov,1966:31]
misolini aynan tovushga taqlidligini taʼkidlaydi. Fonatsion birlik aynan oʻsha tovushni fonetik-
artikulyatsion jihatdan maksimal verballashtirmagan boʻlsa-da, bu talaffuzning tilimizdagi
yaxlitlanib, qaysidir maʼnoda, diaxron-mental xarakterlanganligi hamda semantik toʻyinganligi
kommunikativ maqsadning yuqori darajada erishilishiga olib kelgan. Shu qatorda, loʻq etib
qaradi, koʻzini loʻq tikmoq kabi soʻz birikmalarida holatga taqlid semasini ham berishini
nazardan chetda qoldirgan. Bu kabi lingvistik makon doirasida qoʻllangan
paytda bu fonatsiya
birinchi signal sistemasiga bogʻliq jihatini yoʻqotib, metaforik modellashtirish jarayoniga oʻtadi.
Shu nuqtadan bu birlik lingvopoetik ahamiyat kasb eta boshlaydi va badiiy matnda estetik
borligʻini koʻrsatadi.
Badiiy matn har qanday vaziyatdagi odamning nutqini qayta ishlab chiqarishga qodir
hodisa hisoblanadi. Bunday holda badiiy matn maʼlum bir tilshunoslik jamoasining nutq
harakatlarining oʻziga xos modelini oʻz ichiga oladi, yaʼni
u boshqa narsalar qatorida
metalingvistik qurilish tizimi boʻlib chiqadi. Аlbatta, adabiyotning turli janrlari turli darajadagi
metalingistik modellar bilan toʻldiriladi. Аgar drama yoki dialog janri (ham nasriy, ham sheʼriy)
asosan bunday modellardan iborat boʻlsa (ularni toʻldiruvchi har xil muallif izohlari mavjud),
unda boshqa janrlarda nutq xatti-harakatlarining modellari oʻziga xos qoʻshimcha postulatlar
bilan ham kengayish imkoniga ega. Chunki qahramonning nutqi har doim ham tom maʼnoda
badiiy matnda toʻliq namoyon boʻlmaydi yoki yetarli tafsilotlar aniqlik bilan tavsiflanmaydi.
Natijada, subyekt badiiy matnning nozik qirralari boʻylab harakatlanadi, qaysidir maʼnoda,
lingvistik hodisalarning zahira qatlamidan foydalanadi.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: