Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Key words:
proverb, stable connection, artistic speech, lingvopoetic means, 
linguocultural character, linguistic landscape, national color. 
“Har bir xalqning ona tili uning milliy oʻzligi, “aqliy va ruhiy dunyosining oynasi, 
dunyolarga bermaydigan bebaho boyligi”dir [Mahmudov, 2007:24]. Shunday bebaho boylikning 
bir boʻlagi boʻlgan maqollar xalqimizning necha ming yilliklar mobaynida toʻplagan hayotiy 
kuzatishlari asosida yuzaga keladigan, yetti oʻlchab, bir kesilgan xulosalardir. 
Ma’lumki, maqollarda fikr aniq, ifoda loʻnda, xulosa tugal boʻladi. SHu xususiyati bilan 
ular nutqimizning ixcham, ravon, teran va mazmunli boʻlishiga yordam beradi, “nutqqa 
chehradagi qora xoldek, uzukka qoʻyilgan koʻzdek yarashadi” [Qoʻshoqov, 1963:4]. SHuning 
uchun ham xalqimiz “Soʻz koʻrki – maqol” deb bejiz aytmagan.
Maqollar soʻzlashuv jarayonida qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, badiiy asar tilida 
ham ularning ahamiyati beqiyos. “Maqol va matallar shaklan ixcham, mazmunan keng, obrazli 
va yaxlit, barqaror boʻlganligidan nutqda, ayniqsa, badiiy nutqda alohida qimmatga molikdir” 
[Yoʻldoshev, 2002: 47]. 
Badiiy asarning xalqchilligini, haqqoniyligini ta’minlashda, qahramonlar nutqini boyitish, 
emotsional-ekspressivlikka erishish maqsadida maqollardan ham foydalaniladi. Maqollardan 
ijodiy tarzda oʻrinli foydalanish asar gʻoyasini chuqurroq aks ettirishga koʻmaklashadi. Shuning 
uchun maqollarni, ularning badiiy asardagi oʻrnini oʻrganish, ilmiy, badiiy hamda lisoniy nuqtai 
nazardan tadqiq etish borasida oʻzbek adabiyotshunosligi va tilshunosligida koʻp ishlar qilingan.
Maqollarga xos yuqoridagi xususiyatlarni Oʻtkir Hoshimov asarlari tilida ham yaqqol 
kuzatishimiz mumkin. Shu boisdan mazkur maqolada yozuvchi asarlarida qoʻllanilgan ayrim 
maqollarning lingvopoetik hamda lingvomadaniy xususiyatlari haqida soʻz yuritildi. 
Oʻtkir Hoshimov oʻz asarlarida qahramonlar nutqini boyitish, emotsional-ekspressivlikni 
oshirish maqsadida maqollardan mahorat bilan foydalangan. Shuni aytish joizki, ba’zi 
qahramonlar xarakterini yoritishda maqollar lingvopoetik qimmat kasb etgan. Masalan, “Ikki 
eshik orasi” romanida 
Kecha keldi yugurib, bugun olar sugʻurib

Oʻgʻri qarisa, soʻfi boʻladi

Otdan tushsayam egardan tushmaydi

Amal tegdi hindiga – boshini suqdi yundiga
kabi maqollar 
orqali Umar Zakunchining xarakteri roʻy-rost tasvirlangan.

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti, e-mail: zohidaxon92@gmail.com 


84 
Ma’lumki, maqollar qoʻllanish vaziyati, muayyan janr xususiyatlariga qarab turli-tuman 
ma’no-mazmun ifodalashi, tuzilishi jihatidan ham turli koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. 
Maqollarga xos boʻlgan bunday holat Oʻtkir Hoshimov asarlarida oʻzgacha koʻrinishlarga ega. 
Yozuvchi xalq maqollarini ba’zan ijodiy oʻzgartirgan holda qoʻllaydi. Bu, oʻz navbatida
yozuvchining oʻziga xos uslubga ega ekanligidan dalolat beradi. Adibning koʻplab asarlarida 
shakli oʻzgartirilib qoʻllangan maqollarning bir qancha koʻrinishlari kuzatildi. Masalan, “Ikki 
eshik orasi” romani matnida 
Bosh omon boʻlsa, doʻppi topiladi
maqoli badiiy maqsadga 
boʻysundirilganligi sababli asosiy mazmunni saqlagan holda tuzilish jihatidan oʻzgacha 
koʻrinishda qoʻllangan, ya’ni maqoldagi 
bosh
soʻzi 
jon
soʻzi bilan, 
doʻppi
soʻzi 
mol
soʻzi bilan 
almashtirilib, badiiy tasvir (qahramonlar holati, turmush tarzi) yanada kuchaytirilgan: 
Bilaman, 
oʻldim deganda har biringda sandiq burchagiga bekitib qoʻygan bitta bilaguzuk, bir juft zirak 
bor. Yaxshi niyat bilan birini qizingga, birini keliningga atab qoʻyibsan... 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish