356
5. Leksikalizatsiya jarayoni tugallanmagan ba’zi dialektizmlarni
bir butun leksik birlik
sifatida qabul qilish ham oʻzini oqlamaydi. Shevalarda mavjud boʻlgan
beriyoq
,
norpoʻs
(anor
poʻsti),
uy chiqarmoq
(uydagi barcha toʻshanchilarni tashqariga chiqarib qoqmoq, tozalamoq),
nonemas
(qizgʻanchiq, birovga nafi tegmaydigan),
olaogʻ
iz kabi dialektizmlar muayyan leksik
lakunani nomlasa-da, adabiy til leksikasi uchun biroz “xom”ligi seziladi. Lekin bu soʻzlar
orasida
olaogʻiz, nonemas
soʻzlari oʻzlari ifodalagan tushunchaning ahamiyatliligi sabab adabiy
tilda ommalashishi mumkin.
6. Adabiy tilda mavjud boʻlgan soʻzning fonetik variantini yangi (yoki oʻsha
variant
ifodalagan tushunchaga yondosh) tushunchani nomlash uchun qoʻllash ham oʻzini oqlamaydi.
Zero adabiy tilda barqarorlashgan boʻgʻin-boʻgʻim, men-man kabi birliklar ham ayni bir
tushunchani nomlasa-da, yozuvda turfaxillikni (boshboshdoqlikni) shakllanishiga yoʻl ochuvchi
omillardan sanaladi.
Kun-tun, koʻz-koʻr kabi fonetik usulda soʻz yasalishi til taraqqiyotining katta davrida roʻy
berishi mumkin va bunday holatlar juda kam uchraydi. Shu jihatlarga koʻra, shevalardagi
fatinjon (patinjon – pomidor ma’nosida), solqim (salqi ma'nosida)
kabi dialektizmlarni
tegishlicha yondosh tushunchalarni nomlash uchun jalb qilish nomaqbuldir.
7. Dialektizmlar orasidan tanlab olinadigan soʻz boshqa unga yondosh dialektizmlarga
qaraganda tushunishli (ommabop) boʻlishi zarur. Odatda bir tushunchani ifodalovchi
dialektizmlar soni sanoqli boʻlib, ularning biri boshqalariga qaraganda koʻproq dialektlarda
uchrashi va oson tushunilishi bilan ajralib turadi. Tanlash jarayonida albatta bu jihatlarga alohida
ahamiyat berish lozim.
Erkaklar soch oʻrimi (perechyoska) ma'nosida qoʻllaniluvchi kuzama, burum, oʻrim kabi
soʻzlar orasida
kuzama
dialektizmi nisbatan koʻproq shevalarda ishlatiladi
va boshqalarga ham
oson tushuniladi. Chunki kuzamoq soʻzi bilan aloqadorlik uning oson tushunilishini ta’minlab
turadi.
8. Hali barqarorlashib ulgurmagan sohaviy terminlarni oʻzbekchalashtirish uchun
shevalardan soʻz tanlashda mazkur dialektizmning sof oʻzbekcha (yoki turkiy) boʻlishiga alohida
ahamiyat qaratish zarur. Yoʻqsa bu terminni oʻz holicha qabul qilgan ma’qul.
Oʻtgan asrning 80-90-yillarida til sofligini ta’minlash borasida qilingan tashabbuslarning
ayrimlari, xususan, til leksikasiga tahsilgoh, majalla, minbargoh, nohiya kabi soʻzlarni
ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar til rivoji uchun jiddiy ta’sir koʻrsatmagani bu tipdagi sa’y-
harakatlarda muayyan tamoyillarga tayanish lozimligini koʻrsatadi [Mahmudov 2017: 58].
Chunonchi, ommalashtirilishi tavsiya etilayotgan soʻz turkiy til elemeni boʻlishi va
ommalashishga imkoniyatli boʻlishi juda muhim.
Tan olish kerakki, oʻsha paytlarda ommalashtirish
tavsiya etilgan tahsilgoh, minbargoh,
roʻznoma kabi soʻzlarning oʻzi oʻzlashma qatlamga mansub yoki oʻzlashma komponentli
boʻlganligi va bu til sofligi uchun jiddiy naf bermasligi mazkur soʻzlarning iste’moldan tez
chiqib ketishi bilan dalillandi.
9. Farqlash ehtiyoji zarur boʻlgan tushunchalarni nomlashda dialektizmlar juda qoʻl
keladi. Bemorni tuzatish uchun uning organizmiga yuboriluvchi har qanday kimyoviy-
farmatsevtik vosita dori nomi ostida umumlashtiriladi. Shuningdek, bu vositalarning
qattiq shakli
tabletka, yumshoq va shilimshiq shakli maz, suyuq shakli kapsula terminlari bilan ham
nomlanadi. Biroq bemor ularni qaysi usulda qabul qilishiga koʻra nomlanmagani ularni shu
jihatdan ham farqlash ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shu ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining
bemor tanasiga qanday qabul qilinishiga koʻra
ichirtki, surtma
,
quyma
kabi dialektizmlar bilan
nomlash mumkin.
357
Shuningdek, tildagi leksik lakunalarni toʻldiradigan dialektizmlar oʻzbek
tilining leksik
normalariga muvofiq boʻlishida til leksikasining oʻziga xos qonuniyatlari ham borki, ular orqali
vaqt, makon, shaxsiy va ijtimoiy tashabbuslar hamda aralashuvlarning mazkur jarayonda qanday
ahamiyatga ega boʻlishini oldindan aytib boʻlmaydi. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, soʻz
ma’nolarida boʻladigan oʻzgarishlar leksik qatlamda barqarorlashishi ham davr va ijtimoiy
tafakkurning rivojiga bogʻliq. Soʻz ma’nolarida boʻlgan oʻzgarishlar, zamon taraqqiyoti oʻz
navbatida me’yorga ham ta’sir qiladi.
Ta’kidlash joizki, til leksikasining ichki manbalar hisobiga boyishida til taraqqiyotining
muayyan davridagi leksik, semantik oʻzgarishlar chuqur oʻrganilib, davr va jamiyat talablariga
mos mezonlarni ishlab chiqish tilshunoslikning muhim vazifalaridan biridir. Bu mezonlar
qanchalik ilmiy, amaliy va ahamiyatli boʻlishi ilmiy jamoatchilikning
ishtiroki va
tashabbuskorligiga bogʻliq boʻladi. Eng muhimi, ishlab chiqiladigan me’zonlar tilning tadrijiy
rivojlanish tamoyillariga hamohang boʻlish bilan bir qatorda tilning sofligini saqlash uchun
yetarli darajada asoslangan boʻlishi kerak.
Til taraqqiyoti oʻz ichki imkoniyatlari asosida va tadrijiy tarzda kechar ekan, albatta,
unga inson u yoki bu tarzda ta’sir koʻrsata oladi. Albatta, bu ta’sir
til taraqqiyotini normal va
maqsadga muvofiq holda ta’minlashi zarur. Bu ta’sir natijasida qadimiy va navqiron tilimiz oʻz
bagʻridagi noyob durdonalar orqali oʻz ifoda imkoniyatlarini kengaytirishi va yuksalishi aniq.
Faqat bu jarayonda tilshunos olimlar xalq shevalaridagi munosib soʻzlarni har tomonlama ilmiy
asoslab, soʻng muomalaga kiritishlari talab etiladi.
Adabiy til leksikasining sheva soʻzlari bilan boyitilishi uning yashovchanligini ta’minlash
bilan birga qardosh turkiy tillar bilan uygʻunlashuviga ham xizmat qiladi. Eng muhimi, tilda
butun millat uchun tushunilishi va qoʻllanilishi oson boʻlgan soʻzlar salmogʻi ortadi.
Shuningdek, mazkur jarayon tilimizni unga turli chet soʻzlarning asossiz suqilishidan ixotalab
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: