Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

 
 
Grammatik ma’noning lisoniy va pragmatik omillar hamkorligida oʻrganilishi 
The study of grammatical meaning in corporation with linguistic and pragmatic 
factors 
 
Ernazarova Manzura Saparboyevna*,
*

Bazarbayeva Navbahor Jalgasboy qizi
*

 
 
Annotation. 
In the article in the expression of general grammatical meaning in speech the 
interaction of language and pragmatic factors was widely studied. The harmony of language and 
pragmatic factors, their appropriateness in the occurrence of general grammatical meaning 
were explained. And also, discursive analysis of grammatical phenomena in Uzbek substantial 
linguistics on the basis of the principle “commonness - privateness” was highlighted.
Key words: 
System, language, pragmatic meaning, language, speech, language and 
pragmatic factors, homogeneous units, heterogenic elements, communication 
Jahon tilshunosligida XX asrda til va nutq dixotomiyasini, tilning lisoniy tizimdagi 
grammatik imkoniyatlarini oʻrganish yangi bosqichga koʻtarildi. Til – lison va nutq 
yaxlitligidagi murakkab butunlik ekanligi, lison nutqda me’yor asosida voqelanishi, nutq uchun 
asos boʻlib xizmat qilishini zamonaviy ilmiy-nazariy qarashlar va metodlarga asoslangan holda 
tadqiq etish dolzarb muammolardan biridir. Bugungi kunda grammatik ma’noning lisoniy va 
pragmatik omillar yaxlitligida tadqiq etish tilshunoslikning shiddat bilan rivojlanib borayotgan 
pragmalingvistik, lingvokulturologik, etnolingvistik va psixolingvistik kabi zamonaviy 
sohalarining taraqqiyotini ta’minlashning muhim omillaridan sanaladi.
Jahon tilshunosligida tilni sistema sifatida oʻrganish borasida ulkan yutuqlar qoʻlga 
kiritildi. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar markazidagi asosiy izlanishlar sistem-struktur yondashuv 
asosida olib borilishi natijasida til birliklardagi grammatik ma’noning lisoniy va pragmatik 
omillar yaxlitligida zamonaviy metodologik tamoyillarga tayangan holda tavsiflash hamda 
*
*
Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri, f.f.d.(DSc), sar_79@bk.ru;
* Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi 


367 
ularni tashkil etuvchi birliklarining lingvistik tabiatiga xos aniq nazariy xulosalar chiqarish 
mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Binobarin, grammatik ma’noning lisoniy va pragmatik 
omillar yaxlitligini jahon tilshunosligining soʻnggi yutuqlaridan, tadqiq etishning yangi 
metodlaridan foydalangan holda tadqiq etish hamda bundan dunyo ilmiy jamoatchiligini 
xabardor etish zaruratini yuzaga keltiradi. 
Mustaqillik yillarida oʻzbek tilini sistema sifatida oʻrganish yangi bosqichga koʻtarildi. 
Natijada sistemaviy yondashuvning ilk bosqichidagi formal tadqiqotlar yakuni tilshunoslik 
fanining yangi sifat bosqichiga koʻtarilishini, ya’ni oʻzbek tilini substantsial asoslarda 
oʻrganishni taqozo etdi. Substantsial yondashuvda asosan lison va nutqni farqlash natijasida 
lisonni tadqiq qilishga e’tibor qaratildi. Oʻzbek tilini yaxlit sistema sifatida oʻrganish 
tilshunoslikni taraqqiyotning yangi darajasiga moslashtirdi. Jumladan, oʻzbek tilshunosligi XXI 
asr boʻsagʻasida oʻz zimmasiga yangi ijtimoiy buyurtma oldi. Davr ona tili imkoniyatlaridan 
amaliy foydalanish samaradorligini ta’minlash muammosi bilan shugʻullanishga jiddiy 
kirishishni taqozo etmoqda. Bu esa til imkoniyatlarining voqelanishini ilmiy tekshirish zaruratini 
kun tartibiga qoʻyadi.
Grammatik ma’no nutqiy voqelanishi uchun boshqa yondosh sathlar ta’siri va koʻmagiga 
kuchli ehtiyoj sezadi. Bunda lisoniy sistemaning yaxlitligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Masalan, 
har qanday morfologik shakl nutqqa chiqishida u shakllantirayotgan leksemaning ma’noviy 
mohiyati (leksik omil), hosil qilingan soʻzshakl bilan birikayotgan boshqa soʻzshakl (sintaktik 
omil) muhim rol oʻynaydi. Ammo bu omillar hech qachon pragmatik omilsiz yuzaga chiqmaydi 
– undan xoli boʻlolmaydi. Demak, grammatik ma’no lisoniy mohiyat sifatida leksik, sintaktik 
va pragmatik omillar yaxlitligida nutqqa koʻchadi. Ta’kidlash joizki, bu omillar teng kuchli 
emas, birining ahamiyati ortishi bilan boshqasi susayadi. Ya’ni har bir sath birligi nutqiy 
voqelanishida uch omil mavjud boʻlib, ularning yaxlitligi uchburchakka, har bir omil esa uning 
bir burchagiga qiyoslanishi mumkin. Bir burchakning kengayishi boshqasining torayishi asosida 
sodir boʻladi.
Koʻrinadiki, grammatik ma’noning nutqdagi oʻrnini leksik, sintaktik va pragmatik 
omillardan ayri holda talqin etish mumkin emas. Lisoniy birliklar va tiklangan lisoniy 
strukturaning tadqiq darajasi ularning nutqiy voqelanishini shu yoʻsinda oʻrganishni taqozo 
etmoqda.
Kun tartibida sistemaviy qurilish tabiatiga ega boʻlgan lisoniy sathlar va pragmatik 
omillarning fikrni shakllantirish hamda ifodalash jarayonida oʻzaro hamkorligini sistemaviy 
usullarda oʻrganishga ixtisoslashgan yangi bir tilshunoslik yoʻnalishi shakllanishiga ijtimoiy 
ehtiyoj mavjud. Mazkur ehtiyoj oʻzbek tilshunosligining bugungi holati, u qoʻlga kiritgan 
yutuqlar bilan belgilanadi. Bu esa substantsial grammatika boʻyicha dunyo tilshunoslari bilan 
birga turkiyshunoslar va oʻzbek tilshunoslari: H.Ne’matov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, 
S.N.Ivanov, A.Berdialiev, R.Sayfullaeva, M.Boshmonov, T.Mirzaqulov, M.Qurbonova, 
I.Madrahimov, Sh.Akramov, S.Nazarova, M.Abuzalova, Sh.Shahobiddinova, L.Raupova 
kabilarning nomi bilan bogʻliqdir. Mazkur olimlarning ishlari asosan alohida sathlar doirasi 
bilan chegaralangan boʻlib, sathlararo munosabatlar, nutqda lisoniy va pragmatik omillar 
hamkorligi masalasi oʻz tadqiqini kutmoqda.
Demak, navbatdagi vazifalardan biri grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy 
hamda pragmatik omillar hamkorligi va muvofiqligi masalasini ilmiy asoslashdir. Bu esa 
nutqning sistemaviy tabiatini bayon qilish, nutqni sistema sifatida tadqiq etishning falsafiy 
tayanchlarini yoritish, umumiy sistema nazariyasi nutqni yaxlit oʻrganish metodologiyasi 
ekanligini asoslash, grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy omillarning vazifalarini 
aniqlash, pragmatik omillarning oʻrni va rolini ochish, ularning moslashuvini tahlil qilish, 
lugʻaviy va sintaktik shakl hosil qiluvchi grammatik vositalar ma’nosining nutqiy qoʻllanishida 
lisoniy va pragmatik omillarning hamkorligini muayyanlashtirish, ularning muvofiqligini 
asoslash kabi vazifalarni bajarish asosida amalga oshiriladi. Bunda falsafaning bilish nazariyasi, 


368 
dialektik mantiq, shuningdek, tasavvuf falsafasi, umumiy sistema nazariyasi, lison va nutq 
dixotomiyasi, shuningdek, N.D.Arutyunova, D.U.Ashurova, V.V.Bogdanov, Ye.S.Kubryakova, 
V.G.Gak, Sh.Safarov, J.Ostin, G.G.Pocheptsov kabi qator nazariyotchi tilshunoslarning ilmiy-
nazariy qarashlari metodologik asos boʻlib xizmat qiladi.
Zamonaviy oʻzbek tilshunosligida H.Ne’matov, M.A’lamova, Sh.Shahobiddinova, 
B.Mengliev, B.Bahriddinova, O.Shukurov umumiy grammatik ma’no masalasini substantsial 
asoslarda maxsus tadqiq etishgan.
Grammatik ma’no nutq tarkibida qaralganida nutqning geterogen tabiatli sistema 
ekanligi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligida boʻlishi hamda shu xususiyati asosida 
lisoniy sistemadan farqlanishi, grammatik ma’no lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligida 
voqelanishi, bunda lisoniy omillar kuchayganida nolisoniy omillarning susayishi, nolisoniy 
omillar kuchayganida esa lisoniy omillar susayishi e’tiborni tortadi. Shuni aytish mumkinki, 
grammatik ma’noning nutqiy voqelanishi talqini sifatidagi uchinchi bosqich sistemaviy 
tekshirishlari lisonning nutqiy voqelanishini oʻrganishdagi antropotsentrizm va diskursiv tahlil 
tamoyillari asosida amalga oshadi. 
Grammatik ma’no talqini oʻzbek tilshunosligi bilan tengdosh deyish mumkin. Shu 
boisdan uning oʻrganilish bosqichlari tilshunoslikning taraqqiyot bosqichlari bilan mos keladi.
Oʻzbek tilshunosligi zamonaviy fan sifatida oʻzining formal va substantsial oʻrganish 
bosqichlarini bosib oʻtib, yangi – antropotsentrizm bosqichiga qadam qoʻymoqda. Shuning 
uchun grammatik ma’no talqini bosqichlarini ham shu yoʻsinda davrlashtirish maqsadga 
muvofiq. Har bir davrda talqin va tavsiflar davr talabi hamda ijtimoiy buyurtma sababli oʻziga 
xos ahamiyat va xarakter kasb etadi. Maqsad va vazifalar, ularga erishish metodologiyasi, 
metodikasi va metodlari ijtimoiy buyurtma bilan hamohang kechadi. 
Grammatik ma’noni oʻrganishning formal bosqichi Fitrat tadqiqotlari bilan boshlanib, 
A.Gʻulomov ta’limotida oʻzining yuksak darajasiga koʻtarildi. Grammatik ma’noni 
oʻrganishning bu bosqichi tilshunoslik oldiga qoʻygan vazifalar bilan bogʻliq. Bu davr 
tilshunosligi vazifalari haqida gap ketganda uning ikki muhim jihatiga toʻxtalish lozim boʻladi.
Birinchidan, tillar unifikatsiyasi, yagona xalq, yagona til shakllanishi lozimligi, milliy 
tillarning bir-biriga singishib ketishi gipotezasiga muvofiq ravishda tillararo farqlardan koʻra 
oʻxshashliklarni boʻrttirishga intilish lingvistik tadqiqotlarda tendentsiya tusini oldi. Ayniqsa, 
bu tilning grammatik sathi talqinlarida yaqqol koʻzga tashlandi. Morfologiyada soʻz turkumlari 
tasnifi, grammatik shakllarning ajratilishi, leksemaga morfemaning bir koʻrinishi sifatida 
qarash, shakl yasalishi va soʻz oʻzgarishi kabi tushunchalarning joriy qilinishi, sintaksisdagi 
bosh boʻlaklar tushunchasining milliy tilshunosliklarda bir xil e’tirof etilishi, shunga muvofiq 
ravishda gap strukturasining baholanishi, sodda va qoʻshma gaplardagi tillararo farqlarning 
e’tibordan soqit qilinishi kabilar shular jumlasidandir. Bu esa grammatik ma’no talqinlarida 
ham toʻliq ifodasini topdi. 
Ikkinchidan, oʻzbek adabiy tili me’yorlarini ishlab chiqish va omma ongiga singdirish 
ijtimoiy buyurtmasi har bir grammatik hodisani aniqlash, ularning ma’noviy va sintaktik 
vazifalarini oʻrganish, natijalarni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish zaruratini kun tartibiga qoʻydi. 
Buning uchun soʻzlarni turkumlarga ajratish, har bir turkumning morfologik xususiyatlarini va 
sintaktik vazifalarini belgilash, ularga xos grammatik shakllarning adabiy me’yorga mos 
shakllarini tanlash, shakllardagi fonetik variantlarni dialektal variantlardan farqlash, ularning 
qoʻllanishidagi adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish zarur edi. «Oʻzbek tilshunosligi tarixida 
ular shu jihatdan fahmiy usulda alohida-alohida ravishda atroflicha oʻrganilib, boy daliliy 
ashyolar toʻplandi. Oʻzbek tilshunoslari bu bosqichdagi vazifalarni sharaf bilan ado etishgani 
holda, navbatdagi bosqichda ular asosida, barcha til birliklari kabi morfologik shakllarni 
oʻrganish borasida ham talay muammolarni hal qilish ehtiyojlari va imkoniyatlari vujudga 
keldi» [Mengliyev, 2010: 115]. 
Oʻtgan asrning 70- yillariga kelib oʻzbek tilshunosligining formal (empirik) bosqichi oʻz 


369 
nihoyasiga yetdi. Aytilganidek, bu davr tilshunosligi zimmasiga yuklatilgan ulkan vazifa – 
adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va omma ongiga singdirishdan iborat ijtimoiy buyurtmani 
uddalagan edi. Mazkur vazifalarni bajarish bilan birgalikda tilshunoslikning yangi bosqichi 
uchun kuchli poydevor, mustahkam zamin hozirlandi. Empirik asoslarda yigʻilgan boy lisoniy 
xazinani nazariy oʻrganish metodologiyasi boʻlgan dialektik mantiq qonun va kategoriyalariga 
tayangan holda ilmiy tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlar vujudga keltirilgan edi. 1984- va 
1986- yillarda bir guruh turkiyshunoslar tomonidan turkiy tillarning yangi davrdagi talqini va 
tadqiqi boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan vazifalar markaziy matbuotda e’lon qilindi. Ularda 
ilgari surilgan gʻoyalar va ular asosidagi maqsad-vazifalar oʻzbek formal tilshunosligi 
vazifalarining mantiqiy davomi edi. Koʻtarilgan masalalarni shartli ravishda quyidagicha 
guruhlash mumkin: 1) oʻzbek tilshunosligi zimmasiga oʻtgan asrning 40-yillarida yuklangan va 
70- yillarida amalga oshirilgan vazifa – oʻzbek tili sathlari birliklarining formal tahlil asosida 
amalga oshirilgan talqini, oʻzbek adabiy tili me’yorlari, bu me’yorlarni ommalashtirish uchun 
turli ta’lim bosqichlari uchun yaratilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalari, normativ 
grammatikalardagi empirik materiallar asosida nazariy bilimlarni shakllantirish, nutqiy 
xususiyliklar zamiridagi lisoniy umumiylikni, til hodisalariga asos boʻlgan lisoniy mohiyatni, 
nutqiy voqeliklarda namoyon boʻlgan lisoniy imkoniyatni ochish; 2) oʻzbek tilini oʻzining 
turkona xususiyatidan kelib chiqqan holda ilmiy tekshirish.
Bu vazifalar grammatik ma’no talqinida ham oʻz ifodasini topdi. Grammatik ma’noni 
dialektik umumiylik va xususiylik kategoriyasi asosida oʻrganishga kirishildi. Oʻzbek 
tilshunosligining substantsial bosqichida morfologik shakllarning yangicha talqini shakllandi. 
Avvalo, grammatik ma’noda umumiy va xususiy tomonlarni alohida-alohida ajratib oʻrganish 
asosiy vazifalardan biri sifatida qoʻyildi. Bu muammo tilshunos H.Ne’matovning qadimgi 
turkiy yodgorliklar morfologiyasiga bagʻishlangan tadqiqotida kun tartibiga qoʻyilgan 
[Nigmatov, 1978], bir guruh tilshunoslar tomonidan belgilangan vazifalar matubotda e’lon 
qilingan edi [Nigmatov, Abdullayev, 1988: №4. – S.103 – 106; Nigmatov, Abdullayev, Banaru, 
Maxmudov, Muxamedova, Nurmanov, 1984: №5. – S.3 – 10]. Masala qator tilshunos 
olimlarimiz tomonidan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilindi. Masalan, 
aynan grammatik ma’no lison va nutq boʻlinishi nuqtayi nazaridan tilshunos 
Sh.Shahobiddinovaning nomzodlik dissertatsiyasida oʻzbek tilidagi son kategoriyasi, doktorlik 
dissertatsiyasida, umuman, grammatik kategoriyalar misolida tadqiq etildi [Shahobiddinova, 
1994: 24; Shahobiddinova, 2001: 50]. Ayniqsa, tilshunos B.Mengliyevning doktorlik 
dissertatsiyasida grammatik ma’noning nutqiy voqelanishi lisoniy tizim yaxlitligi nuqtayi 
nazaridan tadqiq qilinishi uni oʻrganishning yangi pragmatik tadqiqi bosqichi uchun zamin 
yaratdi. [Mengliyev, 2001: 248]. 
Oʻzbek tili hodisalarini «nutq-lison» tamoyili asosida oʻrganish natijasida qoʻlga kiritilgan 
lisoniy umumiyliklarning nutqiy voqelanishi nafaqat sathlar hamkorligi nuqtayi nazaridan, balki 
nolisoniy omillar bilan birgalikda tadqiq qilish, ulardan shaxsning oqilona va samarali 
foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish pragmatik lingvistikaning asosiy vazifalaridan 
biridir.
Bugungi kunda jahon pragmalingvistikasi uch yoʻnalishda rivojlanmoqda.
Britaniya pragmalingvistikasi M.Hollideyning tilni funksional tahlil qilishiga kuchli ta’sir 
koʻrsatdi. Uning tadqiqotlarida tilning ijtimoiy vazifasi, mundarijasi, rasmiy yozma va ogʻzaki 
nutq tahlili kabilar oʻz ifodasini topgan. Tilshunoslar Sinkler va Koulzart ham 
kommunikatsiyaning antrpotsentrik tahlilini kengaytirdi. Britaniya antropotsentrik tahlilida 
adabiy tilning oʻziga xos koʻrinishi boʻlgan badiiy nutq tahlil materiali sifatida olinadi. 
Amerika pragmalingvistikasi adabiy tilning jonli shakli – ogʻzaki nutqqa asosiy etibor 
qaratdi va etnomadaniy omillarga, tabiiy va jonli muloqotga asoslandi. Amerika 
pragmalingvistikasi asosini koʻproq jonli muloqot tahlili tashkil qiladi. Ularda lisoniy imkoniyat 
va uning nutqiy voqelanishi bir-biriga bogʻlanmaydi, balki faqat muloqot birliklari bilan lisoniy 


370 
shaxs va muloqot vaziyati yaxlitligi oʻrganish obyekti sifatida olinadi. Goffman, Saks, 
Schegloff va Jeffersonning ishlari [Schegloff, 1977: .361 – 382] buning yorqin dalilidir.
Koʻrinadiki, Britaniya va Amerikada pragmalingvistika asosan boshqa lisoniy hodisalar 
kabi grammatik ma’noda ham uning faqat nutqiy xususiyatlari bilan chegaralanib, uzoq yillar 
davomida strukturalistlar tomonidan oʻrganilgan lisoniy grammatik ma’no tahlili xulosalariga 
e’tibor qaratmaydi. Umuman olganda, har ikki yoʻnalish ham strukturalizm yutuqlaridan 
oziqlanmasligi bilan xarakterlanadi. 
Praga pragmalingvistikasi mazkur yoʻnalishlar orasida alohida oʻrin tutib, xususan, bu 
maktab oʻz an’anasiga muvofiq lison va nutq dixotomiyasi tamoyiliga grammatik ma’noning 
antropotsentrik tahlilida ham toʻla va qat’iy amal qiladi. Unda lisoniy birliklar, xususan, 
grammatik shakllar, grammatik ma’no lisoniy imkoniyat sifatida qaralib, bu imkoniyatdan 
nutqiy foydalanishda vaziyat va shaxs omili mushtarakligi izchilligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Demak, grammatik ma’noning oʻrganilish tarixi shuni koʻrsatadiki, bugungi kunda 
grammatik ma’noning nutqiy voqelanishini sinergetik tadqiq qilish, hamkorlik tamoyili asosida 
nutqiy sistemada voqelanuvchi lisoniy va pragmatik omillarning oʻrni va rolini aniqlash, 
hamkorlikdagi mavqeyini oydinlashtirish uchun zamin hozirlandi. Oʻzbek substansial 
tilshunosligi bugungi kunda grammatik ma’no tahlilida «nutq-lison» tamoyili asosidagi 
izlanishlar bosqichini muvaffaqiyatli bosib oʻtib, oʻz taraqiqyotining yangi sifat bosqichi – 
«lison-nutq» tamoyili asosida tadqiqotlar olib borish ehtiyojini boshdan kechirmoqda. Lisoniy 
struktura – lisoniy birliklar va munosabatlar tadqiqi boʻyicha qoʻlga kiritilgan ilmiy-nazariy 
xulosalarga tayanib, sinergetik tadqiq metodologiyasi asosida til birliklarini diskursiv tahlil 
qilish kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biridir. Bugungi davr oʻzbek substansial 
pragmalingvistikasidan grammatik hodisalarni «umumiylik-xususiylik» tamoyili asosida 
diskursiv tahlil qilishni taqozo etmoqda. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish