Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Key words:
 aphasia, verb comprehension, Uzbek, agrammatic aphasia, instrumentality 
XXI asr neyrotadqiqotlar asri desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Ilm-fanning koʻplab 
sohalarida inson miyasining faoliyatini oʻrganish, bu faoliyatni modellashtirishga qiziqish 
kuchayib bormoqda. Shu jumladan, tilshunoslikda ham. Bugungi kunda Yevropa va AQShning 
yetakchi universitetlarida inson miyasini uskunalar yordamida kuzatish orqali inson nutq 
yaratayotganda, nutqni qabul qilayotganda miyaning qaysi sohalari ishlashi, miyadagi ma’lum 
fiziologik nuqson insonning til tizimini qoʻllashidagi turli xatolarga olib kelishi qator tillar 
misolida tadqiq qilib kelinmoqda. Afaziya – nutq buzilishi ekanligi psixolingvistik adabiyotlarda 
qayd etib oʻtilsa-da, u, asosan, neyrolingvistika yoʻnalishining obyekti hisoblanadi. 
Neyrolingvistikada afaziyaning bir necha turi farqlanadi. Bu sohada qilingan 
tadqiqotlarda turli tillardagi afazik nutq tilning ichki strukturasi, xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda turli xarakterdagi xatolarni oʻzida namoyon etishi qayd etiladi. Afaziyaning turli 
koʻrinishlari tilshunoslik tomonidan oʻrganilar ekan, ular orasida Broka afaziyasi (yoki 
agrammatik afaziya) alohida oʻrin tutishini aytib oʻtish lozim. Bu turdagi afaziya bilan ogʻrigan 
bemorlar nutqni nisbatan yaxshi tushunadilar, odatda, nima demoqchiligini biladilar, ammo 
toʻgʻri ifodalab bera olmaydilar. Ularning nutqida grammatik koʻrsatkichlarning tushib qolishi 
koʻp kuzatiladi. Shu bilan birga bu xatolar tanlama xarakterga egadir, ya’ni bemor 
gapirayotganda ba’zi grammatik qoidalarga rioya qiladi, ba’zilariga esa yoʻq. Shu kabi 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda afaziyaning bu turini tilshunoslik nuqtai nazaridan 
oʻrganish tilning ichki strukturasi, til elementlarining oʻzaro munosabati haqida yaxshi ma’lumot 
beradi, deb qaraladi. 
Hozirgi kunda oʻzbek tilshunosligida oʻzbek tili grammatikasini tushuntirishda turli 
yondashuvlar qoʻllanib kelinmoqda. Oʻzbekzabon afazik bemorlar nutqini oʻrganish oʻzbek 
tilining ichki tuzilishi haqida dalillarga asoslangan ma’lumot berishi bilan birga, tilning inson 
ongida voqelanishi, inson miyasidagi tilning biologik asoslari kabi umumnazariy masalalarga 
ham munosabat bildirishga imkon beradi. 
Afazik bemorlarning oʻqish, yozish, tushunish bilan bogʻliq testlardagi koʻrsatkichlari 
tahlili asosida inson ongida leksikonning tuzilishi, soʻzni oʻqish, yozish, tushunish, 
takrorlashning umumiy modeli yaratilgan. 
G.Dell, A.Kim, M.Goldrik, B.Rapp kabi olimlar inson ongida leksikonning tuzilishi, 
C.Franklin, Ye.Kapitani, B.Maxon, A.Karamatsa, X.Byord, D.Xovard kabi olimlar semantikani, 
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, filologiya fanlari nomzodi, 
azimova_iroda@navoiy-uni.uz 


372 
D.Kaplan, M.V.Dikey, S.Tompson kabilar morfosintaksisni afazik bemorlar nutqi asosida tadqiq 
qilganlar [Dell, 1986; Goldrick, Rapp, 2007; Capitani, Laiacona, Mahon, Caramazza, 2003; Bird, 
Howard, Franklin, 2001; Caramazza, Hills, 1990; Thompson, 2000]. Shuningdek, fe’llarning 
oʻtimli-oʻtimsizligi, otlarning jonli yoki jonsiz predmetlarni anglatishi, gapning odatdagi tartibi 
va oʻzgargan tartibi, fe’llardagi zamon va aspekt, shaxs va son kabi lingvistik kategoriyalar 
X.Gudglas, J.Xant, N.Fridman, Y.Grodzinski, S.Luzzatti, V.Nanousi, S.Tompson, R.Bastiansi, 
T.Duman, R.Yonkers, F.Burshert, R. De Bleser, O.Dragoy kabi olimlar tomonidan ingliz, 
italyan, nemis, golland, turk, rus va boshqa tillar misolida oʻrganilgan [Goodglass, 1968; 
Friedmann, Grodzinsky, 1997; Luzzatti, Toraldo, Guasti, Ghirardi, Lorenzi, Guarnaschelli, 2001;
Nanousi, Masterson, Druks, Atkinson, 2006; Bastiaanse, Jonkers, 1998; Dragoy, Bastiaanse, 
2013; Duman, Bastiaanse, 2009; Burchert, Swoboda-Moll, De Bleser, 2005]. 
Rus olimi A.R. Luriya afazik nutqni keng koʻlamda tadqiq etib, nutq buzilishini 
tasniflagan. Olim tajribaviy tadqiqotlarning natijalari asosida “Основные проблемы 
нейролингвистики” (М.,1976), “Язык и сознание” (М.,1979) kabi asarlarini yaratgan. Ularda 
nutqning yaratilishi va tushunilishiga doir, til bilan bogʻliq aqliy vazifalarning inson miyasining 
turli qismlarida taqsimlanganligiga doir qimmatli ma’lumotlar va fikrlar berilgan. 
Koʻrinib turganidek, afazik bemorlar nutqi tadqiqi tilning ichki tuzilishi va amaliy 
qoʻllanishi mexanizmlari haqidagi qarashlarni yanada mukammallashtirishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Turli tillarda afaziyani oʻrganish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 
miyasi shikastlangan shaxslar otni qayta ishlash(aytish, tushunish)dan koʻra fe’lni qayta 
ishlashda koʻproq qiynalishadi [Caramazza & Hillis, 1991; Zingeser & Berndt, 1988]. Mazkur 
holat nazariy jihatdan turlicha izohlangan. Ma’lum guruh olimlar buning sababi tub kognitiv va 
semantik universaliyalar bilan bogʻliq, ya’ni otlar bu obyektlar, fe’llar esa harakat demakdir, 
degan fikrni ilgari suradilar [Bak, OʻDonovan, Xuereb, Boniface, & Hodges, 2001; Luzzatti, 
Aggujaro, & Crepaldi, 2006]. Boshqa guruh olimlar esa ot va fe’l dissotsiatsiyasi asosida 
ularning semantik xususiyatlaridagi farqda, deb tushuntiradilar. Xususan, otlar hissiy-vizual 
semantik xususiyatlarni oʻzida jamlaydi, fe’llar esa funksional semantik xususiyatlarga egadir. 
Boshqacha aytganda, ot turkumiga oid soʻz bilan ifodalangan tushuncha bu tashqi olamda 
mavjud obyekt boʻlib, u haqidagi tushunchamiz koʻz bilan koʻrish, teri bilan sezish, hidini 
hidlash, ovozi yoki tovushini eshitish kabi qator hissiy ta’sirlar vositasida shakllanadi. 
Fe’llarning ma’nosi esa ma’lum vazifaning bajarilishi bilan bogʻliq. Masalan, yurish fe’li tana 
a’zolarining ma’lum tarzdagi harakati vositasida tananing bir joydan boshqa joyga koʻchishini 
anglatadi. 
Fe’l va otlarning bu kabi semantik xususiyatlari ularning inson ongida tasavvur qilinish 
darajasi bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Fe’llarni tasavvur qilish otlarni tasavvur qilishga 
nisbatan qiyinroq kechadi [Bird, Howard, & Franklin, 2000]. Tasavvur qilishning osonligi ot 
turkumiga oid soʻzlarni aytishda va qabul qilishda bajariladigan aqliy vazifani birmuncha 
yengillashtiradi. 
Afaziyaga chalingan kishilar bilan oʻtkazilgan bir qator tadqiqotlar fe’l chastotasining 
ham fe’lni tushunish va aytishda muhim rol oʻynashini qayd etganlar. S. Bredin, R. Berndt kabi 
olimlar yuqori chastotali fe’llar chastotasi past fe’llarga nisbatan qiyinroq ifodalanishi va 
tushunilishini qayd etganlar [Breedin & Martin, 1996; Berndt, Mitchum, Haendiges, & Sandson 
1997]. Ma’lumki, yuqori chastotali fe’llar turli kontekstlarda keng qoʻllanadi, buning natijasida 
esa ular koʻpma’nolilik xususiyatga ega boʻladi. Inson ongida lisoniy birliklarning aks etishida 
koʻpma’nolilik semantik toʻrning koʻptarmoqliligi va murakkabligi bilan xarakterlanadi. Aynan 
shu murakkablik tufayli bunday fe’llarni aytish va tushunish afaziyaga chalingan kishilar uchun 
qiyinlik qiladi. 
D.Kemmerer va D.Tranel miyasi shikastlangan 53 bemor bilan harakatni nomlash 
boʻyicha tajriba oʻtkazgan. Tajribada ishtirkochilarga 100ta harakatning rasmi koʻrsatilgan va 


373 
ularni nomlash soʻralgan. Tajribani oʻtkazishdan maqsad stimul omili, leksik omil va konseptual 
omillarning fe’l turkumiga oid soʻzlarning miyada qayta ishlanishiga qanday ta’sir qilishini 
aniqlash boʻlgan. Stimul omillariga vizual murakkablik darajasi, harakatning tajriba 
ishtirokchisiga tanishligi, rasmning mosligi kabilar kiritilgan boʻlsa, leksik omillarga harakatning 
ishtirokchilar tomonidan bir xil nomlanishi foizi, fe’lning qoʻllanish chastotasi, fe’lning ot bilan 
omofonligi kabilar kiritilgan. Konseptual omillar sifatida harakatning qoʻl yoki tana yordamida 
bajarilishi, harakat nechta ishtirokchini talab qilishi, harakatni bajaruvchining ichki holati 
oʻzgarish-oʻzgarmasligi, harakatni bajaruvchi makonini oʻzgartirish-oʻzgartirmasligi, harakat 
biror asbob yordamida bajarilishi kabi belgilar hisobga olingan. Tajriba natijalariga koʻra 
harakatning tajriba ishtirokchisiga tanishligi, rasmning mosligi, harakatning ishtirokchilar 
tomonidan bir xil nomlanishi, fe’lning ot bilan omofonligi, harakatni bajaruvchi makonini 
oʻzgartirish-oʻzgartirmasligi kabi omillarning afazik soʻzlovchilarning harakatni nomlashlariga 
ta’sir qilishi aniqlangan. Fe’lning qoʻllanish chastotasi tajriba ishtirokchilarining oltitasi uchun 
ahamiyatli boʻlgan. Ulardan ikkitasi chastotasi past boʻlgan fe’llarni yaxshi ayta olganlar, 
toʻrttasi esa, aksincha, chastotasi yuqori fe’llarni chastotasi past fe’llarga nisbatan yaxshiroq ayta 
olganlar. Mualliflar tajriba natijasini tushuntirishda oʻzidan avvalgi tadqiqotlar xulosasiga toʻliq 
qoʻshilmaydilar. Tadqiqotlar tayangan fe’llarning chastotali lugʻati yozma matn asosida 
tuzilganini, afaziyaga chalingan kishilarning nutqiy imkoniyatlarini baholashda fe’llarning 
ogʻzaki nutqda qoʻllanish chastotasiga asoslanish kerakligini ta’kidlaydilar [Kemmerer, Tranel, 
2000]. 
Fe’llarning afaziyaga chalingan kishilar uchun qiyinchilik tugʻdirishi fe’llarning lisoniy 
xususiyatlari, jumladan, argument strukturasi (ya’ni fe’lning nechta argument olishi), oʻtimli-
oʻtimsizligi, otdan yasalgan-yasalmaganligi bilan ham bogʻliqligi tajribaviy tadqiqotlarda 
isbotlangan. Masalan, fe’l kamroq argument olsa, uni qoʻllash afazik bemor uchun osonroq 
kechadi, ikki yoki undan ortiq argumentli fe’llar afaziklar uchun qiyin boʻladi [Thompson, 
2003]. Bastiansi va Yonkers oʻz tajribalarida afaziklar harakatni nomlash topshirigʻini bajarishda 
fe’lning oʻtimli-oʻtimsizligi natijaga ta’sir qilganini kuzatishgan [Bastiaanse & Jonkers,1996]. 
Bemorlar oʻtimli fe’lni oʻtimsiz fe’lga nisbatan tezroq ayta olganlar. Bastiansi va van Zonnevild 
gap aytish topshirigʻida ham oʻtimli, ham oʻtimsiz boʻla oladigan fe’llar (Pete breaks the glass – 
Pit stakanni sindirdi, the glass breaks –stakan sindi kabi) qoʻllaganda agrammatik afaziklar 
uchun fe’l oʻtimli boʻlgan kontekstda gapni osonroq ayta olganlarini qayd etganlar. Olimlar buni 
oʻtimsiz fe’llarning argumentlar soni kam boʻlsa-da, argument strukturasi murakkabligi bilan 
izohlashgan. Xususan, oʻtimsiz fe’llarda sub’ekti ham, obyekti ham bitta predmet ekanligi 
afaziklar uchun qiyinchilik tugʻdiradi, deb xulosa qilganlar [Bastiaanse & van Zonneveld, 2005]. 
R.Bastiansi va R.Yonkers oʻz tadqiqotlari davomida fe’lning biror asbob bilan bogʻliqligi 
(instrumentality) anomik afaziyaga chalingan kishilar uchun muhim ekanligini kuzatganlar. 
Harakat ifodalangan rasmlarni nomlashda anomik afaziyaga chalingan tajriba ishtirokchilari 
asbob nomi bilan bogʻliq fe’llarni (masalan, arralamoq, dazmollamoq) asbob nomi bilan bogʻliq 
boʻlmagan fe’llarga nisbatan (masalan, yurmoq, oʻqimoq) osonroq ayta olganlar. Ammo bu holat 
afaziyaning agrammatik turiga chalingan ishtirokchilarda kuzatilmagan [Bastiaanse & Jonkers, 
1996]. Anomik afaziyaga chalinganlar uchun fe’llarning ot turkumidagi soʻz bilan aloqador 
ekanligi fe’llar bilan bogʻliq nutqiy jarayonlarni osonlashtirgan. Agrammatik afaziyaga 
chalingan kishilarda asosiy lisoniy yetishmovchilik fe’llar bilan bogʻliq boʻlganligi sababli 
ularga mazkur holat yordam bermagan. 
Fe’llarning tushunilishi boʻyicha oʻtkazilgan tajribada esa agrammatik afaziyaga 
chalingan ishtirokchilar asbob bilan bajariladigan, ammo asbob nomi bilan bogʻliq boʻlmagan 
fe’llarni nisbatan yaxshiroq tushunganlar [Jonkers & Bastiaanse, 2006]. Masalan, tuyish, kesish 
kabi fe’llar hovoncha, pichoq yo qaychi kabi asboblar yordamida amalga oshiriladigan 
harakatlarni ifodalaydi, biroq ularda arralash fe’lidagi kabi asbob nomi bilan bevosita bogʻliqlik 
yoʻq. R.Yonkers va R.Bastiaansi tadqiqotida arralash kabi fe’llar anomik afaziya va Vernike 


374 
afaziyasiga chalinganlar uchun tushunish eng qiyin fe’llar ekanligi aniqlangan. Mazkur holatlar 
insonning boshqa kognitiv faoliyatlarining tilni qoʻllashdagi bevosita ta’sirini aks ettiradi, deyish 
mumkin. Xususan, agrammatik afaziklarda asbob bilan bajariladigan fe’llarda ongda asbob 
haqidagi tushunchaning faollashishi fe’lning faollashishiga ham yordam bergan. Anomik va 
Vernike afaziyasiga chalinganlarda esa arralash kabi ot bilan bogʻliq fe’llarda arra otining 
faollashishi arralash fe’lining faollashishiga xalal bergan. 
Gʻarb afaziologiyasi fe’llarning afaziyada ifodalanishi boʻyicha yuqoridagi kabi qator 
ahamiyatli natijalarga ega. Ushbu natijalarni oʻzbek tili misolida tadqiq qilish jahon 
neyrolingvistikasiga shu vaqtgacha bu yoʻnalishda tadqiq qilinmagan til materiallari misolida 
yangilik olib kirsa, oʻzbek tilshunosligi uchun yangicha yondashuvni olib kirishi bilan 
ahamiyatlidir. 
Biz ushbu tadqiqotimizda fe’llarning tushunilishi boʻyicha neyrolingvistik tajriba 
oʻtkazdik. Tajribada 6 ta sogʻlom va 6 ta afaziyaga chalingan kishilar ishtirok etishdi. Ularga har 
bir betiga 4tadan oq-qora rangda chizilgan rasm koʻrsatildi va bitta fe’l aytildi. Ishtirokchilardan 
fe’l anglatgan harakat aks etgan rasmni koʻrsatish soʻraldi. Fe’lni tushunish testi 30 betdan iborat 
boʻlib, har bir betda toʻgʻri javob aks etgan tasvir (masalan, hidlash fe’lini ifodalagan rasm), 
oʻsha harakatga aloqador narsa (gul), toʻgʻri javob boʻlishi kerak boʻlgan fe’lga aloqador fe’l 
(ayni oʻrinda yalash) va unga aloqador boʻlgan jism (muzqaymoq) aks etgan. 
Tanlab olingan fe’llarning har biri chastotasi, oʻtimli-oʻtimsizligi, asbob nomi bilan 
bogʻliqligi, ot turkumidagi soʻzga aloqadorligi kabi jihatlari nazorat qilingan. 
Tajriba natijalari. Mazkur tajribada sogʻlom ishtirokchilarning uchtasi 100% toʻgʻri javob 
berganlar. Qolgan uchtasida bittadan xato va ularning bari “yoʻtalish” fe’liga mos rasmni 
koʻrsatishda adashganlar. 
Agrammatik ishtirokchilarning javoblari 17-29 oraligʻida. Bitta ishtirokchi 17 ta javob 
bergan boʻlsa, qolganlarniki 26-29 tagacha boʻlib, afaziya fe’lni tushunish qobiliyatiga sezilarli 
ta’sir qilmaganligini bildiradi. Eng past natijani koʻrsatgan ishtirokchining toʻgʻri javoblari va 
xatolarini batafsil tahlil qilamiz. Mazkur ishtirokchi quyidagi fe’llar aytilganda ularga mos 
rasmni toʻgʻri koʻrsatgan: 
Shaxmat oʻynash 
Changʻi uchish 
Kashta tikish 
Yugurish 
Ukol qilish 
Supurish 
Arralash 
Svarka qilish 
Oʻtlash 
Boʻyash 
Kulish 
Qirgʻichdan oʻtkazish 
Toʻgʻrash 
Sakrash 
Hushtak chalish 
Soch olish 
Pianino chalish 
Bu fe’llarning xususiyatlariga yaqinroq razm solsak, ularning aksariyati ot bilan aloqador 
boʻlib, biror asbob bilan bajariladigan harakatni ifodalaydi. R.Bastiansi va R.Yonkersning 
tajribaviy tadqiqotida xuddi shunday holat niderland tilida soʻzlashuvchi agrammatik afaziklarda 
kuzatilgan. Ular otga aloqador boʻlgan va asbob nomi bilan bogʻliq fe’llarni boshqa fe’llarga 
nisbatan yaxshiroq tushunishgan [Jonkers, Bastiaanse, 2006]. Ular bu holatni Dellning 


375 
faollikning tarqalishi modeliga asosan fe’l va otning birgalikda faollashuvi natijasidir deb talqin 
qilganlar [Dell, 1986]. Dellning nazariyasiga koʻra, inson ongida bir soʻz faollashar ekan, 
mazkur faollashuv oʻsha soʻz bilan aloqasi boʻlgan boshqa soʻzlarga ham tarqaladi. Ot yoki 
asbob nomi bilan bogʻliq fe’llar qabul qilinganda ham ot, ham fe’l faollashadi. Masalan, arralash 
fe’lini eshitganda ham arra soʻzi, ham arralash soʻzi faollashadi. Ikkalasi shakl jihatdan ham bir-
biriga yaqin boʻlgani uchun baravar ikkita soʻzning faollashuvi (co-activation) roʻy beradi. 
Fe’lda harakatning ot bilan bogʻliqligi aks etmagan holatlarda eshitilgan soʻzning oʻzi 
faollashadi, keyin unga bogʻliq soʻzlar faollashadi. Afaziyaga chalinganlarda aynan 
faollashuvning risoladagiday kechmasligi nutqiy muammolarga sababdir. Shuning uchun 
harakatning ot bilan aloqadorligi aks etgan fe’llarda baravar ikkita soʻzning faollashuvi (co-
activation) lisoniy amallarning yaxshiroq bajarilishiga sabab boʻladi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish