Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

“Davlat tili haqida”
gi qonunning ayrim moddalariga toʻldirishlar kiritish borasida ham 
mulohazalar bildirildi. 
Oʻzbekistonda davlat tili oʻzbek tili hisoblanadi va davlat organlari ishining davlat tilida 
yuritilishi qonun talabi ekanligidan hammaga ayon. 
“Davlat tili haqida”
gi Qonunning 10-
moddasida 
“Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, 
hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning koʻpchiligi 
oʻzbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda, boshqa tillarda ham amalga 
oshirilishi mumkin”
deb belgilab qoʻyilganligi rus tilining oʻzbek tili bilan muqobil aloqa tili 
sifatida qoʻllanilishiga yoʻl ochib bergan boʻlsa ajab emas. Qolaversa, qonunda keltirilgan 
“Oʻzbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda, boshqa tillarda ham amalga 
oshirilishi mumkin”
jumlasi oʻzbek millatiga mansub rus tilida muloqot qiladigan Oʻzbekiston 
fuqarolariga qoʻl kelgan. 
Qadimdan sayqallanib kelgan, ajdodlardan meros boʻlib qolayotgan bebaho boylikning 
vorislari sifatida ona tilimizni qay darajada avayladik, asradik? Afsuski, bunga hamisha ham 
ijobiy javob qaytara olmaymiz. Avaylaganimizda, uning sofligini saqlaganimizda, haqiqiy 
vorislari boʻlganimizda ijtimoiy tarmoqlarda bugungiday asossiz malomat toshlari otilmagan 
boʻlardi. Qonunning ayrim talablarini toʻlaqonli bajarganimizda bunday dashnomlarga duch 
kelmas edik.
Shuni ta’kidlash kerakki, oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning 
milliy mustaqillikka erishish yoʻlidagi muhim qadamlaridan biri boʻlgan edi. Mustaqillik 
yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda boʻlgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim 
oʻzgarishlar yuz berdi. Oʻzbek tilining xalqaro miqyosda obroʻsi oshdi. 
Bugun oʻzbek tilining bor boʻy-bastini, boyligini koʻrsatish va kelajak avlodning undan 
toʻla bahramand boʻlishi uchun izohli va imlo lugʻatlari, umumiy oʻrta ta’lim oʻquvchilari uchun 
alohida turli nomlarda lugʻatlarning yaratilishi tilimizga boʻlgan ehtiromning yorqin namunasi 
sanaladi. 
Mustaqillik yillarida oʻzbek tilining huquqiy asoslari mustahkamlanib, qoʻllanish doirasi 
ham sezilarli ravishda kengaydi. Eng avvalo, Konstitutsiyamizning (yangi tahriri) 1-moddasida 
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir”
, deb qat’iy belgilab qoʻyildi. Bosh 
Qonunimizdan kelib chiqib qabul qilingan qator qonun hujjatlari bilan bu boradagi huquqiy 
mexanizmlar yanada takomillashtirildi. Shu bilan birga, til sohasidagi qonunchiligimizda oʻzbek 
tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning oʻz 
ona tilini qoʻllashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmasligi ham aniq ifodalab 
qoʻyilgan. Xususan, 
“Davlat tili haqida”
gi Qonunning biron bir moddasida yurtimizda ahil-inoq 
umrguzaronlik qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining oʻzaro muloqotlarida til 
tanlashni cheklovchi yoki taqiqlovchi normalar mavjud emas. 
Bir tarafdan olib qaralsa, tilimizni e’zozlash, unga diqqat va e’tibor bilan qarash, til 
toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda ayrim kamchilik va muammolarimiz ham yoʻq 
emas. Misol uchun, bugun til sofligini saqlash eng dolzarb vazifaga aylanmoqda. Qolaversa, 
ba’zi rasmiy idoralarda oʻzbek tilida ish yuritish hamon qonun talablari darajasida emasligini 
hammamiz bilamiz, chunki ularning rus tilida ish yuritish odatini tashlashlari qiyin kechmoqda. 
Koʻchalardagi nomlar, peshlavhalar, shiorlardagi beoʻxshov jumlalar, imloviy xatolar, yasama 
soʻzlar, doʻkonlar, firma va tijorat korxonalariga qoʻyilgan yevropacha nomlar hamon ta’bimizni 
xira qilmoqda. 
Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muammolar vositasi – balki xalqning 
madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa oʻz 
navbatida oʻzaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun 
esa bu tillarni qoʻllab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa 


277 
mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan 
bir kafolatidir. Shu sababli ham har bir xalq oʻz tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi. 
Shu narsani tan olish kerak-ki, oʻzbek tili qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas 
davlat ramziga aylandi. Ona tilimiz chindan ham rasmiy til boʻldi, jonli jarayon sifatida qaddini 
tiklay olishi uchun, rivojlanishi uchun hukumatimiz tomonidan qator chora-tadbirlar ishlab 
chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4997-son
“Alisher 
Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish 
toʻgʻrisida”
gi Farmoni, Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligini nishonlash 
borasida 2019-yil 4-oktabrdagi Qarori, 2019-yil 21-oktabrdagi 
“Oʻzbek tilining davlat tili 
sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
gi Farmoni va 2020-
2030 yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida 
belgilangan vazifalar davlat tilining rivojlanishiga keng yoʻl ochib berdi. 
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti”ni tashkil 
etilishi milliy gʻururimiz belgisi hisoblangan ona tilimiz maqomini bundanda yuksaltirish yoʻlida 
muhim voqea boʻldi. Tilga e’tibor, bu millatga e’tibor demakdir. Tilning taraqqiy etishi yoshlar 
ongiga milliy gʻurur tuygʻusini chuqurroq singdirish, oʻzbek tili va adabiyoti rivojini yanada 
yuksaltirish, ma’naviyatimiz durdonalari xorijiy mamlakatlarga keng tanishtirish imkoniyatlarini 
kengroq ochishga imkoniyat demakdir. 
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
“Yuksak 
ma’naviyat–yengilmas kuch”
asarida ta’kidlanganidek: 
jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, 
avvallo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning 
ruhidir.
[Karimov, 1997: 31] 
XX asr boshida olti tilli – oʻzbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lugʻat tuzgan 
Is’hoqxon Ibratning: 
“Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar,

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish