Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

xonadon, uy, roʻzgʻor
kabi.
2) shaxs maʼnoli birliklar: 
ota, ona, aka, uka, opa, singil, bobo, buvi, er, xotin, amma, 
xola, amaki, togʻa, kelin, kuyov, qaynona, qaynota, chaqaloq, farzand, qarindosh
kabi. 
3) belgi maʼnoli soʻzlar: 
muqaddas, ulugʻ, tarbiyali, mehribon, madaniyatli, bolali, 
bolasiz, quvnoq, begʻubor, samimiy, oʻziga tortuvchi
kabi. 
4) oʻrin maʼnoli turdosh leksemalar: 
vatan, uy, ostona, oila, mahalla, shahar turarjoy, 
boshpana, maskan
kabi. 
5) oʻrin maʼnoli atoqli leksemalar: 
Oʻzbekiston, Toshkent, Xorazm, Xonqa, Navroʻz 
mahallasi
kabi. 
6) mavhum maʼnoli bi
rliklar: muhabbat, sevgi, sadoqat, vafo, burch, bolalik,
vatanparvarlik, oilaviy nonushta, oilaviy urf-odatlar, oilaviy qadriyatlar, oilaviy ahillik, oilaviy 
mojaro, oilaviy kelishmovchilik, oilaviy tinchlik, oilaviy baxt, sulola, onalik, otalik
kabi. 
7) harakat va holat bildiruvchi leksemalar: 
tugʻilmoq, asramoq, hurmat qilmoq, 
avaylamoq, ulugʻlamoq, qadrlamoq, sevmoq, kurashmoq, uylanmoq, ajrashmoq, unashtirmoq
kabi. 
8) koʻchma maʼnoli birliklar: 
oltin beshik, ona suti, oila qoʻrgʻoni, oila ustuni, oilamiz 
farishtasi, oq sut, kindik qoni toʻkilgan joy, boshimdagi tojim ota-onam, koʻzimning oq-u qorasi 
kabi.
9) soʻz yasalishi bilan bogʻliq soʻzlar: 
oilali, oilasiz, oilaparvar, oilaviy, oilachilik, 
oilashunos
kabi. 
10) oilaviy urf-odat, marosimlar bilan bogʻliq leksemalar: 
nikoh toʻyi, aqiqa, sunnat toʻy, 
qiz uzatish, oʻgʻil uylantirish
kabi. 
11) diniy tushuncha bilan bogʻliq birliklar: 
nikoh, mahr, taloq, muslim, muslima, islomiy
kabi. 
Bu leksik birliklardan 
xonadon, uy, roʻzgʻor,ostona, ota, ona, aka, uka, opa, singil, 
bobo, buvi, kelin, kuyov, qaynona, qaynota, chaqaloq, farzand
kabilar oila konsepti maydonining 
yadrosidan oʻrin olsa, qolgan birliklar maydonning yadrodan keyin joylashadigan aʼzolari 
hisoblanadi.
Oila konseptiga ishora qiluvchi sintaktik birliklar: 
mehribon onam, qattiqqoʻl otam, 
nuroniy buvi, baxtli bolalik, jamiyatning bir boʻlagi, oʻz qonunlari mavjud maskan, onamni 
sogʻinmoq, uy ishlari, kundalik yumushlar, farzand tarbiyasi, avlod davomchisi, tarbiya oʻchogʻi
kabi oila semasi bilan bogʻlangan har qanday birlik assotsiativ tarzda til egalari xotirasida oila 
konseptini voqelantira oladi.
Diniy nuqtayi nazardan oila konseptiga 
nikoh, mahr, taloq, muslim, muslima, islomiy, 
halol, harom
kabi birliklar ham ishora qiladi, chunki musulmonlar uchun oila muqaddas 
sanaladi.
Undan tashqarı, oila konseptiga ishora qiluvchi turgʻun birliklar – frazeololgik birliklar 
ham mavjud boʻlib, 
boshini ikkita qilmoq, ola xurjunni yelkaga tashlamoq, qulogʻini tishlamoq
kabilar oʻzbek millatiga xos milliy-mental xususiyatlarni yanada yorqinroq ifodalashi bilan 
ajralib turadi.


274 
Maʼlumki, inson tafakkuridagi voqelikning asosiy kategoriyalardan biri sifatida oila 
konsepti mehr, muhabbat, ishonch, baxt, qadr, vijdon, taqdir, ozodlik kabi boshqa mental 
mohiyatlar qatorida turadi. Maqollarda insonning oʻzi yashagan jamiyatga, turmush tarziga 
munosabati, ruhiy holati, tuygʻulari ijobiy yoki salbiy fazilatlari, etik-estetik va falsafiy 
qarashlari jamiyat qonuniyatlari va hayotiy sinovlar asosida mujassamlangan boʻladi. 
Oʻzbek tilida oila konseptiga ishora qiluvchi 
er bosh boʻlsa, xotin boʻyindir, oʻz uyim – 
oʻlan-toʻshagim, roʻzgʻor ziynati – oʻtin, uy ziynati – xotin, roʻzgʻor tushdi boshga, qoʻl tegmadi 
oshga, ota – bilak, ona – yurak, ota – aql, ona – idrok, er-xotin – qoʻsh hoʻkiz
kabi maqollar 
juda koʻp. Albatta, oʻzbek xalqining milliy ongida oilaviy va qarindosh-urugʻchilik 
munosabatlari asosiy oʻrin tutadi va bu jihat maqollarda ham oʻz aksini topgan.
Badiiy asarlarda, xususan, nasriy asarlarda lingvokulturologiyada asosiy konseptlar 
hisoblangan 
hayot, oʻlim, ona, Vatan, muhabbat, yaxshilik, adolat, ayol
kabi tushunchalar ifodasi 
koʻp uchraydi. Badiiy asar ijodiy faoliyat mahsuli boʻlganligi sababli, muayyan konsept ifodasi 
bu kabi matnlarda, tabiiyki, birinchi navbatda individuallik, obrazlilik belgilarini namoyon etadi 
[2,76]. Oʻzbek badiiy adabiyotida oila konseptini oʻzida aks ettiruvchi, unga ishora qiluvchi 
asarlar talaygina. Masalan:
Ayol-gul. Erkak-bogʻbon. Sen gulni xor qilsang, uni oʻzga bogʻbon 
siypalaydi… erkak bogʻbon. Ayol-gul. Sen bogʻbonga tikan sanchsang, u oʻzga gulni 
siypalaydi… ikki oʻrtada sening mevang yetim qoladi. Xudo shundan asrasin!
(Oʻ. Hoshimov)
 
Ushbu matnda 
ayol, erkak, sening mevang – farzand, gul, bogʻbon, tikan 
kabi 
birliklar oila konseptining ma’nosini yanada yorqinroq ifodalashga xizmat qilgan. 
Konsept shakllanishining dastlabki nuqtasida voqelik haqida tasavvur yuzaga keladi. 
Xuddi shu tasavvur lisoniy belgiga aylanadi va bu belgi ma’nosining oʻzagini tashkil qiladi. Ong 
voqelikni oʻzi uchun muhim boʻlgan belgi-xususiyatlarini ajratadi hamda ular asosida idrok 
etilayotgan hodisaning namunaviy modelini yaratadi[5, 59]. 
Demak, oila konsepti oʻzbek tilida bir nechta sath birliklari yordamida voqelanadi. Leksik 
birliklar mavzu jihatdan turli xil ekanligi bilan boshqalaridan farqlanadi. Oila konseptiga ishora 
qiluvchi maqollar oʻzbek xalqi muloqot jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Xalq ogʻzaki 
ijodi, yozma adabiyot, ogʻzaki soʻzlashuv uslubida milliy-madaniy xususiyatga ega boʻlgan oila 
konsepti faol ishlatilishi bilan xarakterlanadi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish