Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Key words
: language, common to all human values, nation, status, law, independence, 
development, international. 
 
Har bir xalqning oʻzligini namoyon etuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlari boʻladi. 
Tiriklik uchun toza havo bilan quyosh nuri, nonu suv qanchalik hayotiy zarurat boʻlsa, millatning 
yashashi va ravnaq topishini ham ona tilisiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Til shaxs va jamiyat salohiyati hamda madaniyati saviyasining oʻziga xos belgisidir. 
Bundan 31 yil muqaddam oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi chindan ham ulugʻ va 
tarixiy voqea boʻlgan edi. Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning 
“Har bir millatning 
dunyoda borligʻini koʻrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak – 
millatning ruhini yoʻqotmakdur”
degan hikmatli soʻzlari yurtning istiqboli tilda ekanligini 
chiroyli isbotlaydi. Darhaqiqat, tilidan ayrilgan xalqning ma’naviy Vatani boʻlmasligi muqarrar. 
Millatning yuzi, yurtning istiqboli tilda, unga boʻlgan hurmatda oʻz aksini topadi. 
Bugungi kunda yer yuzida besh mingga yaqin til mavjud boʻlib, huquqiy maqomi, tutgan 
oʻrni, qoʻllanish doirasiga koʻra uch turga boʻlinadi. Bular: 6 ta xalqaro til (ingliz, fransuz, ispan, 
rus, arab, xitoy tillari), 200 ga yaqin davlat tili (oʻzbek, qozoq, nemis va boshqa tillar), qolgan 
4800ga yaqin tillar-mahalliy tillar (na xalqaro, na davlat tili maqomiga ega boʻlgan tillar) 1989 
yilning 21 oktabrida oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi tom ma’nodagi jasorat va istiqlol 
sari qoʻyilgan ilk qadam sifatida ulkan ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning 
say’-harakati bilan oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga ham 31 yil boʻldi. Istiqlol 
yillarida ona tilimizning nufuzini yanada oshirish, ommaviy muomalada adabiy til me’yor va 
qoidalari buzilishining oldini olish borasida amalga oshirilgan aniq maqsadli ishlar oʻz 
samarasini berdi. 
“Davlat tili haqida”
gi qonunga asosan ish yuritish, ta’lim-tarbiya, ommaviy 
axborot vositalari, noshirchilik sohalarida oʻzbek tili faol qoʻllanilmoqda, oʻzaro muloqot 
vositasi sifatida mavqei tobora oshmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev oʻzbek tiliga 
davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida 
“Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lugʻat boyligini oshirish, 
turli sohalarda zamonaviy atamalarning oʻzbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil 
qoʻllanishini ta’minlash dolzarb vazifa boʻlib turibdi. Yana bir muhim vazifa fundamental 
tadqiqotlar, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, tibbiyot va boshqa 
tarmoqlarda davlat tilini toʻlaqonli qoʻllash bilan bogʻliq”
deb ta’kidlab oʻtgan edi. [Miziyoyev, 
2019] 
Shunday muhim va xayrli ishlarga qoʻl urilayotgan bir paytda ona tilimiz kamoliga gʻov 
boʻlayotgan, uning fayzli va musaffo muhitini buzishga qaratilgan illatlarning mavjudligi kishini 
xavotirga soladi. 2020-yil aprel oyida Adliya vazirligi tomonidan davlat tilida ish yuritishni toʻla 
ta’minlash maqsadida mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun 
loyihasi ishlab chiqilganligidan barcha xabardor. Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy 
javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 42-moddasi 
“Davlat organlari va tashkilotlarida ish 
yuritishda davlat tili haqidagi qonun talablariga rioya etmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy 
maosh miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab 


276 
boʻladi”
jumlasi bilan toʻldirildi. Mazkur loyiha oʻzbek tili taqdiriga befarq boʻlmagan ziyolilar 
va jamoatchilik tomonidan yakdillik bilan qarshi olindi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish