Tili va adabiyoti universiteti


lekin avval oʻz ona tilini koʻzlariga toʻtiyo qilib, ehtirom koʻrsatsinlar. Zero, oʻz tiliga sadoqat –  bu vataniy ishdir”



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

 
lekin avval oʻz ona tilini koʻzlariga toʻtiyo qilib, ehtirom koʻrsatsinlar. Zero, oʻz tiliga sadoqat – 
bu vataniy ishdir”
 
hikmatli soʻzlarida
 
ona tilimizga boʻlgan muhabbat vatanga boʻlgan sadoqat 
bilan tenglashtirilgan. 
Oʻtmishi ming yillarga teng oʻzbek tilini ijodkorlar, tilshunoslar, qalam ahli asrlar 
davomida sharaflab kelishgan. Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy oʻz davrida qariyb 
“oʻlik”
tillar safidan joy olgan eski turkiy tilga 
“jon”
ato etdi. XX asr boshlarida ma’rifatparvar 
ziyolilar Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Mahmudxoʻja Behbudiylar oʻzbek tilini 
takomillashtirish maqsadida darsliklar, maqolalar yozishdi, oʻsha davrda ijtimoiy buyurtma 
boʻlgan xalq savodxonligini koʻtarish maqsadida tahsinga sazovor faoliyat olib borishdi. 
Bugun ham bu jarayon toʻxtagani yoʻq. Vazirlik va idoralar rahbarlari hamda 
xodimlarining 
“Davlat tilida ish yuritish asoslari”
boʻyicha malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash tizimi joriy etildi; respublika tilshunos olimlari tomonidan fundamental fanlar, 
zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, 
yurisprudensiya, diplomatiya, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, harbiy va shu kabi sohalarda oʻzbek 
tilining qoʻllanish doirasini kengaytirishga doir tavsiya va koʻrsatmalar ishlab chiqildi;
zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lugʻatlar nashr etishga, atamalarning elektron lugʻati 
va mobil ilovalarini yaratish ishlariga ahamiyat qaratilmoqda; Alisher Navoiy nomidagi 
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshida “
Oʻzbekcha nom yaratish
” 
laboratoriyasi tashkil etildi. 
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 
“Bu hayotning koʻp ogʻir sinovlarini va 
yaxshi-yomon kunlarini boshidan kechirgan xalqimiz hammasini toʻgʻri tushunib, masalaga 
ongli yondashmoqda. Millati, tili va dinidan qat’iy nazar, hammamiz yakdilmiz va, ishonamizki, 
bu qiyinchiliklar, albatta, oʻtib ketadi. Men mard va matonatli, mehr-oqibatli xalqimizning aql-
zakovatiga, uning metin irodasi va qat’iyatiga toʻla ishonaman”
, deb bildirgan ishonchini oqlab, 
aytilgan shu fikrlarga munosib javob qaytarishimiz zarur. Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi 


278 
nufuzi va mavqeini yanada oshirish haqida bosh qotirishimiz, bu yoʻlda sobitqadamlik bilan 
amaliy ishlar qilishimiz lozim. 
Bugungi kunda oʻzbek tilining ham xalqaro nufuzi tobora yuksalib borayotir. AQSh, 
Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya va Ukraina kabi davlatlarning nufuzli 
oliy ta’lim muassasalarida oʻzbek tili yoʻnalishlari ochilib, oʻsha mamlakatlar yoshlari ona 
tilimizni oʻrganishga katta ragʻbat koʻrsatayotgani, oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha ilmiy 
izlanish olib borayotgan chet ellik tadqiqotchilar soni yil sayin koʻpayayotgani, Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston safarida xalqaro minbardan ona 
tilimizda nutq soʻzlagani buning isbotidir. 
2019-yil 21-oktabrda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili 
maqomi berilganining 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida 
“Men bugun 
“Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdim”
deb aytgan gapi va 2020-yil 23-sentabrda Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida onlayn muloqot rejimida xalqaro 
minbardan ona tilimizda nutq soʻzlagani oʻzbek tilining jahon miqiyosida nufuzi va mavqeyini 
oshishiga yana bir bor kafolat boʻldi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish