Tili va adabiyoti universiteti


-lïğ/-lig//-lïq/-lik//-luğ/-lüg//-luq/-lük



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

-lïğ/-lig//-lïq/-lik//-luğ/-lüg//-luq/-lük 
asosan, ism, sifat, fe’llardan ot hamda ismlardan sifat,
 -k//-uq/ük//-uğ/üg-//-aq/-ağ//-ïğ//-ig//-ïq/-
ik 
Fe’llar- dan ot, 
-sïz/-siz//-suz/-süz 
otlardan sifat yasashda faol qatnashadi va sermahsul 
affikslardan sanaladi. 
Arabcha va forsiy oʻzlashmalarning muayyan qismi 
-lïğ/-lig//-lïq/-lik//-luğ/-lüg//-luq/-
lük, -sïz/-siz//-suz/-süz 
singariqoʻshimchalar bilan birikib, yangi soʻz hosil qilgan va ular turkiy 
leksemalar bilan baravar qoʻllanilgan. Bu esa oʻz navbatida ushbu qoʻshimchalarning oʻsha 
davrda sermahsul affikslardan boʻlganligini koʻrsatadi. Demak, turkiy til lugʻat tarkibining boyib 
borish jarayonini kuzatishda, oʻzga tillarning turkiy tillar, jumladan, oʻzbek tili rivojida tutgan 
oʻrnini aniqlashda, shuningdek, ekstralingvistik omillarni toʻgʻri belgilashda koʻhna yodnomalar 
til xususiyatlarini atroflicha tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbek marketing terminlarini tartibga solish masalasi 
About regulation of uzbek marketing terms 
 
Xudoyberdiyeva Sevara Xamzayevna

 
 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti 


209 
Annotation:
 ensuring the security of the Uzbek language. Finding Turkic equivalents for 
the adopted internationalism words. Use the term “label” instaed of the term “brand”. Use the 
term “bozorlama” instaed of the term “marketing”. Issues in the appropriate use of the term 
“market”. 
Key words:
marketing. Brand. Market. Security. Development. Protection. Information 
technology. Innavation. New methods. 
Bugungi tahlilga tortilgan mavzuyimiz aynan sarlavhada keltirilganidek marketing 
sohasiga oid baʼzi terminlardir. Fandagi har qanday rivojlanish, taraqqiyot ilmiy terminlarning 
yuzaga chiqishi yoki oydinlashishidan darak beradi. [Dadaboyev, 2019;4] Biz bilamizki, 
marketing bugungi kunda juda ham faol sohalardan biri hisoblanadi. Marketing – bozor holatini 
har tomonlama oʻrganish va oldindan baholash asosida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni 
tashkil etish hamda shu tariqa yaxshi foyda topishni uyushtirish. [Mamanazarov,2012;238]. 
Marketingning oʻzi deyarli barcha sohanining tarkibiy qismiga aylandi. Marketing inglizcha 
market – bozor soʻzidan olingan “ing” tashkil qilish, shakllantirish degan maʼnolarni beradi. 
Bundan kelib chiqadiki, marketing sotishni tashkillashtirish, joyi va vaqtidan qattiy nazar 
bozorni tashkillashtirish degan maʼnolarni beradi. Marketing bu –jarayon nomi, narsa yoki 
buyumning nomi emas. Misol uchun: bank–aniq bir tashkilotning nomi boʻlib, hisoblanadigan 
faoliyat turlari majmuasini amalga oshiradigan yuridik shaxs. Marketingda esa savdo bozorini 
tashkil qilishda ijodkorlik, strategiya, reklama, tarmoq internet, motivatsiya, sezgirlik, gʻoya va 
yana shu kabi koʻplab jarayonlar kerak boʻladi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, 
marketing sohasidagi terminlarning deyarli 90 foizi jarayon nomlaridir. Marketing tushunchasi 
tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida АQSh da ilk bor qoʻllanilgan. 
Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajasida toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida 
monopoliyalar hukuronligi xalqaro bozorda keskin raqobatni vujudga keltirdi, bu esa pirovardida 
mahsulotni 
sotish 
muammosini 
obyektiv 
tarzda 
birinchi 
oʻringga 
chiqardi. 
[Mamanazarov,2012;239]. Demak marketing bu-mahsulotni toʻgʻridan–toʻgʻri sotish emas, balki 
boshqa tadbirli usullar bilan sotishni amalga oshirish ekan. 
“Market” - bozor boʻlsa, –“ing” qoʻshimchasi “to be” feli bilan kelsa davomiylikni 
bildiradi, “ing” ning oʻzi kelsa otlashgan Fe’l boʻlib, harakat nomini bildiradi. Аynan shu 
qoʻshimchani oʻz holicha tarjima qiladigan boʻlsak bu –“la” qoʻshimchasi bilan beriladi, –“ma” 
qoʻshimchasi esa oʻzbek tilida feʼldan ot yasaydi, yaʼni shu feʼl bilan amalga oshirishni 
anglatadi. Bozor-la-ma soʻzi marketing soʻzini toʻliq almashtira oladi. Bozor aslida forscha soʻz 
boʻlsada, unga oʻzbekcha –la, –ma qoʻshimchalari qoʻshilib “bozorlama” soʻzini tashkil etsa 
boʻladi. Bozor–la – yaʼni “la” qoʻshimchasi oʻzbek tilida otlarga qoʻshilib feʼl yasaganda, 
yasashga asos qismidan anglashilgan narsa predmet bilan maʼnolarni bildiradi: oʻgʻit-la, moy-la. 
Yana bir xolatda esa yasashga asos qismidan anglashilgan narsani yuzaga keltirish maʼnosini 
ham beradi: urugʻ-la, bola-la. [Xojiyev, 2007; 38]. Biz aynan bozor-la shaklini olamiz, “bozorni 
oʻrgan” maʼnosida. -ma– qoʻshimchasi bilan qoʻllanganda “bozorni tashkil et” maʼnolarida 
qoʻllaniladi. Bozorlama deyish marketing soʻzini toʻliq almashtira oladi. Turk tili izohli lugʻatida 
marketing terminini aynan “pazarlama” shaklida qabul qilgan va isteʼmoldagi shakli ham aynan 
“pazarlama” deyiladi.
Bugungi kunda “market” degan yozuvni har qadamda uchratamiz. Doʻkonlar peshtoqiga 
“market” deb yozish urf boʻlgan. Toʻgʻri bugungi kundagi bu hodisalar tilimizga boʻlayotgan 
taʼsirlarning namoyishi. Oʻtgan asr oxirlarida “market” degan termin oʻrnida “doʻkon” termini 
qoʻllanilar edi. Chunki oʻsha paytlarda oʻzbek tiliga rus tilining taʼsiri katta boʻlgan. Yusuf Xos 
Hojibning “Qutadgʻu bilig” asarida “kichik doʻkoncha” maʼnosini beruvchi 
“kebit
”[Yusuf Xos 
Hojib, 1990.52]. termini qoʻllangan. Bugun biz ingliz tilidan oʻzlashgan Minimarket, 
Supermarket, Gipermarket terminlarini qoʻllayapmiz. “Minimarket” kichik bozor, “supermarket” 
aʼlo darajadagi bozor, “gipermarket” esa ulkan bozor maʼnolarida tushuniladi va qoʻllaniladi. 


210 
Chunki barchamizga maʼlumki bugungi kunda ingliz tili rivojlangan mamlakatlarning munosabat 
tiliga aylangan. 
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2020-yil “Ilm maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish” yili deb nomlandi. Bu harakat respublikamizda iqtisodiyotning va taʼlim 
tarbiyaning jahon andozalariga mos ravishda rivojlanishiga va yangidan yangi innovatsiyalarni 
qoʻllash imkonini berdi. Insonlarning tadbirkorligi oʻsdi. Bu tadbirkorlik deganda faqatgina 
iqtisod nazarda tutilgani toʻgʻri emas. Tadbirkorlik bu juda keng maʼnodagi tushunchadir. Har 
bir ishni tadbir bilan qilish bugungi kunning talabidir. Butun dunyoni qamrab olgan ulkan 
pandemiya inson omilida ham, iqtisodiyotda ham, ilm fanda ham, doimiy yoʻnalishlardan 
butunlay yangicha usullarga oʻtishga sabab boʻldi.
Insoniyat maorifni, taʼlim tarbiyani, ilmni zamon talabiga mos tadbirli strategiyalar bilan, 
axborot texnologiyalar asosida amalga oshirishga oʻrgandilar va oʻrganmoqdalar.
Savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan shugʻillanadigan tadbirkor insonlar bir-biri bilan 
ijobiy maʼnoda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarni eksport ham 
qilmoqda, chet eldan impotr mahsulotlarni ham olib kirmoqdalar. Bugungi kunda mahsulot va 
tovarlarning eng yaxshisiga nisbatan 
“BREND”
mahsulot degan termin qoʻllanmoqdamiz. 
Brend maxsulot, brend tovar, brend mol. Аslida esa ingliz tilidan olingan, soddalashtirilgan va 
tor maʼnoda talqin qilingan ushbu termin muayyan mahsulotning xususiy nomini uning 
yaratuvchi ijodkori va egalik qiluvchi sohibi tomonidan berilgan individual xarakteristkasi va 
vizual identifikatsiyasi bilan birgalikda anglatadi. [Mamanazarov,2012;90]. Bu taʼrifdan kelib 
chiqadiki (mahsulotning faqatgina eng yaxshisiga emas) har qanday ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot demak “brend” hisoblanar ekan. Chunki har qanday mahsulotning ishlab chiqruvchi 
tamonidan belgilangan oʻz belgisi, nomi bor. Turkiy til tarixida aynan shu maʼnoda “tamgʻa” 
leksikasi qoʻllangan. 
Tamgʻa
–“ajratish, kimga tegishli ekanligini qoʻrsatish uchun 
qoʻllaniladigan belgi”. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli “bogʻla–
”, “yopishtir–” maʼnosini anglatgan taq– feʼlidan –ma qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish