Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Sh.Mirziyoyev PF-5850 Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan 
oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. - B-1.
 
2. Baskakov N.A. Tyurkskiye yaziki. -M. 1960,b:28. 
3. Borovkov B.A. Leksika sredneazziatskogo tefsira. XII-XIIIv.v.-M.,1962,-B-10. 
4. Madayev Omonulla. Navoiy suhbatlari. -T., 2018, -B-226. 
5. Navoiy Alisher.Muhokamat ul-lugʻotayn. Mukammal asarlar toʻplami,16-tom. -T.:Fan. 
-B.8. 


192 
6. Sirojiddinov Sh. A.Navoiy dahosi // Oltin bitiklar,№1, -T.,2018,-B-5. 
7. Qayumov A. Muhokamat ul-lugʻatayn, 3-jild. - T.: Mumtoz soʻz, 2009, -B-368. 
8. Qoshgʻariy Mahmud, Devonu lugʻatit turk, 1-tom. – T.: Fan, 1963, -B-44. 
“Qutadgʻu bilig”dagi nodir turkiy soʻzlar 
Rare turkish words in “Kutadgu bilig” 
Xolmuradova Mushtariy Faxrutdin qizi

 
 
 
Annotation:
 This article summarizes the Turkish words used in the “Kutadgu bilig”. In 
this article was analyzed lexical-semantic features Turkish words and their relation present. In 
modern uzbek and foreign language there is a discussion.
Key words:
Turkish words, lexical-semantic features, uzbek literary language, lacuna, 
relation, poem. 
 
“Qutadgʻu bilig” turkiy tilda bitilgan ilk badiiy doston. Asar matnidagi turkiy soʻzlarning 
ma’lum bir qismi hozirgi oʻzbek adabiy tilida qoʻllanilmaydi. Bu esa adabiy tilda ma’lum bir 
lakunalarni yuzaga keltiradi. Lakuna (fran. Lacune-boʻshliq, chuqurlik). Muloqot jarayonida 
muayyan madaniyatning boshqa madaniyat vakili tomonidan toʻliq yoki qisman 
anglashilmaydigan oʻziga xos milliy unsuri [Zokirov, 2016:11]. Ya’ni tushuncha mavjud, lekin 
uni ifodalaydigan soʻz yoʻq. Mana shunday boʻshliqlarni yuzaga keltirmaslik uchun esa, har bir 
til oʻz ichki imkoniyatlari, oʻz qatlam leksikasidan foydalanishi kerak. 
“Qutadgʻu bilig” matnida shunday nodir turkiy soʻzlar mavjudki, ular ifodalaydigan 
tushunchalar bilan oʻzaro bogʻliq. 
Asar matnida keltirilgan 
tamγa
soʻzi diplomatik aloqalarda faol qoʻllangan. Mahmud 
Koshgʻariy lugʻatida ikki xil ma’nodagi, ya'ni omonimik munosabatdagi 
tamγa
soʻzi 
izohlangan: I. Shoh va boshqalarning tamgʻasi, muhri; II. Dengiz, koʻl va vodiylarga quyiladigan 
suvning bir tarmogʻi. Daryoda qayiq toʻxtaydigan joy ham 
tamgʻa
deyiladi (DLT, I, 1963: 400). 
“Qutadgʻu bilig”da 
tamγa
soʻzi bilan bogʻliq tamγačï termini ham keltirilgan. 
Tamγačï
alohida saroy lavozimlaridan biri boʻlib, “tamgʻani qoʻriqlovchi shaxs” ma’nosini 
anglatadi: 
köni bolsa qïlqï bolur tamγačï
(DTS,1969: 530). Eski oʻzbek adabiy tilida bu soʻzning 
oʻrnini 
muhrdor
termini egallaydi. 
Tamγa
turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim 
oʻrin tutadi.
 Tamγa
nafaqat davlat belgisi, balki ijtimoiy turmush tarzi bilan bogʻliq muhim belgi 
sifatida ham ahamiyatga ega boʻlgan. Chorvachilik bilan shugʻullangan turkiy xalq vakillari 
hayvonlarni maxsus tamgʻalar (uy-roʻzgʻor buyumlari, hayvonlar) shakli bilan muhrlashgan. Bu 
tamgʻalar urugʻ-qabila nomlari sifatida qoʻllanib, etnonimlarga aylangan: 
choʻmichli, tamgʻali, 
qursoqli. 
Bu ma’lumotlar qadimdan turkiy xalqlarda devon xizmati faoliyat yuritganidan darak 
beradi. Keyinchalik bojxona roʻyxatidan oʻtgan ashyolar ham tamgʻachilar tomonidan 
muhrlangan hamda boshqa tillarida saqlanib qolgan bojxona ma’nosini bildiruvchi “таможня” 
soʻzi shakllangan.
Öktam 
soʻzi semantikasida oʻzaro zid ma’noni kuzatish mumkin. Öktam“Qutadgʻu 
bilig”da“kibor, kibrli, yaramas, maqtanchoq” ma’nolarida qoʻllangan:
Kötürmä, bayïtmä ẹsiɀ ögtämig, 
 Aχïr qïlγa šaksiz seŋä ot emig. 
Yaramas, maqtanchoq (kishilar)ni koʻtarma, boyitma,
(U) oxiri shaksiz senga dori-darmon qiladi [ya'ni boshingga yetadi] (QBN, 1972: 5405).
 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi, PhD; 
xolmurodova@navoiy-uni.uz 


193 
“Qadimgi turkiy lugʻat”da ham shu ma’noda qayd etilgan (DTS,1959: 381).Bugungi kunda 
öktam 
soʻzi
ijobiy sema kasb etgan boʻlib, “boshqalarga oʻz ta’sirini, soʻzini oʻtkazadigan; 
shijoatli, oʻtkir” ma’nolarini ifodalaydi (OʻTIL, V, 146). Fe’l-atvorni bildiradigan bu soʻz 
aksariyat oʻrinlarda tashqi koʻrinish, gavda tuzilishini ifodalashda 
chiroyli, koʻrkam
sifatlariga 
sinonim tarzda qoʻllanadi. Bunday zidlikning yuzaga kelishi, soʻz semantikasida zid 
ma’nolarning hosil boʻlishi 
enantiosemiya
deb yuritiladi. Soʻz semantikasi bilan bogʻliq 
boʻlganenantiosemiya hodisasi, ya'ni bir leksema semantikasida qarama-qarshi semalarning 
mavjudligi soʻzning qoʻllanish doirasi, semalar taraqqiyoti bilan belgilanadi. Enantiosemiya 
(yun. enantios - “qarama qarshi” + sema -belgi) bir soʻzning semantik tuzilishida zid 
ma’nolarning taraqqiy etishi, antonimik ma’nolarning yuzaga kelishidir [Hojiyev, 2002:134]. 
F.Abdujabborova öktam soʻzining shakllanish tadrijini shunday koʻrsatadi: ög ˃ ögdäm
˃ögtäm˃ öktäm. 
“Pok, toza” ma’nosini anglatgan
 arïγ
soʻzi “pok, toza” ma’nosini anglatgan ar sifatidan –
ï qoʻshimchasi bilan yasalgan (OʻTEL, I, 31). “Tozalamoq, poklanmoq” ma’nosidagi 
arï=
Fe’liga 
–γ
qoʻshimchasini qoʻshish orqali arïγ oti yasalgan. Bu soʻz ilk bor “oliyjanob, saxiy” 
ma’nosida “Toʻnyuquq” bitiktoshida qoʻllangan (DTS,1969: 52). “Qutadgʻu bilig”da soflik 
ma’nosida kelgan:
Közi toq keräk keδ yemä köŋli bay,
Arïγlïq keräk häm yüzi körki ay.
Juda koʻzi toʻq, yana koʻngli boy (boʻlishi) kerak,
Soflik darkor ham yuz chiroyi oy (dek boʻlishi) kerak (QBN, 1972: 2803). 
Muloyim, yumshoq tabiatli kishilarga nisbatan qoʻllangan 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish