Tili va adabiyoti universiteti


Quyida tarixiy kasb-hunar otlarini koʻrib chiqamiz



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

.
Quyida tarixiy kasb-hunar otlarini koʻrib chiqamiz.
 
Alamkash
soʻzi eski oʻzbek adabiy tilida 
bayroqdor, bayroq koʻtaruvchi
ma`nolarini 
anglatgan: 
Gar oʻlsa falak sori alamkash, 
 
Bor erdi koʻziga toʻtiyovash. 
[Alisher Navoiy, 1965:89] 
 
Diramsanj
– pul oʻlchovchi. 
Kosib kunji kafi zar olgʻinchi erur, 
 
Ikki qoʻli mezoni diramsanji erur. 
[AlisherNavoiy, 1967:23] 
 
Jallod
– jon oluvchi, oʻlim hukmining ijrochisi. 
Maqsudi ani sayyod qilmoq va oʻziga jonligʻlar qasdigʻa jallod qilmoq, 
[Alisher Navoiy, 1966: 57] 
 
Kanizak 
– yosh choʻri ayol. 

shodurvonida necha ming sohibjamol kanizak erdikim, alardin necha yuz mugʻanniya 
aedilar.
[AlisherNavoiy, 1967:522] 
 
Shigʻovul
– xudaychi (podshoh saroyida tantana marosimlarini boshqarib va nazorat qilib 
turgan katta amaldor). 
Yana bir “vov” va “lom” ba`zi lafzga ilhoq qilib bir maxsus sifatqa ta`yin qilurki, 
salotinning xoh ramz asbobi uchun va xoh bazm jihoti uchun mu` tabardur. Andoqki, hirovul… 
shigʻovul va daqavulkim, alar mundin ulviydurlar.
[Alisher Navoiy, 2000:23] 
 
Eski oʻzbek tilida 
bakovul
(xon dasturxonchisi yoki bosh oshpaz), 
soʻzovul
(qochoq 
askarlarni oʻz toʻdasiga qaytaruvchi amaldor), 
tamogʻchi
(tamgʻa bosuvchi, boj oluvchi 
amaldor), 
tunqotar
(tungi qorovul, amal nomi), 
chovush
(xudoychi, eshik ogʻasi), 
eshikogʻasi
(darvoza soqchisi), 
yasovul
(intizom saqlovchilik amali), 
ayogʻchi // ayoqchi
(soqiy, may 
quyuvchi), 
bitikchi
(xat yozuvchi, kotib), 
bovurchi
(oshpaz), 
borschi
(yoʻlbars oʻynatuvchi), 
olgʻinchi
(toʻplovchi), 
oʻzanlar
(cholgʻu chalib, yalla, ashula qiluvchi shaxslar), 
oʻtmakchi
(novvoy) kabi unvon, mansab nomlarini bildiruvchi quyidagi kasb-hunar nomlari ham bugungi 
kunga kelib tarixiy soʻzga aylandi. 
Arxaik va tarixiy soʻzlar, qoʻshimchalar badiiy va ommaviy uslublarni hosil qiladi. 
Tarixiy kasb-hunar nomlarini tarixiy davrni tasvirlash uchun, uslubiy ma`noda esa asar 
qahramonini ta`riflash, uning eskilikka moyilligini koʻrsatish masadida qoʻllanadi.
Alisher Navoiy asarlaridagi kasb-hunar nomlarining salmoqli qismi me`morchilikka 
oid:
banno, boniy, doygar, me`mor, naqshpayvand, naqshsoz, naqqosh, navkash, rozaliq,
sabbogʻ, sangtarosh, binokor
kabi. 
Banno
– usta, binokor, me`mor: 
Har kun ul ish ki qilsa bannosi, 
Shah kelib aylagay yamoshosi.
[Alisher Navoiy, 1958:8] 
 
Boni // Boniy
– binokor, quruvchi, imorat yasovchi: 
Boʻlub me`mori qudrat anda boni
Suvdin qilmay xarob andoq binoni. 
[Alisher Navoiy, 1966: 97] 
 
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida 
banno, boniy 
kasb-hunar nomlari eskirib, iste`moldan chiqib 
ketgan. 
Doygar
soʻzi eski oʻzbek adabiy tilida
paxsakash, loydevor ustasi
degan ma`nonlarni 
anglatgan: 
Boʻlub har doygar gardungʻa payvast, 
Qolib bel urugʻuchi bolchigʻ aro past. 
[Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati, 
1983, I: 498]
 


201 
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida 
doygar
eskirgan arxaik kasb-hunar nomidir. Uning oʻrnida 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish