Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Kalit soʻzlar: drama, obraz, monolog, dialog, xarakter. 

 

Annotation.  The  article  is  about  the  genre  of  drama.  The  author's  views  and 

comments on the genre of drama are reflected. ErkinAzamov's drama "Lonely Boat" is taken 

as an object. This image is about the image and interpretation.The character and feelings of 

the  protagonists  in  the  drama  are  analyzed.  The  image  of  the  protagonist  Aral  Bobo  is 

described. Concepts related to the characteristics of the drama are revealed.

 

Keywords: drama, image, monologue, dialogue, character. 

 

 



Adabiyot  inson  ijtimoiy  va  intim  hayotining  eng  yaxshi  va  goʻzal  tasvir 

etuvchisidir.  Dramaturgiya,  xususan,  drama  jamiyat  va  shaxs  munosabatlariga 

eng jadal javob qaytaruvchi janr. Nasrning asosida voqea, lirik asarlarning asosini 

his-tuygʻu  tashkil  qiladi.  Drama  esa  har  ikkisini  ham  oʻzida  mujassam  etishi 

kerakki, oʻquvchi bir vaqtning oʻzida ham his etsin, ham fikrlasin, ham voqealarga 

guvoh  boʻlsin.  Drama  ana  shunday  jonli  boʻlishi  lozim.  Zero,  bu  koʻproq 

ta’sirlantira  oladigan,  yorqin  tasavvuruygʻotaolad,  ta’sirvatasavvurdoirasi  keng 

boʻlgan janrdir. 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

310 


Drama  adabiyotning  boshqa  turlaridan  syujetliligi,  harakatlarning 

ziddiyatga  asoslanishi,  personajlar  munosabatlarining  oʻzaro  soʻzlashuvga 

asoslanganligi, bayonning yoʻqligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy muammolarni aks 

ettiruvchi  dramatik  ziddiyatlar  qahramonlarning  hatti-harakatlarida,  avvalo, 

dialog va monologlarda ifodalanadi. 

Oʻzbekdramatugiyas  itarixida  mustaqillik  davrialohida  bosqich  sanaladi. 

Bu davr oʻzbek dramalarida oʻzbekona tumushningeng muhim qirralariga, milliy 

qadriyatlar  vaurf-odatlar  talqiiga  aloha  dadiqqat  qaratiladi.  Mustaqil 

mamlakatlrning  harbirongli  odami  oʻzligini  oʻzoʻtmishini,  dunyoilm-fani 

madaniyati, adabiyoti va san’atiga beqiyoshissa qoʻshgan ajdodlariningukanmu 

tafakkir 

shxslr 


boʻlganini 

juda 


terananglashilozim. 

Insonga 


milliyoʻzliknianglatishda  dramatic  asarlar  soʻzsan’atining  boshqajanrlariga 

qaraganda  kuchliroqta’si  roʻtkazadi.  Sahnadagi  qahramonlarning  soʻzlaridan 

ta’sirlanadi.  Harqanday  badiiyasarda  insonlarning  ma’naviy  kamoloti 

yokitubanlashuvining obrazli tasviri muhimsanaladi. Jumladan, mustaqillik davri 

oʻzbek  dramalaridaham  zamon  kishilariyokitarixiy  shaxslarning  odilligi, 

haqgoʻyligi,  xolisligi,  olimligi,  sadoqati,  mardligihamishashu  insoniy 

fazilatlarningzidi  boʻlgan  axloqiy-ma’naviy  tushunchalar  bilanyonma-yon 

muhokama  qilinadi.  Tabiiyki,  bunday  murakkabva  ziddiyatli  hayotgirdobiga 

tushgan  qahramonlar  orasidanhar  doimyuksakinsoniy  kamolot  darajasiga 

koʻtarilgan chin ma’nodagi yuragibutun shaxslar gʻolib boʻlishadi. 

Oʻzbekdramaturgiyasiasoschilariningboshida Behbudiy, Hamza, A.Qodiriy 

turadilar. Behbudiyning “Padarkush”, A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Hamzaning 

“Zaharli hayot” asarlari oʻzbek adabiyotining ilk namunalaridir. A. Avloniy, Fitrat, 

Choʻlpon, U. Nosir, Gʻ. Gʻulom, A. Qahhor, H. Gʻulom, Shayxzoda, Sh. Boshbekov, O. 

Yoqubov,  A.Suyun,  Ibrohim  Rahim,  Izzat  Sulton,  Oʻlmas  Umarbekov,  Omon 

Matjon, Omon Muxtor, Qoʻchqor Norqobil, Said Ahmad, Shuhrat Rizayev, Uchqun 

Nazarov, E. A’zam, U.Azimlar ijodida dramatik asarlar mavjud.  

Bugungi  kunda  dramaturgiya  sohasi  adabiyotning  dolzarb  va  biroz 

muhokamali mavzusi boʻlsa-da, bu janrda ham yaxshi asarlar yaratilmoqda. Erkin 



 

311 


a’zamovning  “Tanho  qayiq”  deb  nomlangan  dramasini  misol  qilib  keltirish 

mumkin. Davrimizning ogʻriqli muammolaridan biri boʻlmish Orol mavzusi asar 

markaziga olingan. Hajman kichik, ikki qismli, jami toʻqqizta obraz qatnashgan 

ushbu  sahna  asarida  nafaqat  davrimiz  ekologik  muammosi,  balki  katta  bir 

ma’naviyatga dahldor masalalar qalamga olingan. Bir vaqtlar qayiq va kemalarga 

bagʻrini  bergan  orolning  qurib  bitishi,  butun  hayoti  va  borligʻini  orol  bilan 

bogʻlagan  qayiqsoz  usta  Orol  boboning  iztirob  va  armonlari,  cholning  butun 

umrlik  armonini  lahzalik  boʻlsa-da,  ushalishini  xohlab  tadbir  oʻylab  topgan 

shogirdlari-yu, qalbi pok keksa qayiqsozni telbaga chiqargan, insoniylikdan ancha 

yiroqlab ketgan farzandlarining tuban qilmishlari aks ettirilgan ushbu dramada 

yana boshqa bir ramziy ma’no borki, Bosh qahramon Orol bobo umrining oxirgi 

daqiqalarigacha  orolga  suv  qachondir  qaytishiga,  qachondir  dengiz  yana  toʻlib 

kelishiga va u yasagan qayiqlar butun orol boʻylab yana suzib yurishiga ishonib 

yashaydi. Qayiqlar yasashdan, bu ishni ovulning uch-toʻrtta boʻz bolalari boʻlmish 

shogirdlariga  oʻrgatishdan  charchamaydi.  Boshqalar,  hatto  farzandlari  ham 

telbaga chiqargan bu sodda va halol, tanti va begʻubor chol, uning intiq orzusi 

boʻlmish  orol  obrazi  bugungi  kunda  yoʻqolib  borayotgan  va  odamlar  orasida 

ancha tanqisga aylanayotgan insoniylik fazilatlari, odamgarchilik sifatlari ramzi 

hamdir.  Cholning  orzularini  xomhayol,  hatti-  harakatlarini telbanamo vasvasa 

deb baholagan farzandalari va atrofidagi tashqaridan tuppa-tuzuk odam boʻlsa-

da, ichi boʻm-boʻsh va zanglagan togʻora kabi kimsalar, masalan, shogirdlaridan 

Ametning  otasi  Oʻtagan  maxsum  (  Orol  bobo  tili  bilan  aytganda,  har  yili  hajga 

borib yana gunoh qilaveradigan) xarakteri va bosh qahramon oʻrtasidagi konflikt, 

bu  orqali  esa  jamiyatdagi  nuqsonlar  qahramonlar  oʻrtasidagi  dialoglar  orqali 

ochib berilgan.  

Butun  umrini  orol  bian  bogʻlagan,  uning  qachonlardir  yana  toʻlib  va 

mavjlanib  oqishiga  umid  qilgan  keksa  qayiqsoz  Orol  bobo  hayotining  soʻngi 

damlaridagi ogʻriqli kunlari, armonli oʻylari oʻquvchini ham ta’sirlantiradi, ogʻir 

xayollaga  toldiradi.  Ayniqsa,  mana  shu  mas’um  va  nuroniy,  sodda  va  tanti 

cholning  qalbidagi  kechinmalari-yu,  orzu-armonlari  bilan  bogʻliq  xayollarini 




 

312 


telbalikka  yoʻygan,  uni  ruhiy  xastaga  chiqargan,  aslida,  oʻzida  ulkan  ma’naviy 

nuqson  boʻlgan,  oʻz  otalariga  farzandlik  burchi  uchun  emas,  faqat  oʻz  obroʻsini 

saqlab  qolish  uchungina,  xoʻjakoʻrsin  uchun  gʻamxoʻrlik  qilmoqchi  boʻlgan 

bolalari: Gulxadicha va Qalimbet obrazlari bilan ham jamiyatdagi ba’zi kishilarga 

koʻzgu tutgan yozuvchi.  

Asrdagi  orol  boboning  shogirdlari-mahalladagi  oʻspirin  bolalar: 

Genjamurod,  Amet,  Jumaboy  orol  cholni  –oʻz  ustozlarini  samimiy  yaxshi 

koʻrishadi.  Uning  dardlarini  tushunishadi.  Cholni  bir  marta  boʻlsa-da  orzusini 

ushaltirishga  harakat  qilishadi.  Hiyla  oʻylab  topishadi.  Qizi  olib  ketgan  ruhiy 

xastaliklar shifoxonasidan qochib kelgan chol ertasi kuni sahar paytida orolning 

“toʻlib  oqqani”ni  koʻradi  va  bu  quvonchni  yuragi  koʻtarolmaydi.  Oʻlimi  oldidan 

shogirdlariga  vasiyat  qilib“  Bu  dunyodan  sizlarning  baringizdan  rozi  boʻlib 

ketyapman,  qaroqlarim,  yigʻlamanglar…  sizlar  bor  ekansiz  bobongiz  oʻlmaydi, 

sizlar bor ekansiz Orol oʻlmaydi, orolimiz tirik… To abad bor boʻlgay, omin..”deya 

duo qiladi. 

Asarda  Orol  va  Orol  bobo  hamda  uning  nabira  shogirdlari  boʻlmish 

begʻubor oʻsmirlar ramziy ma’no ham tashimoqda, bizningcha. Orol bu insonlar 

orasida yoʻqolib borayotgan ezgulik, azaliy insoniy qadriyatlar timsoli. Orol bobo 

unga intilib yashagan, kelajak avloddan uni kutgan inson obrazidir. 

“Tanho qayiq” dramasida muallif deyarli birorta obrazga tavsif bermaydi. 

Qahramonlar xarakteri va fe’l-atvori ularning oʻzaro dialoglari hamda monologlar 

orqali ochib boriladi. Ayniqsa orol bobo farzandlarining otasi ziyoratiga kelishi va 

buning  sabablari  ularning  insoniy  qiyofasini  oʻquvchi  yoxud  tomoshabin  koʻz 

oldida yaqqol namoyish etadi. Buni bir nechta misollarda koʻrish mumkin. Otasini 

odamlarning  gap-soʻzlari  va  mansabiga  dogʻ  tushmasligi  uchun  shaharga  olib 

ketgani  kelganda  ota-bola  oʻrtasidagi  suhbatda  qahramonimizning  yuragidagi 

dard-u hasratlari toʻkiladi: 

“…. Orol bobo (hasratomuz).Choʻl-u yobon deysan…Onan mana shu yerda 

yotibdi,  bobo-momolaring  shu  yerda…  Ularni  tashlab  men  qayoqqa  boraman, 



 

313 


oʻgʻlim, oʻylab gapiryapsanmi? Onangni mozorini ziyorat qilmagan kunim dunyo 

koʻzimga qorongʻu… Bu yoqda qayiqlarim. Orol… 

Qalimbet. Eskia shula! Orol, orol! Oʻzingiz bilasizku, ota, u endi hech qachon 

oʻzaniga qaytmaydi, toʻlmaydi… qayiqlaringiz ham birovga keraksiz... 

Orol  bobo  (shasht  bilan  bosh  koʻtarrib,  joʻshib)  Nima?!  Qaytmaydi, 

toʻlmaydi… Siz qayoqdan bilibsiz, Xudomisiz?! Ha, toʻlmaydi. Toʻldirolmaysan uni. 

Hech biring! Oliming-uulamong ham boshqang ham! Baring foydani koʻzlaysan! 

Orol gʻirrom emas, senlar gʻirrom, ha! Xudo senlarga insof bergan kuni u oʻz-oʻzida 

suvga toʻlad! Xudoyim toʻldiradi uni, bilib qoʻy! (ogʻir xoʻrsinib) Oʻsha kunni koʻrib 

oʻlsam, armonim qolmasdi… 

Mana  shu  dialogda  qahramonimiz  beozor  va  bagʻrikeng  Orol  boboning 

hasrat va armoni, insoniylikni unutganlarga boʻlgan isyonli tuygʻulari aks etadi. 

Aslida  dramatik  asarda  muallif  mahorati  shunda  namoyon  boʻladiki, 

dialoglar  va  voqealar  shunday  izchil  va  mantiq  ipida  tizilgan  boʻlishi  kerakki, 

asarning  asl  mohiyati  va  mazmuni  qahramonning  nutqida  va  kechinmalarida 

koʻrinishi kerak. 

Biz  koʻrib  chiqayotganimiz  “Tanho  qayiq”  dramasida  ham  muallifning 

falsafiy  qarashlari,  ayrim  hayotiy  mavzulrdagi  oʻy-fikrlari  kezi  kelgan 

oʻrinlarda  qahramonlar  tilidan  aytib  oʻtiladi.  Orol  bobo  oʻgʻli  Qalimbetga  bir 

oʻrinda shunday deydi: 

“… Qulogʻinga quyib olgin, bola: chinakam gʻayrat bila, toza koʻngil bilan 

qilingan ish hech qachon orqaga ketmaydi-duosi ‘zi bilan boʻladi uning! 

Ishlatilgan  biror  rivoyat  yoxud  hikoyat  boʻladimi,  badiiy  asarning 

mazmuniy toʻqligiga ta’sir etadi. Tasvirning ifodalilik koʻlamini oshiradi. Ushbu 

asarda  ham  qayiqsoz  chol  tilidan  nabira  shogirdlariga  aytilgan  bir  rivoyat 

keltiriladi. 

Orol bobo (rivoyatga kirishib) Pirning qirq muridi boʻlgan ekan. Sizlarga 

oʻxshagan shogirdi. Qirq yil ichida kamaya-kamaya, oxiri shulardan bittaginasi 

qolibdi.  Ameting  misoli  birin-sirin  tashlagan  ketganda.  Pir  oʻsha  qolgan 

murididan soʻrabdi: 




 

314 


“Bularing nega bunday qildi ekan?” Murid chaynala-chaynala aytibdi:” 

Ular  sizning  ta’limingiz  bilan  Mangu  kitobni  oʻqiydigan  maqomga  yetdi.  U 

kitobda  esa…”  “Gapir-gapir”,  deb  qistabdi  pir.  “  U  kitob  sizni  doʻzaxiy  deb 

yozgan ekan, ustoz…” “Bilaman, -debdi pir- Haqrost, shunday yozilgan. Ammo 

men  jannatdan  ham  ulugʻrogʻini  koʻzlaganman-da…  Ularku  Jannat  ilinjida 

ketibdi,  xoʻsh,  sen  nega  qolding?”  “Chunki  bu  kitobni  oʻqoshni  sizdan 

oʻrganganman-da  pirim”,  debdi  murid.  Qarang  qanday  oqibatli  ekan-a, 

shogirdi!... 

Chol va uning shogrdlari oʻrtasidagi dialogda keltirilgan ushbu qisqagina 

rivoyat ham asar mazmunini qaysidir ma’noda yoritishda xizmat qilgan. 

Umuman olganda, drama mavzusi va mazmuni oʻquvchini oʻyga soladi, 

mushohadaga  chorlaydi,  shuningdek,  ma’naviy  ozuqaberadi.  Mavzuva  gʻoya, 

shakl  va  mazmun  uy’unligi  yozuvchi  mahoratini  namoyon  etadi.  Aslida  bu 

asrning oʻzi nafaqat quib bitgan dengiz, balki quruqlashib borayotgan qalblar, 

sayozlashib  borayotgan  ma’naviyat,  yoʻqolib  borayotgan  vijdon  va 

toptalayotgan odamiylik haqidadir desak ham boʻladi… 

 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish