Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Kalit soʻzlar: janr, munozara, oʻzbek adabiyoti, badiiy vazifa.  

 

Annotation. This article provides information on the history of the debate genre, its 

scope in foreign and Uzbek literature. Samples written in the discussion genre are analyzed. 

The artistic function of the genre in Uzbek literature is considered. 

Keywords: genre, discussion, Uzbek literature, artistic task. 

 

 



Oʻzbek adabiyotida turkiy xalqlar og‘zaki ijodining koʻplab janrlari kabi 

munozara janrining kelib chiqishi, badiiy adabiyotdagi vazifasi masalalari uzoq 

tarixga  borib  taqaladi.  Munozara  arabcha  «tortishuv»,  «fikr  olishuv» 

ma'nolarini  bildiradi.  Adabiy  termin  sifatida  esa  fors-tojik va oʻzbek  klassik 

she'riyatida  keng  tarqalgan  janr,  fikrlar  kurashi  shaklida  yozilgan  badiiy 

asardir.  Janrning  badiiy  adabiyotdagi  vazifasi  oʻziga  xos.  Munozarada  turli 

narsa, hodisa, tushuncha, holat ziddiyatga kirishadi. Obrazlar koʻpincha ramziy 

mohiyat kasb etib, munozara qiladilar.  

Munozara  dunyo  xalqlarining  aksariyatida  azaldan  mavjud  boʻlib, 

ma’lum bir xalqning inonch-e’tiqodlari zaminida shakllangan.  Munozaraning 

soʻz orqali ifodalash (verbal) xususiyati ana shu inonch-e’tiqodlar, qolaversa, 

marosimlar, udumlar zaminida shakllangan. Evropa xalqlari tarixida “Oʻlimni 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

306 


haydash”  va  “Yozni  chaqirish”  marosimi  haqida  mashhur  ingliz  etnografi 

J.Frezer tomonidan koʻplab ma’lumotlar keltirilgan. Bu ma’lumotlar XVI-XVIII 

asrlarga tegishli. “Oʻlimni haydash” marosimi yozni, bahorni, umuman, hayotni 

qaytarishga da’vat qiladi. “chaqirish” marosimi ham, xuddi “Oʻlimni haydash” 

marosimi singari, sahna koʻrinishlaridan iborat. Umuman, bu marosimlarning 

maqsadi – har doim yoz, ya’ni sog‘lom hayot doimo insoniyatga hamroh boʻlish 

istagini uyg‘otishdan iboratdir.  

 J.Frezer “Oʻlimni haydash” va “Yozni chaqirish” marosimidan soʻng, Yoz 

va Qish oʻrtasidagi kurash sahnasini yoritadi. U ayrim g‘arb mamlakatlarida, 

xususan,  Shvetsiyada  Yoz  va  Qish  oʻrtasidagi  kurashga  bag‘ishlangan  xalq 

oʻyinlarini keltiradi. Bu oʻyinda albatta Yoz g‘olib keladi. 

Oʻzbek  adabiyotida  bu  janrning  ildizlarini  turkiy  xalqlar  miflarida 

koʻramiz. Turkiy qavmlarning paydo boʻlishiga oid mifda aytilishicha, Yoz qizi 

bilan  Qish  qizi  oʻrtasida,  kim  qudratli  degan  bahs  boʻlib,  ikkovi  bellashadi. 

Musobaqada Yoz qizi g‘alaba qiladi. 

Munozara  janrining  asosiy  belgilaridan  biri  –  bahsga kirishgan 

tomonlardan  biri  g‘olib,  biri  esa albatta mag‘lub boʻladi.  Yuqoridagi  mifda 

boshlangan  munozaraning  ana  shu  xususiyati  Mahmud  Koshg‘ariyning 

“Devonu  lug‘atit-turk”  asarida  Yoz  va  Qish  oʻrtasidagi  munozarada  aniq 

koʻrinadi.  

Mahmud  Qoshg‘ariyning  «Devonu-lug‘otit  turk»  asarida  yoz  va  qish 

munozarasi berilgan. Bu munozara toʻrtlik shaklida yaratilgan boʻlib, a-a-a-b, 

b-b-b-v  tipida  qofiyalangan.  Turing  chechak  jarildi.  Barchin  jazim  kerildi. 

Uchmoq jeru ko ‘ruldi Tumlug ‘ jana kelgusuz. Mazmuni: Bahomi ta'riflab aytadi: 

har turli chechaklar ochildi, xuddi (sernaqsh) ipak gilamlar yozilganday. Jannat 

yeri koʻrildi.  Sovuq  hech  qaytib  kelmas  darajada  havo  isidi.  Mazkur  toʻrtlik 

«Devon»ning turli o ‘rinlarida uchraydi. Agar ular bir joyga jamlansa, yoz bilan 

qishning munozarasi tiklanadi. Bu munozarada yoz bilan qishning oʻziga xos 

xususiyatlari  juda  chiroyli,  obrazli  misralarda  tasvir  etilgan.  Munozara  janri 

«Devon»ning quyidagi o ‘rinlarida ham keltirilgan: Qish yay bila toqushdi, Qing 



 

307 


‘ir kozin baqishdi. Tutashqali yaqishdi Utg 'alimat ograshur. Mazmuni: qish bilan 

yoz  urushdi,  bir-birlariga yomon koʻz  bilan  boqishdi,  turli  tutishishga 

yaqinlashdi. Ular bir-birini yengishga intilishar edi. 

 Oʻzbek  mumtoz  adabiyotida  munozara  XV  asrning  birinchi  yarmida 

maxsus  janr  sifatida  shakllandi.  Albatta,  oʻzbek  mumtoz  adabiyotida  bu 

janrning  shakllanishiga,  bir  tomondan,  turkiy  adabiyotdagi  ayrim  asarlar 

tarkibida,  mif  va  udumlar  koʻrinishida  etib  kelgan  munozara,  ikkinchi 

tomondan, fors-tojik adabiyotidagi munozara ta’sir koʻrsatdi.  

 Yozma  adabiyotda  munozara  avvalo  “Qutadg`u  bilig”,  “Hibbat  ul- 

haqoyiq”  asarlari  tarkibida  kelgan.  Quyida  Yusuf  Xos  Xojibning  «Qutadg‘u  - 

bilig» asarida uchrovchi munozara janriga xos parchalardan misol keltiramiz. 

 Uqushlig‘, vafolig‘ kishi tuzini,  



 Yulug‘lar kishiga qamug‘ oʻzini. 

 Arig‘siz, jafoliq qilinchi oʻtin, 

 Qali aydi ersa qiyar soʻzini.  

 Mazmuni:  

 Zehnli, vafoli, kishi afzuni, 

 Qiladi kishiga fido oʻzini.  

 Ymiqsiz, jafoli, qilig‘i tuban,  

 Tonar, hech tan olmas degan soʻzini. 

Shu  oʻrinda  Ahmad  Yugnakiyning  «Hibat  ul-haqoyiq»  asaridagi 

munozara janriga xos boʻlgan parchalardan ham keltirib oʻtamiz.  

 Tabi'atta yigi ot aybsuzi,  



 Axiliq erur bil bivcul ko ‘rk so ‘zi. 

 Eliklarda qutlug‘ berigli elik,  

 Olib bermagan el elik qutsizi.  

Mazmuni: Dunyoda yaxshi va nuqsonsiz nom sahiylikdir, baxil esa xunuk 

ot  ekanini  bil,  qoʻllar  ichida  in'om  beruvchisi  baxtli  qoʻldir,  oʻzi  olib 

boshqalariga bermagan qoʻl, qoʻllaming qutsizidir. 




 

308 


Munozara  janri  keyinchalik  mustaqil  adabiy  asar  shakliga  ko`tarilgan. 

Buning  misoli  sifatida  Yusuf  Amiriy,  Yaqiniy  va  Ahmadiylar  munozalararini 

ko`rsatish  mumkin.  Ma’lumki,  Yusuf  Amiriyning  “Chog`ir  va  bang” 

munozarasida  o`sha  davrda  avj  olib  ketgan  mayxo`rlik,  bang  iste’mol  qilish 

illatlarini badiiy ijodga olib kirgan. Yaqiniy esa “O`q va Yoy” munozarasida o`qni 

to`g`rilik, yoyni egrilik simvoli darajasiga ko`taradi va qirg`in urushlarni, jabr-

zulmni qoralaydi. Ahmadiyning “Sozlar” munozarasida amal talashish va fisq-

u fasod hamda bo`xton tarqatishlar, noittifoqlik fosh qilinib tashlansa, Nishotiy 

munozaralarida o`z davrining butun bir axloqiy masalalari ko`tarilib chiqiladi 

va mehnatkash xalq manfaatlari nuqtai nazaridan talqin qilinadi. 

Yaqiniyning  “Oʻq  va  Yoy”  munozarasi  nasrda  yozilgan.  Bunda  chol 

qiyofasidadagi  Yoy  bilan  yigit  qiyofasidagi  Oʻq  oʻrtasidagi  munozara  tasvir 

etilgan.  Munozara  katta  hajmli  boshqa  shakldagi,  ya’ni  janrdagi  asarlar 

tarkibiga ham kirgan. Masalan Nishotiyning “Husn va Dil” dostonida sozlar va 

gullar munozarasi bor. Munozara janri elementlarini “Xisrav va Shirin” (Qutb) 

«Yusuf va Zulayho» (Durbek) “Lisonut-tayr” (Navoiy) kabi asarlarda koʻramiz. 

Bundan  tashqari  Alisher  Navoiyning  “Farhod  va  Shirin”  dostonida  ham 

munozara janrining goʻzal namunasi keltiriladi. U Xusrav va Farhod oʻrtasidagi 

munozara  boʻlib,  badiiy  asar  tarkibida  ilk  bor  Nizomiy  dostonida  o`z  aksini 

topgan. 


Xulosa  qilib  aytganda,  munozara  butun  o`zbek  yozma  adabiyoti 

taraqqiyotining barcha davrlarida mustaqil adabiy janr sifatida taraqqiy etib 

keldi. Alisher Navoiy davrida va undan so`ngi davrlarda munozara janrining 

taraqqiyotiga  sezilarli  ta’sir  o`tkazganini  kuzatish  mumkin:  Gulxaniyning 

“Zarbulmasal”idagi munozaralar shundan dalolat beradi.  


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish