Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet446/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

Chog‘ I - Vaqt, davr, kez, kun, on.  

Chog‘ II- Xursand, shod, yaxshi.  

Chog‘ III - O‘lchovi, o‘lchami mo‘ljaldan kichik,kichkina.  

Chog‘IV - Chog‘ bo‘lib turmoq, tayyor, shay bo‘lib turmoq. 

Chog‘V - Kuch-quvvat, imkoniyat, istak.  

E’tibor qilinsa, mazkur o‘rinlarda boshliq, ananas, qirov, chog‘ so‘zlari va 

ularning  leksikografik  ma’nolari  qayd  qilindi.  Bu  so‘zlar  bir  tomondan 

shakldoshlik,  yana  bir  tomondan  ko‘p  ma’nolilik  munosabatlarida  ekanligini 

namoyon qilgan bo‘lsa, o‘z qatlam so‘zi yoki o‘zlashganlik belgilari, qo‘llanilish 

davri va doirasi, nutq vaziyati va maqsadi, nutq uslubi va sohaga mansublik 

nuqtayi  nazaridan  ham  o‘zaro  farqlilik  xususiyatlarini  ham  o‘zlarida 

mujassamlashtirgan lisoniy hodisalardir. 




 

767 


Qayd qilingan ushbu so‘zlarning har biri alohida olam, har biri mustaqil 

va alohida, har biri betakror ma’no va vazifalarga egaki, ularni kuzatish, tahlil 

qilish, imkoniyat va samaradorligini aniqlash zamonaviy tilshunosligimiz, nutq 

madaniyatimiz, qolaversa, texnika va kompyuter tili uchun katta imkoniyat va 

manba sifatida xizmat qiladi.  

Agar biz ta’lim tizimimizda lug‘atlar ustida ishlashni yo‘lga qo‘ysak, yosh 

avlodning savodxonlik darajasi yanada yuqori bo‘lar edi. Ona tilimizni yanada 

yuksaltirish  va  uning  keng  imkoniyatlarini  lug‘atlarsiz  tasavvur  etish  qiyin, 

mayli  u  qog‘oz  yoki  elektron  shaklda  bo‘lsin.  Yuqoridagi  kabi  har  bir  so‘zni 

anglash,  his  qilish,  undan  oqilona  foydalana  olish  ko‘nikma  va  malakalarni 

faqat lug‘atlar yordamida, ular ustida ishlash orqaligina ta’minlash eng qulay 

va yuqori samarador yo‘l, usul yoki omil hisoblanadi.  

Ona tili ta’limi jarayonini o‘quv lug‘atlari, umuman ta’limiy lug‘atlar bilan 

ta’minlash,  imlo  lug‘ati,  izohli  lug‘at,  omonimlar  lug‘ati,  sinonimlar  lug‘ati, 

paronimlar  lug‘ati,  frazeologizmlar  lug‘ati,  etimologik  lug‘at  kabi  manba  va 

vositalarni  o‘quvchilarga  qo‘llanma  sifatida  yetkazib  bermog‘imiz  shart  va 

zarur deb hisoblayman.  

Negaki  hozirgi  paytda  yoshlarimiz  o‘rtasida  so‘zlarni  bilib-bilmasdan 

qo‘llash holatlari juda ko‘p uchramoqda.  Aynan  shu sababdan  ko‘cha-ko‘yda 

istagancha uchratish mumkin bo‘lib qolgan, savodsizlarcha yozilgan so‘zlarga, 

chet tili so‘zlariga mansub yot nomlarga chek qo‘yolmayapmiz. Men shuni faxr 

ila  tan  olamanki,  ona  tilimiz  biz  uchun  har  qanday  tildan  go‘zal,  jozibador, 

betakror va bebaho xazina tildir. Buni faqat anglamoq va undan faxr hissini 

tuymoq kerak, uni muqaddas deb asramoq, sofligi va daxlsizligiga sadoqat bilan 

xizmat qilish kerak, ona tilimizni bilmagan tildoshlarimizga uni o‘rgatmoq, bor 

bo‘y-bastini ko‘rsatmog‘iz kerak. 

Ana  shu  maqsadlar  yo‘lida  biz  lug‘atlarimizni  mukammal 

o‘rganmog‘imiz  kerak,  deb  hisoblayman.  Hukumatimiz  tomonidan  bizning 

mana shu tabarruk universitetimiz ona tilimizni yanada yuksaltirish, rivojini 

ta’minlash, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, tilimizni dunyoga yoyish, 




 

768 


uning jozibasidan butun duyo ahlini bahramand etish kabi yuksak maqsadlar 

yo‘lida bunyod etildi. Biz esa mazkur universitetimizning yetuk mutaxassislari, 

jonkuyar  fidoyi  ustozlarimiz  ko‘magida  yuqoridagi  ishlarni  amalga 

oshirmog‘imiz darkor. 

Xulosa  shuki,  o‘quvchida  so‘zga  bo‘lgan  hisni  uyg‘otishdа  yordam 

beradigan,  so‘zning  sehri  vа  sinoatlarini  o‘rgatadigan  lug‘atlar banki 

ko‘paytirilsa;  umumta’lim  maktabidan  tо  оliy  o‘quv  yurti  bosqichi  talabalari 

uchun аlohida fan vа yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘atlar yaratilsa, yosh avlod ona 

tilimizdagi so‘zlarning ma’nosi, ichki tovlanishlari, jozibasini his qiladi. So‘zni 

anglash  qobiliyati  shakllanib,  tafakkur  dunyosi  boyib  boradi.  Bu  holat 

yoshlarning  kitobxonlik  madaniyatini  oshirishda,  asarlarni  tahlil  qila  olish 

ko‘nikma va malakasini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.  

Bu tilda Navoiylar go‘zal ash’orlar bitgan, bu tilda Zahiriddin Muhammad 

Bobur  ona  Vataniga  o‘z  muhabbatini  izhor  etgan.  Bu  tilning  betakrorligidan 

Gadoiy,  Lutfiylar  hayratga  tushgan,  Jaloliddin  Manguberdining yuragiga 

mardlik kabi tuyg‘ularni alla bo‘lib singdira olgan tildir. Uning jozibasidan bir 

paytlar  butun  dunyo  hayratda  edi.  Shunday  buyuk  tilimizni  yanada  qudratli 

qilishimiz  uchun  lug‘atlarni  mukammal  tarzda  va  zamonaviy  talablar 

darajasida  yaratish  va  undan  oqilona  foydalana  olish,  qisqa  muddat  ichida 

yangilash  imkoniyatiga  ega  shakllarda  barpo  etish  kabi  vazifalarni 

jadallashtirishimiz, o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shmog‘imiz lozimdir. 

 

 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish