Annotation. This article analyzes the various shortcomings and methodological
features of the translation of the image of "food" as one of the most important compositional
methods in the study of artistic images and in the literature.
Keywords: food, nutrition, glutonyms, human image, artistic image, nutritional
psychology.
Taom-insoniyat va uni qurshab olgan tashqi olam bilan oʻzaro bogʻliq,
uning turmush-tarzi hamda yashayotgan jamiyat madaniyatining ajralmas
qismi hisoblanadi. Inglizlar tili bilan aytadigan boʻlsak, ”Tell me what you eat, I
will say who you are” ya’ni “Sen menga tanovul qiladigan taomingni ayt, men
senga sening kimligingni aytib beraman”. Shunday ekan, taomning inson
qiyofasini tasavvur etish va ruhiy dunyosini tushuna bilishdagi oʻrni katta
hisoblanadi.
Rus olimi A.I.Kozlovning fikricha, jamiyatda ovqat “tabiiy”, “madaniy”,
“insoniy” va ilohiy”, “oʻz” hamda “oʻzga” kabi tushunchalar orasida ramziy
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
725
ma’no kasb etadi. Ba’zan birovning “maqbul” taomdan voz kechishi,uning gʻ
ayriinsoniy hislati sifatida qabul qilinishi ham mumkin.
Umuman olganda, oshxona va taom - “oʻzingniki” ni “oʻzganiki”dan
farqlash, ”ular” va “biz” orasidagi chegarani aniqlab olish vositasidir. (Козлов
А .И. Пища людей – Фрязинo: Век 3, 2005) [3, 177-bet]
“Taom” tushunchasi inson hayotining turli xil jabhalarida-til, urf-odat,
an’ana va madaniyatida namoyon boʻladi. Adabiyot esa madaniyatning ushbu
ajralmas qismini taqdim etish vositasidir.
Yevropa adabiyotida XVIII-XIX asrlardan boshlab asarlarda gastronomik
mavzuni toʻliq yoritish boshlandi. XI-XII asrga oid qadimgi topilmalardayoq
taom va ichimliklar haqidagi badiiy tasvirlarni uchratish mumkin.Yunon
yozuvchisi Ksenofontning uy-roʻzgʻ or yuritish va oila iqtisodi haqidagi “Uy-
roʻzgʻ or yuritish” kitobida roʻzgʻorni tashkil etish bilan birga dasturxon oldida
oʻzini qay yoʻsinda tutish lozimligi,ibodat kunlari tanovul qilinadigan maxsus
taomlar haqida aytib oʻtilgan.
Taomni tadqiq etish va ingliz tilida aytganda, ”food studies” ya’ni
“taomshunoslik”
boshqa
ijtimoiy
fanlar
antropologiya,
tarix,
madaniyatshunoslik va sotsiologiya hamda san’at negizida shakllandi.
Taomshunoslik ovqatga doir barcha jarayonlarning: mahsulot ishlab
chiqarishdan tortib, taomlanish jarayonining ijtimoiy hayotdagi
oʻrni,ovqatlanishdagi odat va marosimlar,tanovul uchun tanlanadigan
hamrohlar:ularnin etikasi va tabaqasi kabilarni qamrab oladi.Bu jarayonni
oʻrganish esa insonning jamiyatdagi oʻrni va milliy madaniyatning oʻziga
xosligini koʻrsatib berishga imkon tugʻ diradi.
Psixolog Luule Vilmaning aytishicha, insonning taomga va oshqozon
ichak traktiga qanday munosabatda boʻlishi, uning oʻz hayoti va ishiga
qanchalik bogʻliqliki,qanday munosabatda ekanligi va hattoki, oldiga qoʻygan
biror bir maqsadni bajarishda qay yoʻsinda yondashishini belgilab berar ekan
[1, 533-bet].
726
Jamiyatdagi insonlarni kuzatish orqali oʻz vaqtida ovqatlanmaslik,
tanovul qilinayotgan taomning qandayligi ularning kayfiyati va ruhiy holatida
namoyon boʻlishini koʻrishimiz mumkin.
Hattoki, iste’mol qilinayotgan taom turi va miqdori jinsga ham bogʻliq
boʻlib, asrning boshlarida G.Geymer oʻzining mashhur soʻrovnomasidan
foydalangan holda, ”Ovqat qaysi jins vakillarinig hayotida koʻproq ahamiyat
kasb etadi” degan savoliga, har ikki jins vakillari ham “erkaklar” degan javobni
berishadi [1, 69-bet].
Qadimgi adabiyotda ham “taom” obrazi mavjud boʻlib, oʻsha davrda ham
uning muhim rol oʻynaganini koʻrishimiz mumkin. Qadimgi yunon miflariga
koʻra, ularning taqdiri egalari boʻlmish Olimp xudolari odatda maishat va
ziyofatlar bilan mashgʻul boʻlganlar:
“Xudolar oʻzlarining oltin saroylarida ziyofat qiladilar… Zevsning qizi,
yosh Geba, Zevsning suyuklisi Troya shahzodasi Ganimed, Zevsdan umrboqiy
hayot in’omini olar ekanlar, ularga xudolarning taomi va sharobi-ambroziya va
nektar keltiradilar. Xudolar barcha ishlar; insoniyat va dunyoning taqdirini ana
shu ziyofatlarda hal qiladilar”.
Qadimgi yunonlarning sharob xudosi Dionis, minadlar va satirlar bilan
oʻrab olingan, yam-yashil vodiylarda raqs tushib, xursandchilik qiladigan obraz
deb ta’riflanadi. Mifologiyada Dionis hayotiy kuch va mavjudotlarning
tafakkuri sifatida qabul qilingan. Bejizga uning otasi Zevs yosh ma’budning
hurmatini bajo keltirmagan va uni ranjitganlarni ayovsiz jazolamagan.
Uygʻonish davrida buyuk insonparvarlar odamzotning fiziologiyasida
taomlanish tabiiy hodisa boʻlib, unda hech qanday noodatiy narsa yoʻq degan
fikrni ilgari surdilar. Bu esa, oziq-ovqat tasvirlarining paydo boʻlishi va taom
obrazini yuqori oʻringa koʻtardi. Bu ayniqsa, Fransua Roblening “Gargantyua va
Partagruel” asarida yorqin tasvirlangan. Asar qahramonlari, devlarning uch
avlodlari, xuddi muallif kabi, yaxshi taom faqat foyda keltirishi mumkinligini
aytishadi. Roman oziq-ovqatni iste’mol qilish hech qachon yolgʻiz amalga
oshirilmasligi ifodalangan sahnalarga boy. Robleda taom bu-har doim
727
xursandchilik, ”butun dunyo uchun bayram”. Har qanday holatda ham ziyofat
qilinadi: Gargantyuaning tugʻilishi munosabati bilan, urush tugashi munosabati
bilan ham, yaxshi muzokaralar olib borilgan bahs va dengiz safaridan keyingi
saodatli qaytishdan soʻng ham. Oz ustiga kitobda ushbu asarni qandaydir
uydirma yoki ertak emas, ayni haqiqat deb qabul qilish lozimligi aytib oʻtilgan.
Shunday qilib, taom tasviri 20-asr oxiriga kelib ham adabiyotdan chetga
surilmadi. Umberto Eko oʻzining 1980-yil chop etilgan “Atirgul ismi” asarida
noyob tasvirlarni yaratadi-u yerda oʻsimliklar ensiklopediyasi ham, monastir
oshxonasining qiziqarli tajribalari ham bor. Oʻquvchining omadi chopgani
shundaki, u oʻrta asrlardagi monastir taomlarining qoidalarini, kichik
birodarlarining ovqat borasidagi imtiyozlari haqida; munster, kemember kabi
mashhur pishloqlar monastirlar tomonidan yaratilganini ham bilib oladi.
Monastirning asosiy qonuiyatlaridan biri bu-goʻsht tanovulining
ta’qiqlangani boʻlib, goʻsht shakarxoʻrandalikni va zaiflikni oshiruvchi taom
hisoblangan. Bundan tashqari, goʻsht qimmat mahsulot boʻlib, kamtarona
tushlik qarashlariga zid kelardi. Xoʻsh, “Atirgul ismi” deb yozilgan abbatlikda
nima berilardi?
“Mahalliy qizil vinoda chayilgan yovvoyi qushdan tayyorlangan issiq
taom, choʻchqacha goʻshti, Rohiba Klara nonlari, bodom qoʻshib pishirilgan
guruch, bodring terisidan qilingan doʻlma, qiymalangan zaytunlar, qovurilgan
pishloq, achchiq qalampirli sous bilan qoʻy goʻshti, oq loviya va nafis
shirinliklar: Avliyo Bernard pishiriqlari, Avliyo Nikolay pirojniylari, Rohiba
Lyutsiya ponchiklari, vino va oʻtli sharbatlar… Agar ogʻizga solinayotgan har bir
luqmada Xudoga shukronalik keltirilmasa, bu naq ochkoʻzlikning oʻzi boʻlardi.
Rus adabiyotida ham “taom’ motivini turli asrlarda yashab oʻtgan
ijodkorlarning asarlarida, jumladan, N.V.Gogolning “Oʻlik jonlar”,
Goncharovning “Oblamov”, M.Bulgakovning “It yuragi” hamda “Usta va
Margarita” sida uchratishimiz mumkin.
N.Gogolning “Oʻlik jonlar” romani misolida oladigan boʻlsak, poemada
“oʻlik jonlar” (vafot etgan, biroq rasman tirik hisoblanadigan krepostnoy
728
xristianlari) ni qidirib sayohatga chiqqan, ularni topgach, Vasiylik kengashi
roʻyxatiga kiritib, katta miqdorda pul olmoqchi boʻlgan asar qahramoni
Pavl Ivanovich Chichikovning sarguzashtlari hikoya qilinadi.
Tipik xarakterdagi personajlarni yaratishga uringan Gogol, ularning
soʻzlashuv uslubini, kiyimlari va atrofini oʻrab turgan muhitni,kundalik
turmushi va albatta, taomini ta’riflaydi.
Dastlabki sahifalardanoq, muallif taom tasviriga muhim oʻrin ajratgani
yaqqol sezilib turadi:
“NN shahri gubernatorligidagi tashrifini Chichikov traktirdan boshlaydi.
Bu yerda unga tushlik uchun traktirlarda pishiriladigan odatiy ovqatlar:
sayohatchilar uchun bir necha hafta davomida ataylab saqlanadigan shoʻrvalar,
noʻxotli miya, karamli sosiskalar, qovurilgan qushlar, doim tuzlab
pishiriladigan pirojoklar doim xizmatingizga shay”.
Haqiqatdan, insoniyat taraqqiy etar ekan, azaldan yegulik topish hayotiy
muammolardan boʻlgan. Har bir mumtoz asarni bir yoki bir necha qismat tarixi
deb hisoblaydigan boʻlsak, unda hikoya qilinayotgan tarixiy davr taom va
ovqatlanish jarayoni bilan boʻliq qanchadan-qancha hodisalardan tarkib
topganligini tasavvur qilish qiyin emas. Badiiy asarda uchrovchi, “taom”
konseptini tushunishning murakkab tomonlari ham mavjud. Amerikalik
olimlar Devid va K.Jonatonlarning fikriga koʻra, ovqat va unga tegishli
an’analar, jamiyki narsa va hodisalar turli yozuvchilar ongida turli asotsiatsiya
hosil qiladi. Taom faqat maza va hid bilan emas, balki boshqa jihatlari orqali
ham his etiladi. Ovqat haqidagi tasavvurlar adabiyotda biror millat xotirasining
negizigacha singib ketgan asotsiatsiyalar manbasi sifatida namoyon boʻlishi
mumkin [5].
Ingliz adabiyotidan Joanna Harrisning “Shokolad" asarida ham
glyutonimlar asarning asosiy mohiyatini anglashda muhim ahamiyat kasb
etadi va har bir taomningning qahramonlar tabiatini aglashda oʻziga xos oʻrni
bor.
729
Asarning bosh qahramoni yolgʻiz ona Vien Roshe Fransiyadagi Laskne-
su-Tann shaharchasiga koʻchib keladi. Uning orzusi shaharchada shokolad
doʻkonini ochish boʻladi. Muqaddas Pasxa yaqinlashib kelayotgan bir paytda
cherkov ruxoniysi Fransis Reyno kishilarni dunyo lazzatidan bahramand
etuvchi shokolad doʻkonini ochishga qarshilik qiladi. Bu masalada shahar
aholisi fikri ikkiga boʻlinadi. Tugʻma qandolatchilik iqtidoriga ega boʻlgan
shaharliklarga zavq, rohat va huzuzr ulashadi. Yozuvchi qahramoning fe’l
atvorini, oshxonadagi ijodkorligini u tayyorlayotgan shirinliklari orqali ochib
beradi. Oshxonada kuymalanayotgan ayolni goʻzallik yaratuvchi ayol sifatida
koʻrsatadi. Adibning aytishicha, asardagi deyarli barcha qahramonlarning
prototiplari bor boʻlib, u oʻzining yaqinlari va qarindoshlarida koʻrgan taomdan
lazzatlanish va xuzurlanish, shu orqali, hayotdan zavq tuyish hissini oʻz asarida
tasvirlangan. Xususan, Vivienning qizi Anuk yozuvchi qizining prototipi boʻlsa,
asar qahramonlaridan biri Armandaning hayot haqidagi qarashlari muallifning
katta buvisi fe’li misolida namoyon boʻlgan. Joanna Harris “Shokolad” asarining
koʻp qismida oʻzining hayotga boʻlgan shaxsiy munosabatini taom tayyorlash
va iste’mol qilish jarayoni orqali ramziy tasvirlab beradi. Masalan, qand
kasaliga chalingan Armandaning tugʻilgan kunga tayyorgarlik vaqtidagi holati
tasvirini olaylik. Unda har bir shirin luqmani ogʻziga toʻldirib solayotgan
Armanda oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyayotganligini toʻla anglagan holda “Bu
mening oxirgi luqmam”, deydi va yuzida tansiq taom haqida gapirgandagina
paydo boʻladigan huzur ifodasi namoyon boʻladi. Armandaning fikricha,
“Sevimli narsasidan voz kechib qiynalib yashagandan koʻra, lazzatli oʻlim
topmoq yaxshiroq”. “Endi menyuga oʻtsak”, deydi ishtaha bilan qoʻllarini
ishqalib. Garchi shirinliklar yeyish qat’iy ta’qiqlangan boʻlsa-da, qahramonga
ovqatdan lazzatlanish baxt va huzur baxsh etadi.
Jon Harrisning “Shokolad” asarida 80 ga yaqin shirinlik nomi va turi
keltirilgan boʻlib, noodatiy ta’m va retseptga ega shirinliklar goh badiiy tasvir
vazifasini bajarsa, gohida inson ruhiy holatini aks ettiruvchi motiv vazifasini
bajargan. Bir qancha shirinliklarni tahlil qilib chiqsak:
730
“fundae”- tuxum va pishloqdan qilingan yegulik boʻlib, rus tilida
“фундю” deb tarjima qilinadi va oʻzbek tilida ham muqobil tushuncha yoʻqligi
hamda milliy koloritni bildiruvchi narsalar qatori taom sifatida toʻgʻridan toʻgʻri
tarjima qilinadi.
”Meringue”- tuxum oqi va shakar solib koʻpirtirilgan boʻlib, asosan
piroglarning ustiga quyilib, pechda pishiriladigan shirinlik. Rus tilida
“меренга” deyiladi.
“Florentine”-Florentin biskviti, Italyancha yongʻoq va mevali shirinlik.
“guimauve”- fransuz tilidan olingan boʻlib, shakar yoki makkajoʻxori
siropi,issiq suvda yumshatilgan jelatin, glyukoza, xushboʻy hid va rang beruvchi
vositalar yumshoq popuk holiga keltiriladigan shirinlik. Rus tili va igliz tilida
ham da “маршмеллоу” deyiladi.
“Mendiant”-an’anaviy fransuz konfetlari. Bu toʻrtta monastir buyrugʻini
ifodalovchi, yongʻoq va quritilgan mevalar bilan ishlangan shokolad diskdan
iborat desert. Rus tilidagi nomi “мендиган” shaklida berilgan.
“Sugared almonds”-shakarlangan bodomlar. Rus tilida ekvivalenti
“сахарние миндалы”.
Do'stlaringiz bilan baham: |