Til va adabiyot fanlari tavsifi


XI BOʻLIM. O‘QUV YILI OXIRIDA TAKRORLASH



Download 5,54 Mb.
bet232/288
Sana19.09.2021
Hajmi5,54 Mb.
#178199
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   288
Bog'liq
Ona tili

XI BOʻLIM. O‘QUV YILI OXIRIDA TAKRORLASH

(6 soat)
Ushbu soatlarda o‘quvchining yil davomida olgan o‘qib, eshitib tushunish, og‘zaki va yozma nutqqa oid bilim, ko‘nikma va malakalari sinovdan o‘tkaziladi. Sinov natijalari asosida qo‘shimcha ta’limiy ishlar amalga oshiriladi.

Nazorati ishi va tahlili



130

umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

MAVZUIY REJALASHTIRISH
















Jami soatlar taqsimoti






Bo‘limlar nomi

Jami

Yangimavzuuchun




Nazoratishlari

Nazoratishlaritahlili

Mustahkamlash

Takrorlash

















































1

Men, sen, u va ular

9

5













4

2

Tabiat ne’matlari

10

9










1




3

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

10

8




1

1







4

Kasbim – faxrim

11

10










1




5

Yosh iqtisodchi

9

7




1

1







6

Fan va texnologiyalar

8

8
















7

Til va dil

9

8










1




8

Tarix xazinalari

10

8




1

1







9

San’at va madaniyat

10

9










1




10

Huquqimiz – haqimiz

10

10
















11

O’quv yili oxirida takrorlash

6







1

1




4




Jami:

102

82




4

4

4

8





























VIII SINF
I BOʻLIM. MEN, SEN, U VA ULAR

(11 soat)

Istiqlol orzusi (jadidlar, qatagʻon)
O‘zbek adabiy tili rivojida jadidlarning o‘rni bilan bog‘liq matn bilan tanishish, jadid adabiyoti namunalarining til xususiyatlari. Unda qoʻllangan atamalar va grammatik shakllarni bugungi kundagi adabiy til me’yorlari bilan qiyoslash mashqlari.
Soʻz turkumlarini farqlashga oid bilimlarni takrorlash, soʻzlarni turkumlarga ajratish, yordamchi soʻzlar, alohida olingan soʻzlar guruhiga oid mashq va topshiriqlar.
Jadidlarning oʻzbek tili rivojiga qoʻshgan hissasi haqidagi ma’lumotlardan foydalanib, daliliy tafsilotlarga asoslangan holda ijodiy-tavsifiy xarakterdagi matn yaratish.
Mahalla guzari (qoʻshnichilik, mahalla oqsoqoli, munosabatlar)
Joy nomlari, qadriyat va an’analarga oid til birliklari bilan tanishish, berilgan matnlar tarkibidan ushbu birliklarni aniqlay olish, ma’nolari ustida ishlash, ularning talaffuzi va imlosi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.



131

umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

Soʻz birikmasi. Soʻz birikmasining oʻziga xos xususiyatlari. Har qanday soʻzlarning oʻzaro birikishi soʻz birikmasini hosil qila olmasligi, soʻz birikmasining qoʻshma soʻz, ibora, tasviriy ifoda va gaplardan qanday farqlanishini aniqlash bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.


Tinish belgilari: nuqta, undov, soʻroq, vergul, ikki nuqta, koʻp nuqta, nuqtali vergul, qoʻshtirnoq, tire, qavs tinish belgilarining qoʻllanilish oʻrni jihatidan farqlari.
O‘z mahallasining joylashish oʻrni, nomlanishi, mahallasiga xos boʻlgan urf-odat va qadriyatlar bilan bog‘liq tavsifiy matn yaratish.
Muammoga yechim izlang. (muammoli vaziyatda oʻzini tutish, zarur chora-tadbirlar haqida koʻnikmalar)
Tinglangan dialogik va polilogik nutq va bahsda tomonlarning vazifasi, fikri va qarashlarini farqlash, ularga munosabat bildira olish, savollarga javob berish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. Bunda bahslashish odobi, oʻz fikrlarini ifoda etish qoidalari, soʻzga chiqish hamda murojaat kabi til birliklaridan oʻrinli foydalanish.
Nutq uslublari haqida umumiy ma’lumot: soʻzlashuv, ilmiy, publitsistik, badiiy va rasmiy uslub. Nutq uslublarini farqlay olishning ahamiyatli jihatlari.
Gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari. Gap – soʻz yoki soʻzlar vositasida anglashilgan fikr. Xabar, soʻroq, buyurish, undash, istak-xohish ma’nosini anglatuvchi gaplar.
“Dunyoni oʻzgartirishni xohlayman” mavzusida berilgan muhokama matnini oʻqish, matn mazmuniga munosabat bildirish, mavzuni davom ettirish. Ogʻzaki tuzilgan matndan yozma matn uchun fikrlarni saralay olish, izchilligini ta’minlash, qisqa qaydlar yozish, reja tuzish va insho qoralamasini tayyorlash.
Oʻtish davri boshlandi (oʻsmirlikka oʻtish, ruhiy evrilishlar)
Til va ruhiyat tushunchalari. Ularning bogʻliqligi. Ruhiyatga toʻgʻri ta'rif. Inson ruhiyatini anglashda tilning oʻrni. Hislarini oʻzgalarga yetkazishda tilning eng asosiy vosita ekanligi.
Tilning inson ruhiyatini ifodalashga qaratilgan birliklari. “Tuygʻu”, “hissiyot”, “xohish”, “muhabbat”, “nafrat” kabi tushunchalarga ta'rif berish orqali ularni aniqlashtirish.

“Inson oʻzing” (Erkin Vohidov) she'ri matni ustida ishlash.


“Mening tuygʻularim” mavzusida matn yaratish. Bunda matnning izchilligini va samarasini oshirish uchun so‘zlar, grammatik qoidalar va strukturalarni to‘g‘ri qo‘llash, oʻz yozma nutqining ta’sirchanligini oshirish maqsadida badiiy va ritorik vositalarni qoʻllay olish.


  1. BOʻLIM. TABIAT NE’MATLARI

(8 soat)
Orol dengizi — asr fojiasi (Orol dengizi, ekologiya)
Orol muammosiga oid internetdan olingan manbalar mazmunini tahlil qilish, matndagi voqealarga muallifning nuqtayi nazarini aniqlay olish bilan



132

umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

bog‘liq mashq va topshiriqlar. Matn tarkibidan ekologiyaga oid atamalarni aniqlay olish, ular ma’nosini izohlash uchun lug‘atlardan foydalanish.


Kiritma – soʻzlovchining oʻz fikriga munosabatini bildiruvchi soʻz. Kiritmani ifodalovchi soʻzlar, kiritmalardan og‘zaki va yozma nutqda foydalanishga oid mashq va topshiriqlar.
Insho – ijodiy-tavsifiy matn. “Insho” soʻzining izohi. Inshoning boshqa matnlardan farqi. Insho yozish talablari. Tezis, reja, qoralama. Insho mavzu va mazmuni. Inshoning maqsadiga koʻra turlari.
Orol muammosi bilan bog‘liq rasmlar asosida oʻz fikr va hissiyotlarini toʻg‘ri, izchil ravishda ifodalab “Orolni qanday qutqarish mumkin?” mavzusida 16–18ta gapdan iborat matn yaratish.
Azon qatlami (azon qatlamining yemirilishi, ekologiya)
Olinma so‘zlar talaffuzi va imlosi. Berilgan matn tarkibidan ularni ajrata olish, ular ma’nolarini izohlash bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Berilgan matnda har bir so‘z, so‘z birikmasi va gap shaklining qanday ma’no tashiyotganini, nima uchun aynan shu so‘z, birikma yoki gap qo‘llanganini, grammatik vositalarning hamda matn tuzilishi va uning tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalarning vazifasini tushunish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Epigraf. Epigraf tanlash, uning ahamiyati. Epigrafning oʻrinlashuvi.

Insho uchun mos epigraf – ijodkor badiiy va ilmiy saviyasi mahsuli.


Ilmiy insho. Ilmiy insho talablari. Axborot aniqligi, ilmiy tushuncha, terminlar.
Tabiatni muhofaza qilish mavzusida ilmiy insho uchun dalil va ma’lumotlar toʻplash, ularni saralash, reja tuzish va izchilligini ta’minlab bayon etish.


Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish