Til tarixi, yozuv tarixi, fonetika, fonologiya O’qituvchi: Abdirasulova. Sh. Sh


Yuklamalar: -u, -yu, -mi, -chi, -gina(kina,-qina), -oq, (-yoq), -dir, -ov(yov)



Download 84,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana24.04.2022
Hajmi84,67 Kb.
#580050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
maruza 1

2.
Yuklamalar: -u, -yu, -mi, -chi, -gina(kina,-qina), -oq, (-yoq), -dir, -ov(yov)
Eslatma : gina yuklamasiga shakldosh bo’lgan otlarning erkalash va achinishni bildiruvchi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha undan
urg’u olishi bilan farqlanadi. M: Sherzo`dgina darsga kela olmadi. Bu gapda – gina yuklama, chegaralash ma’nosini bildiradi.
Sherzodgina` darsga kela olmadi. Sherzodgina` so’zida urg’u –gina qo’shimchasiga tushgan va bu qo’shimcha otning lug’aviy shakli
bo’lib, achinish ma’noini ifodalayabdi.
3.
Kesimlik qo’shimchalari: -dir,-man,-san, -siz,-miz.
-miz kesimlik qo’shimchasi egalik qo’shimchasi bilan shakldoshlik hosil qiladi. M: O’quvchimi`z birinchilikni qo’lga kiritdi. Bu yerda
urg’u o’quvchimiz so’zidagi egalik qo’shimchasiga tushgan. Biz hali o’quvchi`miz. Bu o’rinda -miz qo’shimchasi urg’u olmaydi, sababi
kesimlik qo’shimchasi ekanligida. Sizis`z ishlarni o’rniga qo’yish qiyin bo’lyabdi. Bu so’z tarkibidagi –siz qo’shimchasi urg’u oladi, u
sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanadi. Bularning barchasiga sababchi si`zsiz.(sizdirsiz). Bu yerda -siz qo’shimchasi urg’u olmagan,
urg’u birinchi bo’g’ingan tushgan, sababi qo’shimcha kesimlik shaklini hosil qilgan.
4. Gumon olmoshi yasovchi –dir: ki`mdir, qach`ondir, nimaga`dir… bu qo’shimcha omonimlik xususiyatiga ega. M: urug’ingdir,
aymog’ingdir. Biror og’zi maymog’ingdir. Bulardan ham tonasanmi? Bu osonmi, bu osonmi? Kimdir eshikni asta taqillatdi. Takrorlash
bilimning onasidir. Yuqoridagi 1-gap tarkibida –dir qo’shimchasi gumon yuklamasi, 2-gapda gumon olmoshi, 3-gapda esa kesimlik
qo’shimchasi hisoblanadi. Har uchala gapda ham urg’u olmaydi.
5. Dona va chama son yasovchi qo’shimchalar: -ta, -tacha, -larcha: be`shta, o’`nlarcha, be`shtacha.
6. Fe’llardagi-la(so’z yasovchi) + r(sifatdosh qo’shimchasi) qo’shimchalarining yig’indisi: gu`llar(gullaydi), bog’lar(bog’lamoq). Bu
qo’shimcha otning ko’plik shaklini hosil qiluvchi –lar qo’shimchasi bilan omonimlik hosil qiladi. Bog’la`r( daraxtzorlar), gulla`r( ko’p
gul). Bu qo’shimcha ko’plik shaklini hosil qilganda urg’u oladi. M: Ko’zla`r uzoqni ko’`zlar. So’zla`r so’zla`r tarixdan.
7. Sof ko’makchilar ( kabi, sari, uzra, sayin, qadar, haqida, uchun….) urg’u olmaydi. Bunda urg’u ko’makchi bog’lanib kelgan
so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. M: osmo`n uzra, kito`b haqida…
Uchun va bilan ko’makchilarinin qisqargan shakli yuklamalar singari chiziqcha bilan yoziladi va urg’u olmaydi: si`z –chun, si`z-la
Eslatma: -la bilan ko’makchisining qisqargan shakli bisoblanadi va –la e’l yasovchisi bilan shakldoshlik hosil qiladi. M: se`nla (senlamoq
fe’l), se`n-la ( sen bilan ko’makchi)
8 Ravish yasovchi qo’shimchalar : -day, -dek, -cha: qishlo`qcha, yigi`tcha. –cha ravish yasovchi qo’shimchasi otlarda kichraytirish
shakli yasovchi qo’shimcha bilan shakldosh. M: yigi’tcha(ravish) , yigitcha` (ot). Kichraytirish shakli yasovchi –cha qo’shimchasi urg’u
oladi., ravish yasovchi esa yo’q.
Shuningdek so’z urg’usi qo’shma so’zlar va Grammatik shakllangan so’zlarda ham turlicha bo’ladi.
1.
Tarkibida nim, och, tim, jiqqa, lang, to’q, g’irt kabi so’zlar bo’lgan sifatning darajasini ko’rsatuvchi birliklarda ham
urg’u birinchi qismga tushadi: ni`mpushti, ti`m qora, la`ng ochiq.
2.
Sifatning orttirma darajasini ko’rsatuvchi birinchi bo’g’inga: qi`p-qizil, ya`m-yashil, ko’`m ko’k.


3.
Har va hech so’zlari bilan hosil qilingan qo’shma so’zlarda ham urg’u birinchi bo’g’inga tushadi: he`ch nima, ha`r
kim, he`ch qanday, ha`r doim
Eslatma! Urg’u so’z ma’nolarini o’zgartirishga ham xizmat qiladi. Ya’ni urg’uning o’rni o’zgrishi bilan so’zning ma’nosi ham o’zgaradi.
Masalan: Olma` -(meva) ot o`lma- (harakat) fe’l
su`zma(
) suzma`( 
)
Qishloqcha` (ot) qi`shloqcha (ravish)
so`chma(
) sochma`( )
Akade`mik (shaxs oti) akademi`k (sifat)
Mexa`nik (shaxs oti) mexani`k(sifat)
So’zla`r (ot)
so’`zlar (fe’l)
Ko’zla`r(ot) ko’`zlar (fe’l)
Bog’la`r(ot)
bo`g’lar(fe’l)
Ya`ngi ( )
yangi`(
)
Ho`zir (
)
hozi`r (
)
Tortma`( )
to`rtma( )
Qayna`tma( 
) qaynatma`( 
)
Topshiriq. Quyidagi so’zlarga urg’u qo’ying. Qachondir, zakovat, yozamiz, do’stlarcha, yuzta, fidokor, hammamiz, hech
qanday, oppoq, har bir, o’qish, o’qishimizda, o’qishimiz, texnik (ish), akademik(shaxs), pillakor, temuriylar, musobaqa.
II. GAP URG’USI- gap tarkibidagi so’zlardan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishiga gap urg’usi deyiladi. Gap urg’usi-
ma’no urg’usi, logik urg’u atamalari bilan ham ishlatiladi.
Masalan : kecha biz sayohatga chiqdik.
Eslatma! Gap urg’usi asosan kesimdan oldin joylashgan so’zga tushadi. M: dangasaning non yeyishini ( yeyishini gapda to’ldiruvchi
vazifasida kelgan; gap urg’usi shu so’zga tushgan) ko’r (kesim).

Download 84,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish