Tovush o’zgarishlari
O’zbek tilida 3 xil ovush o’zgarishi mavjud;
1.
Tovsuh tushishi- o’zakka so’z yasovchi va shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush tushishi
natijasida ro’y beradi. M: shahar+I = shahri, sust+ay= susay, men+ning=mening, burun+i= burni, ko’ngil+i= ko’ngli, bag’ir+i=
bag’ri
2.
Tovsuh almashishi- o’zakka so’z yasovchi va shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush
almashinadi. M: son+a= sana, ong+la= angla, sayla+v= saylov, oyoq+i= oyog’i
3.
Tovush ortishi- o’zakka qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush ortadi. M: u+ga= unga, bu+day=bunday
Obro’, mavqe so’zlariga egalik qo’shimchasi qo’shilganda y tovushi orttiriladi. Obro’ + im=obro’yim, mavqe+im = mavqeyim
Eslatma : ba’zan o’zakka qo’shimcha qo’shilganda tovush ikkilanishi ro’y beradi. M: isi+q= issiq, sasi+q= sassiq, achi+q= achchiq
Yuqoridagi o’zgarishlarning asosiylari tovush tushishi va tovush almashinivudir.
Topshiriq. Gap tarkibidagi qaysi so’zlar tarkibida tovush o’zgarishi hodisasi ro’y berayotganini tushintiring. Qornimga emas, qadrimga
yig’layman. Odamlarning ko’ngli nozik. Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, to’rtovlon tugal bo’lsa tepadagin undirar.
Fonologiya
Bu bo’limda fonemalar o’rganiladi. Fonema so’zlarni farqlash uchun ishlatilaigan eng kichik birlikdir. Fonologiya uchun faqat bir
tovushni ikkinchi tovushga taqqoslanganda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarigina ahamiyatli bo’ladi.
Fonemalar so’zning boshida, oxirida va o’rtasida kelishi mumkin.
So’z boshida
so’z o’rtasida
so’z oxirida
Bol
ko’z
tol
Tol
kuz
tog’
Qol
kez
tor
Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog’imiz bilan eshitgan, eng kichik va boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan
nutq parchasi tovush sanaladi.
Bevosita kuzatishda bir necha tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so’z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini
bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo’lakga bo’linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir. M: tosh-tom
so’zlarini sh va m tovushlari farqlaydi. Demak, sh va m alohida alohida fonemadir. Yoki tosh – tesh zidligida o va e ; tosh – qosh
zidligida t va q ma’noni farqlash uchun xizmat qiladi, shuning uchun ular ham mustaqil fonemalar sanaladi.
Ko’rinadiki bir necha fonema bir necha tovushlar orqali ro’yobga chiqadi. Fonemalarni sanash mumkin. Ular cheksiz ko’rinishlarga ega
bo’ladi. Bu esa tovushlar miqdorining cheksiz ekanligini ko’rsatadi. Fonemalar ikki va undan ortiq ma’noli birliklarni bir-biriga zidlash
orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |