O’ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMINING BERILISHI
1988-yildan boshlab o’zbek ziyolilari ham matbuotda o’zlarining qator maqolalari bilantilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat
tiliga aylantirish muammosini ko’tarib chiqdi. Bu masalaga bag’ishlangan bi qancha anjumanlar bo’lib o’tdi. Nihoayat , 1989-yilning
21-oktabrida o’zbek tili O’zbekiston Davlat tili sifatida rasman e’lon qilindi.
1995-yilning 21-dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahririni
qabul qildilar. Qonunning yangi tahriri 2-, 4-, 6-, 10-, 14- moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi.
YOZUV HAQIDA MA’LUMOT
O’zbek yozuvlari orasida keng tarqalgani 5ta
1. O’rxun-Enasoy yozuvi- bu yozuv “dulbarchin”, “runik” nomlari bilan ham ataladi. Bu yozuvdan ajdodlarimiz V-VII asrda
foydalangan. “Xuastuanift” va “O’rxun-Enasoy” obidalari shu yozuvda bitilgan. O’rxun-Enasoy yozuvi barcha yozuvlar ichida
turkiy tillarning xususiyatlariga juda mos edi. XI asrdan keyin O’rxun yozuvi tamomila iste’moldan chiqdi.
2. Uyg’ur yozuvi – bu yozuv tizimi X-XV asrlardan iste’molda bo’lgan. U so’g’d yozuvi asosida shakllangan. XVI asrda
Shayboniylar hukmronligi davrida iste’moldan chiqqan. Bu yozuvda bitilgan asarlardan eng qadimgisi “Qutadg’u bilig”
asarining Vena nusxasidir. X-XV asrda arab yozuvi bilan birga ishlatilgan.
3. Eski o’zbek yozuvi- arab yozuvi asosida shakllangan bo’lib, 720-yildan ya’ni VIII asrdan 1929-yilgacha foydalanilgan.
Xalqimiz bu yozuvdan 1200 yildan ko’proq vaqt davomida foydalanishgan. Arab yozuvida bitilgan eng qadimgi asar “Qutadg’u
bilig” asarining Qohira va Namangan nusxalaridir.
4. Lotin yozuvi- 1921yildan boshlab lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosiga o’tish harakatlari boshlandi. 1929-30-
yildan 1940-yilgacha shu yozuv tizimi amalda bo’ldi.
5. Kirill alifbosidan 1940-yildan to hozirgacha foydalanib kelinmoqda.
Dunyo xalqlari 220 xil yozuvdan foydalanishadi. Keng tarqalgani lotin yozuvi bo’lib, jahon xalqlaridan 30%i shu yozuvdan foydalanadi.
1993-yil 2-sentabr lotin yozuviga o’tish uchun qaror qabul qilindi. Unga ko’ra alifboda 31ta harf va 1ta (‘) tutuq belgisi mavjud edi.
Bu qonunga 1995-yil 6-mayda o’zgartirish kiritildi. Unga ko’ra 29ta harf shundan 3tasi sh, ch, ng harfiy birikma 1ta tutuq belgisi bor.
1995-yil 24-avgustda “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” qabul qilindi. Kirill alifbosi asosidagi imlo qoidalari 1956-yil e’lon qilindi.
Lotin yozuvi maktablarda 1996-yil 1-sentabrda amalda bo’lgan.
2005-yil 1-sentabrda to’liq o’tishi lozim edi. Bu holat 2010- yilgacha cho’zildi.
O’ZBEK TILSHUNOSLIGI BO’LIMLARI
Til haqida fan tilshunoslik yoki lingvistika deb ataladi. Tilshunoslik bo’limlari , avvalo , 2ga bo’linadi.
1.
Mazmuniga ko’ra: fonetika, leksika, morfologiya , sintaksis.
2.
Qo’llanishiga ko’ra: alifbo, imlo, talaffuz, tinish belgilari, uslubiyat.
Fonetika- nutq tovushlari
Etimologiya – so’zning kelib chiqishi Frazelogiya – iboralar
Dialektalogiya – sheva va uning turlari So’z yasalishi – so’z yasash usullari Fonologiya – fonemalar
Orfoepiya – to’g’ri talaffuz qoidalari
Morfemika – so’zning ma’noli qismlari
Toponomika- joy nomlari tarixi
Orfografiya – to’g’ri yozuv qoidalari
Morfologiya - so’z turkumlari
Grafika – yozuv va ularning ko’rinishi
Sintaksis – so’z birikmalari va gaplarning qurilishi
Leksikologiya – so’z va ularning turli xil ma’nolari
Punktuatsiya – tinish belgilari
Atamashunoslik – atama va terminlar
Do'stlaringiz bilan baham: