Til, lison va nutq munosabati. Lisoniy paradigma



Download 50 Kb.
bet14/19
Sana29.04.2022
Hajmi50 Kb.
#593613
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
2-Маъруза ҲОАТ

Mustaqil o‘qish uchun
Yana tilning sistemaviyligi haqida
Rus tilshunosi Dmitriy Nikolayevich Ushakov “Til haqidagi fanga qisqacha kirish” kitobida yozishicha, so‘z leksik va grammatik qismlarga bo‘linishi uchun ikki talabga javob berishi kerak. Birinchidan, grammatik qism ushbu ma’nosi bilan boshqa so‘zlarga ham qo‘shilib kelaverishi kerak. Ikkinchidan, so‘z ushbu ma’nosi bilan boshqa grammatik shakllarni o‘ziga biriktira olishi kerak. Masalan, qo‘lim so‘zi qo‘l+im tarkibiy qismlarga –im qo‘shimchasi oyog‘im, qulog‘im, tirnog‘im, barmog‘im, sochim, kitobim kabi so‘zlarda uchraganligi uchungina emas, balki qo‘l so‘zi qo‘llar, qo‘lni, qo‘l bilan, qo‘ldek kabi so‘zlarga asos bo‘lganligi uchun ham ajratiladi.
Agar bu asoslardan biri bo‘lmasa ham, so‘z tarkibiy qismlarga ajralmaydi. Masalan, shilqim so‘zidagi –im qo‘shimchasi qo‘lim so‘zidagi –im qo‘shimchasining vazifasini bajarmaydi.
Bitta grammatik shakl birgina so‘zga, bir so‘z birgina gammatik shaklga ega bo‘la olmaydi.
Olim tilning sistema ekanligini shunday asoslaydi.
O‘tgan asrning 20-yillarida tilning sistema ekanligini asoslashda bunday yondashuvlar kam uchraydigan holatlardan edi. Shuning uchun u o‘z davrida eng dong taratgan fikrlardan edi.



4. Qolip va hosila. Lisoniy birlikning navbatdagi turi qolip deyiladi. Qolip deganda yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil qilishning ongdagi sxemalari tushuniladi. Bu sxemalar til jamiyati a’zolarining lisoniy birliklarni nutqda biriktirib voqelantirish malakalari sifatida yuzaga chiqadi. Grammatik qonuniyat va qoidalar faqat qoliplarda amal qiladi. Qolipdan tashqarida sintaktik aloqa haqida gap bo‘lishi hm mumkin emas. Masalan, leksema faqat qolipda grammatik jihatdan shakllanadi.
Qoliplar ikki xil bo‘ladi:
a) so‘z yasash qolipi;
b) sintaktik (so‘z birikmasi va gap hosil qilish) qolip.
So‘z yasash qolipidan kam foydalanamiz. Chunki biz har doim ham so‘z yasayvermaymiz.
Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi UMIS tabiatli bo‘ladi. Masalan, nutqdagi cheksiz yasama so‘z (masalan, sutchi, nisholdachi kabi bitta, bevosita kuzatishda berilmagan lisoniy birlik (masalan, [narsa/buyum oti + chi = shu narsa/buyum bilan shug‘ullanuvchi kishi], ya’ni so‘z yasash qolipining nutqiy hosilasi. Kitobni o‘qimoq nutqiy hosilasi boshqa o‘ziga o‘xshash cheksiz so‘z birikmalari (qog‘ozni yirtmoq, uyni sotmoq va h.k.) bilan birgalikda [ottushum kelishigi + Fe’l = vositasiz to‘ldiruvchili fe’lli birikma] lisoniy sintaktik qolipiasosida hosil qilingan nutqiy birlik.
Qolip miqdoran cheklangandir. Masalan, o‘zbek tilida so‘z birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi ajratilgan va nutqimizda ulardan son-sanoqsiz so‘z birikmasi hosil qilinadi (bu haqda “So‘z birikmasi” bo‘limida batafsil bayon etiladi).
Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi shakl va mazmun yaxlitligidan iborat. Yuqorida keltirilgan qoliplarning tenglikdan chap qismi shakliy, o‘ng qismi esa mazmun tomoni deb yuritiladi. Qolipning [sifat + ot] tarzida mazmuniy tomonsiz berilishi ham xato emas. Chunki, masalan, [mi] morfemasi misol sifatida olinganda, uning grammatik ma’nosi, [kitob] leksemasi haqida fikr yuritilganda, har doim uning sememasi ham berilishi (masalan, [–chi = so‘roq, taajjub bildiruvchi morfema], [kitob = varaqlaridan tashkil topgan, muqovalangan, bosma yoki qo‘lyozma holdagi o‘qish quroli]) shart emas. Shu boisdan qolip haqida gap ketganda, uning shakl tomonini qayd etish kifoya qiladi.






Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish