Til, lison va nutq munosabati. Lisoniy paradigma


tilshunoslikning sistem-struktur davri



Download 50 Kb.
bet2/19
Sana29.04.2022
Hajmi50 Kb.
#593613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2-Маъруза ҲОАТ

tilshunoslikning sistem-struktur davri. Bu davrda tillarning sistemaviy xususiyatlariga, til birliklarini lisoniy va nutqiy turlarga ajratishga asosiy urg‘u berilib, lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishiga e’tibor qaratilmadi;

  • tilshunoslikning antrposentrik davri. Bu davrda til sistemalarining amal qilish xususiyatlariga, lisoniy imkoniyatlardan kishilarning nutqda amaliy foydalanish samaradorligiga e’tibor qaratila boshladi.






    Mustaqil o‘qish uchun
    Tilshunoslikda substansial-pragmatik yo‘nalish
    Bugungi kunda taraqqiyot o‘zbek tilshunosligidan aniqlangan lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini tekshirishni, ona tili imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligiga erishish muammosi bilan shug‘ullanishni talab qilmoqda. Yangi asr fani zimmasiga yuklatilayotgan bu ijtimoiy buyurtma tilni yangi – substansial-pragmatik (“imkoniyatdan voqelikka”) tamoyillar asosida tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi.
    Tilshunoslikning yangi yo‘nalishini ifodalovchi substansial-pragmatik terminining tarkibiga kirgan pragmatika so‘zi yunoncha pragma, pragmatos so‘zidan olingan va “ish”, “harakat” ma’nolarini bildiradi, tilshunoslikda til birliklarining qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganishni anglatadi. Substansial-pragmatik yo‘nalish muayyan til imkoniyatlarini egallab, undan amalda foydalanuvchilarning ushbu birliklar sistemasiga ongli, amaliy munosabatini tekshiradi.
    Substansial-pragmatik yondashuv – o‘zbek fanida shakllanayotgan tilshunoslikning yangi empirik yo‘nalishi. U lisoniy imkoniyatlarni so‘zlovchi, tinglovchi, ularning o‘zaro munosabati, muloqot vaziyati singari nolisoniy hodisalar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Shaxsning lisoniy imkoniyatlardan amaliy foydalanishi so‘zlovchi hamda tinglovchining shaxsiy sifatlari, nutq maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), shakllari (xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, salomlashish, so‘rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar), nutq strategiyasi va taktikasi, nutq odobi, muloqot madaniyati, so‘zlovchi yoki tinglovchining dunyoqarashi, bilim darajasi, qiziqishlari kabi qator nolisoniy omillar bilan mushtarak holda yuzaga chiqadi.
    Substansial-pragmatik yo‘nalish Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti bag‘rida shakllanmoqda.



    Har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. “Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri fanlardan o‘rganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo‘llarini belgilab beradi” (H.Ne’matov). Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o‘zbek tilshunosligi sistem-struktur davrining ilk bosqichi bo‘lgan formal (an’anaviy) tilshunoslik dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi UMIS va AHVOni bir-biridan izchil farqlamay tasnif etish bosqichi hisoblanadi. Chunki bu davr tilshunosligi zimmasiga ularni aniq farqlash vazifasi yuklatilmagan edi.


    XX asr boshlarida Yevropa ilmiy-falsafiy ta’limotiga Fridrix Hegel dialektik usulining keng kirib borish fizikada to‘ntarish hisoblangan Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasining shakllanishi va rivoji tilshunoslikka ham katta ta’sir ko‘rsatdi – tildagi umumiy va xususiy jihatlarni farqlashga turtki bo‘ldi.
    Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish avvalo, tilshunoslar Vilhelm fon Humboldt, Boduen de Кurtene va Ferdinand de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga sistema sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u til ilmidagi mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi.
    Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabgi yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanib, bu so‘z ko‘p ma’nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham til atamasi bilan yuritilar edi. Shu boisdan tilshunoslar UMISning tildagi ko‘rinishiiga nisbatan lison atamasini qabul qildilar. Dunyodagi biror tilshunoslikda lison va nutq hamda ularning majmui o‘zbek tilshunosligidagidek terminologik aniqlikda ifodalanmagan.
    Fanimizda til, lison, nutq va ularni tutashtiruvchi me’yor munosabati quyidagicha tushunildi (2-jadval):
    2-jadval

    TIL

    LISON

    ME’YOR

    NUTQ

    Yuqorida UMIS va AHVOning tildagi tajallisi (aksi) misolida lison va nutqning o‘zaro munosabati haqida kirish mazmunida so‘z yuritildi. Quyida unga batafsil to‘xtalinadi.


    Til – tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga, borliq haqidagi bilimlarni xotirada qat’iy sistema sifatida saqlashga, axborot uzatish va qabul qilishga xizmat qiluvchi muhim (birlamchi) ijtimoiy-ruhiy kommunikatsiya vositasi bo‘lib, u o‘z ichiga UMIS va AHVOlarni ham, UMISning AHVOga aylanish qonuniyatlarini ham qamrab oladi.




    Download 50 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish