1. Qadimgi turkiy til: V-VIII asrlar
2. Eski turkiy til: X-XI
3. Eski o’zbek adabiy tili: XII-XIII – XX asr boshlarigacha
4. Hozirgi o’zbek adabiy tili: XX asrning 30-yillaridan
QADIMGI TURKIY TIL
Bu davr tili asosan V-VIII asrlarni o’z ichiga oladi. O’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq kabi tillarning turkiy til deyilishiga sabab shuki, ularning hammasi qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Demak, hozirgi barcha turkiy tillar uchun qadimgi turkiy til umumiy til – bobo til sanaladi.
Turkiy tillarning shakllanish tarixini ko’pchilik olimlar 4ta davrga ajratadi:
1) Oltoy davri; 2) Eng qadimgi turk davri; 3) Qadimgi turk davri; 4) O’rta turk davri. Bular ichida o’rta turk davri hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanishi hamda rivojlanishi davri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |