Old bo’lakda latskanni modellash-o’rta chiziqda birinchi petlya o’rnini belgilash va bort kengligini aniqlashdan boshlanadi. Old bo’lakdan yuqori petlya o’rni – u nuqta belgilanadi: U nuqta model eskiziga qarab ko’krak va bel chiziqlariga nisbatan proportsional holda belgilanadi.
Pidjak borti kengligi tugma diametri, material qalinligi va bezak baxyaqator kengligi bilan aniqlanib, 1,8 sm dan 2,5 sm gacha bo’lishi mumkin. Ikki bortli pidjakda bort kengligi tugmalar oralig’idagi masofaning yarmiga oshiriladi.
Old bo’lak BK chizmasida latskanni bukish chizig’i boshi va oxiri nuqtalari belgilanadi va chiziladi. (L va M nuqtalar). Buning uchun old bo’lak bo’yin o’mizi cho’qqi nuqtasidan A41 yelka chizig’i davomida yoqa ko’tarmasi (tik qismi) balandligiga teng masofa qo’yiladi va Z1 nuqta belgilanadi. Klassik uslubdagi erkaklar pidjagi yoqasida ko’tarma balandligi (Vst) = 2,5 . . . 3,5 sm. (6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |