10
baxyali to‘g‘ri baxyaqator yuritadigan 97-A rusumli tikuv mashinasi;
ostki gazlamadan solqi hosil qiladigan 297 rusumli tikuv mashinasi;
gazlama chetini qirqishga mo‘ljallangan 397-M
rusumli tikuv
mashinasi; materialni differensial suruvchi 697 rusumli tikuv mashi-
nasi va hokazo. Rostov-Don yengil mashinasozlik zavodi o‘zining
tikish va yo‘rmashga mo‘ljallangan mashinalarini vazifasiga ko‘ra
raqam va harflar bilan belgilaydi (masalan, 408-AÝM, 508-M va
hokazo).
«Pfaff» (Germaniya) firmasi tikuv mashinalari 22ta raqamli bel-
gilanishga ega. Masalan, 142-732/09-263/02-900/05 BSx10 tikuv
mashinasi belgilanishi quyidagicha tahlil qilinadi: 1–ikki iðli moki
baxya hosil qilib tikuvchi, 4–tekis ðlatformali, 2–tebranma
harakat-
lanuvchi ignali, gazlamani ostki reyka orqali suruvchi ikki ignali,
732/09–gazlama chetini qirquvchi qurilmali; 263/02–cho‘ntak
tikuvchi qurilmali; 900/05–iðni qirquvchi ðichoqli; B–qalinlikdagi;
S–turdagi gazlamani tikuvchi mashina hisoblanadi.
Ignalar orasidagi
masofa 10 mm ga teng.
«Juki» firmasi (Yaðoniya) tikuv mashinalari oldin harflar, keyin
raqamlar bilan belgilangan. Masalan: DLN-5410H-6-W/EC-321/AK-
34 moki baxyali tikuv mashinasi belgilari firmaning maxsus
kataloglaridan quyidagicha aniqlanadi: DLN-5410 – tikuv mashinasi
modeli, H–og‘ir materiallarni tikishga mo‘ljallangan, 6–iðni
avtomatik
qirqish mexanizmli, W–ustki ið chetlatgichi bor. EC-
321–elektron boshqaruvchi sistemali, AK-34 – teðkini avtomatik
ko‘taruvchi qo‘shimcha mexanizmli mashina.
«Òekstima» (Germaniya) mashinasozlik birlashmasida ishlab chi-
qariladigan tikuv mashinalari ikki guruh raqamlar bilan belgilanadi.
Masalan, 8332/3355 rusumli tikuv mashinasida 8332–sinfiy
belgisi
hisoblansa, 3355–texnik va texnologik ma’lumotlarini bildiradi,
ya’ni 3–moki baxyali, iðni naychaga o‘rash mexanizmli, 3–gazla-
mani ostki surish va gazlamaning chetini qirquvchi ðichoq me-
xanizmli, 5–iðni qirquvchi, igna holatini ta’minlovchi, teðkini
ko‘tarish
va tushirish mexanizmli, 5–qalinligi 5 mm gacha bo‘lgan
gazlamani tikuvchi mashina ekanligini anglatadi.
Vatanimiz tikuvchilik korxonalarida «Minerva» (Chexoslovakiya)
firmasi – siniq baxyaqator bilan tikish mashinalari, «Pannoniya»
firmasi – dazmollash ðresslari, «Pfaff», «Adler», «Juki» (Yaðoniya)
firmalari – har xil turdagi tikuv mashinalari, «Shtrobel» firmasi –
ko‘rinmas chok hosil qilib tikuvchi, Rossiya
va Belorussiya yengil
mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqarilayotgan universal va maxsus
vazifali tikuv mashinalari keng qo‘llanilmoqda.