Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini jalb qilish va ularni joylashtirishni tartibga solish yo’llari va usullaridir


Banklararo kredit resurslari bozorining mazmuni va tarkibi



Download 7,91 Mb.
bet59/98
Sana27.03.2022
Hajmi7,91 Mb.
#513489
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98
Bog'liq
fayl 2018 20211007 (1)

13.1. Banklararo kredit resurslari bozorining mazmuni va tarkibi.

Banklararo kredit resurslari bozori – bu kredit resurslarini oldi-sotdi qilish maqsadida tashkil etilgan maxsus markazlardir.


Banklararo kredit resurslari bozori ssuda kapitallari bozori ham deb ataladi. Banklararo kredit rseurslari bozorida tijorat banklarining birinchi qismi kredit


resursi sotuvchi sifatida, ikkinchi qismi esa, kredit resursini sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi.


Banklararo kredit resurslari bozori ikki segmentdan iborat:


*pul bozori;


* kapital bozori.


Pul bozorida qisqa muddatli, ya’ni muddati 12 oygacha bo’lgan depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi.


Kapital bozorida o’rta va uzoq muddatli depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi.


Banklar resurslarini boshqa banklardan ssuda olish, ya’ni banklararo kredit hisobiga ham kengaytirish mumkin. Ortiqcha kredit resurslarini sotish bilan moliyaviy barqaror tijorat banklari shug’ullanadi. Bu resurslar daromad keltirishi uchun banklar bu resurslarni boshqa banklarga joylashtirishga harakat qiladilar. Banklar resurslarini joylashtirib, daromad olishdan tashqari, bank-kreditor uchun bankning boshqa faoliyatlari bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Banklar uchun o’z kredit resurslarini xo’jaliklarga joylashtirishdan ko’ra, banklarga joylashtirgan foydaliroqdir. Ayniqsa, hozirgi sharoitda kreditning qaytishi uchun kafolat xo’jalik korxonalaridan ko’ra banklarda kattaroqdir. Banklararo kreditning muddatlari har xil. Rivojlangan davlatlar tijorat banklari amaliyotida bir, uch, olti oy muddatli banklararo kredit berish ko’prok ishlatiladi. Yana shuni aytib o’tish joizki, 1 kundan tortib bir necha yil muddatga beriladigan banklararo kredit berish ham rivojlanmokda. Hozirgi paytda MDH davlatlarida 3 oydan 6 oy muddatgacha banklararo kreditdan foydalanish banklar faoliyatida keng tarqalgan. Banklararo kreditning foiz stavkasi, odatda, xo’jaliklarga


163
beriladigan kreditlar foiz stavkasidan past bo’ladi va Markaziy bank tomonidan bu stavkalar nazorat qilinadi. Resurslarni jalb qilish nuqtai nazaridan esa bank uchun banklararo kredit boshqa depozitlarni jalb qilishdan ko’ra qimmatroqqa tushadi. Banklar resurslarini banklararo kreditlar hisobiga shakllantirishdan maqsadi shuki, banklar o’z mijozlarini kreditga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir va kredit qo’yilmalarini yanada kengaytirib foyda olishdir.

Tor ma’noda Ssuda kapitalining jahon bozori (SKJB)deganda – xalqaro kredit operatsiyalari ro’y beradigan bozor yoki ssuda kapitalining xalqaro bozori tushuniladi. U o’z ichiga chet el kreditlari va zayomlar bozorini oladi. Bu bozor, o’z navbatida, ssuda kapitali (SK) milliy bozoridagi xalqaro operatsiyalarini keltirib chiqaradi. Evrovalyuta bozori yoki evrobozor bu chet el valyutasida mamlakat tashqarisida naqd pulsiz depozit – ssuda operatsiyalari ro’y beradigan bozordir. Evrovalyuta operatsiyalari SKJ bozorini deyarli qamrab olganligi tufayli ba’zi adabiyotlarda SKJB sinonimi sifatida evrobozor tushunchasi ham ishlatiladi. (Ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda SKJB dagi 70-90% operatsiyalar evrovalyuta operatsiyalariga to’g’ri keladi). Keng ma’noda SKJB deganda ssuda kapitalining jahon miqyosida taqsimlanishi va kayta taqsimlanishining iqtisodiy mexanizmi tushuniladi. Ya’ni bu jarayon ssuda kapitali milliy bozorini va evrobozorni muvofiqlashtirishga asos bo’ladi.


SKJB evolyutsiyasi jahon iqtisodiyotining baynalminalla-shuv jarayoni dinamikasida o’z aksini topadi. Bu rivojlanish bos-qichlarini quyidagicha ifodalash mumkin:


Birinchi bosqich rivojlanishining monopol darajasi, SKJB ko’p tarqalgan SK milliy bozorlarining muvofiqlashuvi sifatida ko’ringan.


Ikkinchi bosqich, yuqori rivojlanish davrida xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va xalqaro kreditning rivojlanishi asosida SKJB shakllanadi. Dastlab xalqaro kreditning rivojlanishi milliy bozorlarda faqat xalqaro operatsiyalar shaklida namoyon bo’lgan. Asta-sekin yirik bozorlar (London, Parij, N’yu-Yorkda) jahon moliya markazlariga aylanadi. Bu moliya markazlarida o’tkazilgan operatsiyalar jahon bozorining ikkinchi sektorini shakllantirdi. Bu


164
markazlar offshoring, Off-shove – mamlakat tashqarisida ma’lum bir masofada joylashgan. Jahon moliya markazlariga banklar va kredit-moliya institutlari jamlangan. Xalqaro kredit oltin va chet el valyutasida operatsiyalar olib boradigan bu muassasalar SKJB ning tashkiliy markazlari bo’lib qoldi. 1929-1933 yillarda jahon iqtisodiy tanazzuli, undan keyin depressiya va II Jahon urushi davrida tashqi savdo hajmi shuningdek, jahon markazlarida ham, milliy bozorda ham xalqaro operatsiyalarning soni qisqarib bordi. Keyingi bosqichlarda SKJBning rivojlanishining 50-yillardagi evrobozorning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Valyuta munosabatlarini olib borishda valyuta cheklovlarining yuzaga kelishi va SK milliy bozorlari orasidagi farqlanish mavjudligi sharoitida xalqaro moliya kapitalining harakati va rivojlanishi yagona, milliy davlat boshqaruvidan yctunroq boshqariluvchi bozorni talab qildi. Evrobozor shunday bozor sifatida vujudga keldi. U milliy bozorlar o’rtasida o’ziga xos faoliyat olib boruvchi vositachi hisoblanadi. Chunki bunda operatsiyalar milliy davlat tashkilotlari tomonidan boshqarilmaydi. Evrobozorlar dastlab evrodollar bozori shaklida rivojlana bordi. Evrodollarning paydo bo’lishi dollarning chet el banklarida jamg’arilishiga va ularning kredit operatsiyalarda ishlatilishiga olib keldi. 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab evrobozor operatsiyalari evromarka, evrosterling evrofranklar kabi boshqa valyutalarda olib borila boshlandi. Evrobozor ta’sirida evropada yirik jahon moliya markazlari vujudga keldi. Londonda, Tsyurixda, Parijda va boshqa rivojlangan davlatlarda moliyaviy markazlar paydo bo’lib bordi. «Evrobozor» terminidagi evro qo’shimchasi shu bilan izohlanadi. 60- yillar iqtisodiyotining yana bir xususiyati shundaki, bu davrda Amerika dollar bozori paydo bo’ldi.

Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish