Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini jalb qilish va ularni joylashtirishni tartibga solish yo’llari va usullaridir


Tijorat banklari depozitlari bahosini shakllantirish usullari



Download 7,91 Mb.
bet57/98
Sana27.03.2022
Hajmi7,91 Mb.
#513489
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98
Bog'liq
fayl 2018 20211007 (1)

12.3. Tijorat banklari depozitlari bahosini shakllantirish usullari

Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita bo’lib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo’yilgan mablag’larga daromad olish mijozlarning qo’yilma qo’yishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Depozit foiz stavkalari darajasini har bir tijorat banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o’zining depozit siyosatidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit schetlarining alohida ko’rinishlari bo’yicha daromad hajmi qo’yilma muddati, summasi, hisobvarag’ini amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi va xarakteri va, nihoyat, mijozning qo’yilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga bog’liq.


Talab qilingungacha bo’lgan depozitlar bo’yicha hisobvaraqalari egalari tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular qoldiqning nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday schetlar guruhi daromadlik darajasi bilan ajralib turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag’lar qoldig’i bo’yicha foizlar umuman to’lanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari uchun to’lov mablag’larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag’larni minimallashtirish va ortiqcha summalarni qo’yilmalarning daromadliroq shakllariga joylashtirishga undaydi.


Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo’yicha foizlar deyarli majburiy tartibda o’rnatiladi, ammo u bo’yicha daromad hamisha muddatli qo’yilmalarga qaraganda pastroq bo’ladi. Muddatli qo’yilmalar bo’yicha foiz stavkasi hajmini o’rnatishdagi muhim omil bo’lib, mablag’lar joylashtirilgan muddat hisoblanadi.


Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb qilingan mablag’lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga solib turadi.


158
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojlanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o’tkazish, Shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit multiplikatsiyasi (ya’ni mablag’larning bir bankdan boshqasiga zanjirsimon shaklda o’tkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan.

Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zaxira talablari bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo’lib xizmat qiladi.


―A‖ bankdagi dastlabki depozit 1000 birlikning 20%i (200 birlik) majburiy zaxira sifatida Markaziy bankka o’tkazilgandan keyin tijorat bankining kredit berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin boshqa bank depozitiga aylanishi mumkin. Masalan. Ushbu berilgan kredit summasi ―B‖ bankning mijozi bo’lgan mahsulot etkazib beruvchining hisobvarag’iga sotuvdan tushum shaklda kelib tushadi. ―A‖ bankning krediti ―B‖ bankda depozitni vujudga keltiradi. ―B‖ bank bu depozitdan kredit beradigan bo’lsa, majburiy zaxirani hisobga olgan holda (800*20/100) uning miqdori 640 (800-160) birlikka teng bo’ladi. Ushbu jarayonni oxirigacha (ya’ni depozit va kreditlarning to’liq ishlatilishigacha) tasavvur qiladigan bo’lsak, 1000 birlik shakllantirilgan dastlabki depozit miqdori, majburiy zaxira darajasi 20% bo’lganda barcha banklar bo’yicha 5000 birlikkacha, 800 birlikka teng bo’lgan dastlabki kredit miqdori esa 4000 birlikka o’sishi mumkin.


Agar majburiy zaxira yo’q deb taxmin qilinsa nazariy jihatdan depozit mul’tiplpkatsiyasi va kredit ekspansiyasi cheksizlikka teng va teskarisi, majburiy zahira 100% bo’lgan taqdirda depozit mul’tiplpkatsiyasi 0 ga teng bo’ladi.


Depozit (yoki kredit) mul’tiplpkatsiyasining maksimal miqdori yoki chegarasini hisoblash uchun quyidagi matematik formuladan foydalaniladi.


D=D0*1/R
159
Bundan:

D─bank tizimida shakllantirilishi mumkin bo’lgan depozitning maksimal miqdori;


D0─dastalabki depozit;


R─depozit birligiga teng keladigan likvidlik zahirasi.


Yuqorida keltirilgan misolimizda depozit mul’tiplpkatsiyasi koeffitsenti 5 yoki 5000 birlikka (D=1000*(1/2)), kredit mul’tiplpkatsiyasi koeffitsenti esa 4 yoki 4000 birlik (K=800*(1/0.2)ka teng.


Mul’tiplpkatsiya darajasi majburiy zaxira darajasiga teskari mutanosib ravishda o’zgaradi, demak majburiy zahira darajasi oshsa, bank tizimining kredit salohiyati imkoniyatlari ham kamayadi.


Depozit mul’tiplpkatsiyasi va kredit ekspansiyasi g’oyasi quyidagi iqtisodiy zaruriyatni keltirib chiqaradi: har qanday tijorat banki depozitlarni qabul qila turib, o’z mijozlvri oldidagi majburiyatlarini bajarishlari uchun uning ma’lum bir qismini likvidlik zahirasi sifatida saqlashlari lozim. Shu bois tijorat banklarining kredit berish salohiyati miqdori bank tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslar, majburiy xzahira hajmiga bog’liq. Kredit potensiali (salohiyati) miqdori (Ks)ni qisqacha holda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.


Ks=D-Mz-Lz


Bu erda:

D─jalb qilingan mablag’lar;

Mz─majburiy zahira miqdori;


Lz─likvidlikni ta’minlash bo’yicha zahiralar.


Shunday qilib tijorat banklarining kredit salohiyatiga:


bankka jalb qilingan mablag’larning umumiy miqdori;


Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zahira darajasi;


joriy likvidlilikni saqlash maqsadida tashkil qilingan zahira va undan foydalanish tartibi;


kredit salohiyati manbalarining tarkibi va barqarorligi;


160
bank majburiyatlarining tarkibi va umumiy miqdori kabi omillar ta’sir ko’rsatadi.

Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish