Buxgalteriya hisobi schyotlari – aktivlarning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash, nazorat qilish usulidir.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi. “Debet” va “Kredit” so‘zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan.
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” degan ma’noni bildiradi.
1. Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha.
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma’lumotlari buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu ma’lumotlar qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba’zi bir schyotlarda saldo bo‘lmasligi ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida yozilgan summalar debet oborot, kredit qismiga yozilgan summalarini kredit oborot deb ataladi.
№
Schyotlar turkumlanishi xususiyatlari
Xususiyatlardan kelib chiqqan holda schyotlar tarkibi
1.
Schyotlarning tuzilishiga ko‘ra
Doimiy schyotlar
Aktiv (A)
Passiv (P)
Vaqtinchalik schyotlar
Tranzit schyotlar (T)
Balansdan tashqari schyotlar (BT)
2.
Ko‘rsatkichlarni aks ettirilishiga ko‘ra
Sintetik schyotlar
Analitik schyotlar
3.
Balansda aks ettirilishiga ko‘ra
Balans schyotlari
Balansdan tashqari schyotlar (BT)
4.
Tayinlanish mo‘ljaliga ko‘ra
Asosiy schyotlar
Aktiv schyot (A)
Passiv schyot (P)
Tartibga soluvchi schyotlar
Kontr-aktiv (KA)
Kontr-passiv (KP)
To‘ldiruvchi schyotlar
Taqsimlovchi schyotlar
Yig‘ib taqsimlovchi
Hisobot davrlari bo‘yicha taqsimlovchi
Kalkulyatsiya schyotlari
Taqqoslovchi schyotlar
Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi
Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan
Kalkulyatsiya (lot. calculatio, calculo — hisoblayman, hisob-kitob) — mahsulot birligi yoki bajarilgan ish tannarxini hisoblab chiqarish. Kalkulyatsiya tannarx boʻyicha reja yoki hisobotning asosiy koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Korxonada aniq bir turdagi mahsulot birligini i.ch. va sotish boʻyicha, shuningdek, xalq xoʻjaligining sanoat, transport va boshqa tarmoqlarida ish birligini (tashish, taʼmirlash va b.) bajarish uchun qilingan harajatlarni pul shaklida ifoda etadi. Kalkulyatsiya quyidagi turlarga boʻlinadi: reja Kalkulyatsiyasi (ilgʻor ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning ilgʻor usullarida mehnat sarflari meʼyorlari asosida tuziladi).
Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi. Taqqoslovchi schyotlar guruhiga kiruvchi schyotlar bo’yicha schyotning debet va kredit tomonlariga yozilgan yozuvlar taqqoslanib, xo’jalik jarayonlarining natijalari aniqlanadi
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlardir. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.