10.1-jadval
Bazel-1 standartida ko’zda tutilgan kapitalning etarliligini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar va ularning me’yoriy darajalari
10.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki, Bazel-1 standartida tijorat banklarining birinchi darajali kapitali miqdorining reguyativ kapitalning yarmidan kam bo’lmasligi belgilangan.
10.2-jadval
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kapitallashish darajasini
tavsiflovchi ko’rsatkichlarning holati
128
|
Ko’rsatkichlar
|
|
2013y.
|
2014y.
|
2015y.
|
2016y.
|
2017y.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Banklar
|
regulyativ
|
kapitali
|
|
|
|
|
|
miqdori, trln. so’m
|
|
6,5
|
6,9
|
7,8
|
9,4
|
23,7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tijorat
|
banklari
|
regulyativ
|
|
|
|
|
|
kapitalining etarlilik darajasi, %
|
|
|
|
|
|
|
|
|
24,3
|
23,8
|
23,6
|
23,8
|
21,6
|
|
|
|
|
|
|
|
|
10.2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinadiki, 2013-2017 yillarda respublikamiz tijorat banklarining regulyativ kapitali miqdori o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan. Buning ustiga, mazkur davr mobaynida tijorat banklari regulyativ kapitalining etarlilik darajasi Bazel standarti talablaridan qariyb 3 barobar yuqori bo’lgan. Mazkur holatlar tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirish nuqtai-nazaridan ijobiy hisoblanadi.
2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining umumiy kapitali miqdori o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan. Bu esa, banklarning to’lovga qobilligini ta’minlash nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 13 iyundagi 14/3-sonli (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 6 iyuldagi 2693-sonli raqam bilan ro’yxatga olingan) ―Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi yo’riqnomasi qabul qilindi. Ushbu yo’riqnomada respublikamiz tijorat banklari regulyativ kapitalining etarliligiga nisbatan belgilangan minimal talablarni bosqichma-bosqich oshirib borish talabi o’z aksini topdi (10.1-rasm).
129
10.1-rasm. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari regulyativ kapitalining etarliligiga nisbatan belgilangan minimal talablarni bosqichma-bosqich oshirib borish talabi22
10.1-rasmda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinadiki, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining regulyativ kapitaliga va birinchi darajali kapitaliga nisbatan belgilangan minimal talablar 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab 2019 yilning 1 yanvariga qadar bo’lgan davrda bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Ushbu jarayonda, ayniqsa, birinchi darajali kapitalning etarliligiga nisbatan belgilangan minimal talab sezilarli darajada oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli ―O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida‖gi farmoni bilan ―2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi‖ tasdiqlandi.
Harakatlar strategiyasida tijorat banklarining kapitallashish darajasiin yanada oshirish vazifasi qo’yildi.
22Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Бошқарувининг 2015 йил 13 июндаги 14/3-сонли (Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2015 йил 6 июлда 2693-рақам билан рўйхатдан ўтказилган) ―Тижорат банклари капиталининг монандлигига қўйиладиган талаблар тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида‖ги қарори//Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2015. - №27.- 27-б.
130
Ushbu vazifani bajarish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida‖gi qarori qabul qilindi.
Mazkur Qarorga muvofiq:
*2017 yil 1 oktyabrdan boshlab ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablar quyidagicha belgilandi:
tijorat banklari uchun – 100 mlrd. so’m
mikrokredit tashkilotlari uchun – 2 mlrd. so’m
lombardlar uchun – 500 mln. so’m
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va Asakabankning valyutada shakllantirilgan ustav kapitalini ushbu xorijiy valyutalarni sotish yo’li bilan milliy valyutada shakllantirish
to’g’risidagi taklifi qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |