10-BOB. TIJORAT BANKLARI KAPITALINI BOSHQARISH
10.1. Bank kapitalini tashkil qiluvchi asosiy elementlarning tavsifi
1988 yilda Bazel qo’mitasi tomonidan Kapitalni hisoblash va kapital standartlarini xalqaro unifikatsiyalash to’g’risidagi Kelishuv qabul qilindi.
Mazkur Kelishuvda tijorat banklari kapitalining tarkibini shakllantirish, kapitalning etarliligi, aktivlarni riskka tortishga nisbatan yagona, unifikatsiyalashgan talablar belgilandi.
Regulyativ kapital = Asosiy kapital + Qo’shimcha kapital
Asosiy kapital tarkibi:
Ustav kapitalining to’langan qismi.
Bankning emission daromadi.
O’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi.
Zaxira kapitali.
Nokumulyativ imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan tushumlar. Asosiy kapitaldan quyidagilar chegirib tashlanadi:
Gudvil
Nomoddiy aktivlar
Qo’shimcha kapital tarkibi:
125
Kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxiralarning aktivlarni riskka tortilgan summasining 1,25 foizidan oshmaydigan qismi.
Qayta baholash zaxirasi.
Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari.
Riskka tortilgan aktivlar summasining 1,25 foizidan oshmaydigan miqdorda aktivlarning qadrsizlanishiga qarshi qilingan zaxiralar.
Gibridli moliyaviy instrumentlar (imtiyozli kumulyativ aktsiyalar). Xalqaro hisob-kitoblar bankining ma’lumotlariga ko’ra, dunyoning 150 dan
ortiq mamlakatida (dunyoda 193 ta mustaqil davlat mavjud), shu jumladan, O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari kapitalining etarliligini baholash bo’yicha Xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standart qo’llaniladi. Ushbu standartga ko’ra, tijorat banki regulyativ kapitalining etarliligini aniqlash uchun regulyativ kapital summasi bankning riskka tortilgan aktivlari summasiga bo’linadi. Ushbu koeffitsientning eng past me’yoriy darajasi 0,08 yoki 8% qilib belgilangan. Agar tijorat bankida mazkur koeffitsientning amaldagi darajasi 8 foizdan past bo’lsa, u holda, ushbu bankning balansi nolikvid hisoblanadi.
Bazel-3 standartiga ko’ra, tijorat banklari kapitalining tarkibiy tuzilishi o’zgardi.
Tijorat banklarining birinchi darajali kapitali 2 qismga ajratildi:
Birinchi darajali asosiy kapital.
Birinchi darajali qo’shimcha kapital. Birinchi darajali asosiy kapitalning tarkibi:
Bankning to’liq to’langan oddiy aktsiyalari
Qo’shilgan kapital (oddiy aktsiyalarni bozor bahosi va nominal qiymati
o’rtasidagi farq)
3. Taqsimlanmagan foyda
(30905 va 30908 – hisobraqamlar olinmaydi)
Ozchilikning ulushi
Devalvatsiya zaxirasi
Birinchi darajali qo’shimcha kapital tarkibi:
126
Nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aktsiyalar
Qo’shilgan kapital
(imtiyozli aktsiyalarning bozor bahosi va nominal qiymati o’rtasidagi farq)
Birinchi daraji qo’shimcha kapitalga qo’shilish shartlariga javob beruvchi
sho’’ba korxonalarning ishtirok etish ulushi (sho’’ba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida bo’lgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar)
Birinchi darajali kapitaldan chegirmalar:
nomoddiy aktivlar;
birlashmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapitaliga qilingan barcha investitsiyalar;
boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |