Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini jalb qilish va ularni joylashtirishni tartibga solish yo’llari va usullaridir


v) Bank aktivlari riskka tortilgan miqdorining o’zgarish omili



Download 7,91 Mb.
bet48/98
Sana27.03.2022
Hajmi7,91 Mb.
#513489
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98
Bog'liq
fayl 2018 20211007 (1)

v) Bank aktivlari riskka tortilgan miqdorining o’zgarish omili.

Bu omilning muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini shundan ham bilsa bo’ladiki, xalqaro Bazel andozalari bo’yicha jami kapitalning ham, asosiy kapitalning ham etarlilik darajasi aktivlar riskka tortilgan miqdoriga nisbatan belgilangan.


Mazkur andozalarning amaliyotga joriy qilingunga qadar tijorat banklari to’lovga qobilligining asosiy ko’rsatkichi sifatida ular mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajara olish imkoniyati e’tiborga olinar edi. Unga muvofiq, bank mijozning, asosan muddatsiz depozitlari bo’yicha qo’ygan talablarini shu zahoti bajara olish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur edi. Albatta, ushbu ko’rsatkich hozirgi kunda ham o’zining dolzarbligini saqlab turibdi, lekin banklar iqtisodiy jihatdan


132
inqirozga tushib qolishining asosiy omillari sifatida ularning aktiv operatsiyalari tarkibida riskka tortilgan aktivlari darajasining holatiga qarab aniqlanishi muhim ko’rsatkich bo’lib qoldi.

Mulohaza o’rnida ta’kidlash lozimki, xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari iqtisodiy jihatdan bankrotlikka uchramasliklari uchun qancha miqdorda kapital mablag’i zarur bo’ladi, degan savolga aniq javob mavjud emas. Chunki, katta miqdorda kapitalga ega bo’lgan Yaponiya, G’arbiy evropa mamlakatlarda ko’zga ko’ringan banklar iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tutganligi tarixdan ma’lum. Demak, Bazel andozalariga ko’ra bank kapitalining etarliligi tijorat banklari riskka tortilgan aktivlarining sifatiga bog’liqligi mantiqan to’g’ri. Ya’ni, riskka tortilgan aktivlarning sifati qanchalik yomon bo’lsa, bank kapitalining miqdori ham shunga nisbatan yuqori bo’lishi va tegishli zaxiralarni yaratish lozim, va aksincha.




g) Bank kapitali etarliligi sharoitida uning likvidliligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan likvidli aktivlar mavjudligi omili.Ushbu omilning ahamiyati shundaki, ayrim tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida resurslarning, shu jumladan, kapitalning asosiy qismini yuqori riskli aktiv operatsiyalarga yo’naltiradilar. Bunday sharoitda banklar likvidliligi xavf ostida qoladi. Shuning uchun, bank aktivlari tarkibida uning likvidliligini ta’minlash maqsadida ma’lum miqdordagi likvidli aktivlarni saqlab turish maqsadga muvofiqdir.

Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotida hukumat qimmatli qog’ozlaridan bank likvidliligini ta’minlashda keng foydalaniladi. Masalan, Yaponiya tijorat banklarida xukumat qimmatli qog’ozlariga qo’yilmalar bank aktivlarining 10 foizdan ortiqroq qismini tashkil qiladi. Xuddi shunday holatni Germaniya, Buyuk Britaniya va Frantsiyada ham kuzatish mumkin.


Hukumatning qimmatli qog’ozlari yuqori likvidlilik xususiyatiga ega bo’lib, ularga nisbatan moliya bozorida doimo barqaror talab mavjud. Shuning uchun ularni istalgan vaqtda qulay bozor baholarida sotib, bank likvidliligini ta’minlash mumkin. Boshqa tomondan esa, ular tijorat bankiga qat’iy belgilangan


133
foizlarda daromad keltiradi va banklarning foizli daromadlarini ko’paytirish yo’li bilan ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ana shu xususiyatlari tufayli ham hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalari tijorat banklari likvidliligini ta’minlashning nisbatan ishonchli va daromadli vositasi hisoblanadi.

Rivojlangan xorijiy davlatlarning ko’pchiligida joriy likvidlilik koeffitsientlari mavjud bo’lib, ular bank kapitaliga nisbatan o’rnatilgandir. Masalan, Frantsiyada likvidlilik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: kreditlarning umumiy miqdori bank o’z mablag’i (kapitali) ning miqdoridan va ayrim balans passividagi elementlar miqdoridan uch martadan ortiq bo’lmasligi lozim. Germaniyada ushbu ko’rsatkich to’rt marta qilib belgilangan. Bu har ikkala ko’rsatkich bankning o’rta va uzoq muddatlilik ko’rsatkichlaridir. O’rta va uzoq muddatli likvidlilik ko’rsatkichlari AQSh, Angliya va Yaponiyada o’rnatilmagan.


Bozor iqtisodiyotining tobora rivojlanib va takomillashib borayotganligi mamlakatimizda ko’chmas mulklar, ayniqsa shaharlardagi binolarning likvid aktivlar sifatidagi ahamiyatini oshirmoqda. Keyingi yillarda ko’chmas mulklarning bahosi sezilarli ravishda ortib bormoqda. Tijorat banklari geografiyasiga e’tibor beradigan bo’lsak, ular asosan iqtisodiy jihatdan rivojlangan yirik shaharlardagi ko’rkam va nufuzli binolarda joylashgan. Shu bois, ular ustav kapitalining asosiy qiymati 10 foizgacha bo’lgan qismini ko’chmas mulklarda shakllantirishga ruxsat berilishi ularning kapitallashuv darajasini oshirishga ijobiy ta’sir qiladi;


Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining subordinar qimmatli qog’ozlarni sotib olish orqali uzoq muddatli kreditlarni berishni yo’lga qo’yish lozim. Markaziy bank tomonidan tijorat banklari kapitalini oshirish maqsadida berilgan subordinar kreditlar quyidagi ijobiy natijalarni beradi:


–respublikamizda monetizatsiya koeffitsientining oshishiga olib keladi. Ma’lumki, respublikamiz iqtisodiyotida monetizatsiya koffitsienti nisbatan past darajada (15–17 foiz) qolmoqda;


134
–tijorat banklarida nisbatan arzon manbalar hisobidan kapitallashuv darajasini oshirish imkoniyati tug’ildi. Bu esa o’z navbatida ularning real sektorni kreditlashga yo’naltirayotgan mablag’lari hajmining ortishiga olib keladi;

–Markaziy bank iqtisodiyotdagi pul va tovar massasi o’rtasida muvozanatni ta’minlanishi bilan birga, yuqori miqdorda bo’lmasada qo’shimcha daromad manbaiga ega bo’ladi.


banklarning qarz aktsiyalarini muomalaga chiqarish lozim.Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarini uzoq muddatli resurslarga bo’lgan talabini qondirishda ta’minlanmagan obligatsiyalarni muomalaga chiqaradi. Odatda ushbu uzoq muddatli majburiyatlar ta’minlamagan obligatsiya (dibenchir)lar hisobiga shakllantiriladi.


Xalqaro amaliyotda ushbu moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqarishdan asosiy maqsad banklar kapital bazasini mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, ikkinchi jahon urushiga qadar ko’zda tutilmagan holatlar vujudga keladigan zararlarni qoplash maqsadida, 60 yillardan keyin esa banklarning resurs (kapital) bazasini mustahkamlash maqsadida odatiy holat sifatida muomalaga chiqarila boshlandi. Tijorat banklariga aktsiyalardan ko’ra nota va obligatsiyalarni muomalaga chiqarishning afzalligi shundaki, ular bo’yicha to’lanadigan dividendlar miqdori soliqqa tortish bazasidan chegirib tashlanadi.


Angliya banklari kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida 60–yillardan keyin «qarz aktsiya» larini muomalaga chiqara boshladi. Ular o’rta va uzoq muddatli nomli qimmatli qog’ozlar hisoblanib, banklar belgilangan muddatlarda foizlarni to’lab turish va qayta sotib olish sharti bilan moliya bozorlariga taklif etadi. Masalan, Angliyaning «Midlend benki» 1983 yilda yillik 10,75 foiz bilan 1993–1998 yillarda so’ndirish sharti bilan muomalaga chiqargan qarz aktsiyalarini keltirish mumkin23. Bu aktsiyalarning qaysidir jihati imtiyozli aktsiyalarga ham o’xshaydi, chunki bank iqtisodiy jihatdan foyda ko’rmaganda ham belgilangan foizlarni to’lab turishi shart hisoblanadi.




23УсоскинВ.М. Современный коммерческий банк: Управление и операции. –М.: Вазар-Ферро, 1994. -С. 96.
135
O’zbekiston tijorat banklari kapitali tarkibida muddati jihatidan «uzun» mablag’larning mavjud emasligini inobatga oladigan bo’lsak, qarz aktsiyalarning muomalaga chiqarilishi kapitallashuv darajasini oshirishda muhim moliyaviy dastak bo’lib hisoblanadi.

Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish