ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”ti qaroriga asosan:
A. tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan belgilangan talablar oshirildi
B. bank aktivlarining sifatini yomonlashganligi yuzasidan bank Boshqaruvi va Kengashining javobgarligi bir xil qilib belgilandi
C. tijorat banklaridan naqd pullarni maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat olib tashlandi
D. tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarini shakllantirishning bozor mexanizmi joriy etildi
Tijorat banki regulyativ kapitalining necha foizidan oshgan summadagi bitimlarni amalga oshirish uchun bank Kengashining yozma roziligi olinishi kerak?
A.5%
B.15%
C.25%
D.50%
246
GLOSSARIY
Valyuta operatsiyasi – xorijiy valyutalarni va valyutaviy qimmatliiklarni sotib olish va sotish operatsiyasi.
Valyuta kursi – milily valyutaning xorijiy valyutada ifodalangan qiymatidir.
Pul massasi – muomaladagi pul miqdori.
Depozit (omonat) – yuridik va jismoniy shaxslarning banklarning joryi, muddatli va jamg’arma depozit hisobarqamlarida saqlanayotgan pul mablag’lari.
Depozitariy - bank yoki boshqa yuridik shaxs bo’lib, u qimmatli qog’ozlarni saqlash, qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan bitimlarni ro’yxatdan o’tkazish, mijozlarning topshirig’iga ko’ra qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan vositachilik operatsiyalarini amalga oshiradi.
Depozitniy sertifikati – tijorat banki tomonidan yuridik shaxslar uchun chiqarilgan qimmatli qog’oz bo’lib, o’z egasiga muddat tugagandan so’ng deponeent qilingan summani va unga hisoblangan foiz summasini olish huquqini beradi.
Dividend – aktsiyadorlik jamiyatlarining oddiy aktsiyalarini ostib olgan investorlarga sof foyda hisobidan to’lab beriladigan daromad summasi.
Diskont – tijorat banki tijorat vekselini sotib olayotganda yoki hisobga olayotganda ushlab qoladigan foiz.
Bankning daromadliligi – bank tomonidan hisobot davrida olingan daromadning (foyda) jami aktivlarga nisbati.
Indossament – tijorat vekselini boshqa shaxsag uzatish huquqini beruvchi maxsus yozuv.
Indossant – tijorat vekselini indossament orqali boshqa shaxsga uzatgan
shaxs.
Indossat – tijorat vekselini qabul qilib olgan shaxs.
Qimmatli qog’ozlarga investitsiy qilish – tijorat banki tomonidan qimmatli qog’ozlarin sotib olish.
Ipoteka – garov shakli bo’lib, bunda kredit oluvchi garvga qo’yilgan qo’zg’almas mulkka nisbatan egalik huquqini saqlab qoladi.
247
Ipoteka krediti – qo’zg’almas mulkni garovga olish yo’li bilan jismonyi va yuridik shazslarga beriladigan uzoq muddatli kredit.
Kredit - ssuda v denejnoy ili tovarnoy forme, predostavlennaya na usloviyax vozvratnosti, srochnosti i platnosti. Ekonomicheskaya sushchnost kredita - est forma dvijeniya ssudnogo kapitala.
Kredit siyosati – tijorat bankining kreditlash siyosatining asosiy yo’nalishlarini va kreditlash jarayonlarini belgilab beradigan me’yoriy hujjat.
Bankning kreditlash salohiyati – bank tomonidan jalb qilingan resurslarning likvidlilik zaxirasi chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi.
Kredit to’loviga layoqatlilik – tijorat banki mijozlarining olingan kreditni o’z vaqtida va to’liq qaytara olish qobiliyati.
Kredit portfeli – tijorat banki tomonidan berilgan va hali qaytarilmagan jami kreditlarning yig’indisi.
Kredit liniyasi – tijorat banki tomonidan mijozga belgilangan davr mobaynida olishi mumkin bo’lgan kreditlar miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |