Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini jalb qilish va ularni joylashtirishni tartibga solish yo’llari va usullaridir


Tijorat banklari kredit portfeli tushunchasi va uni tashkil etilishi



Download 7,91 Mb.
bet28/98
Sana27.03.2022
Hajmi7,91 Mb.
#513489
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
Bog'liq
fayl 2018 20211007 (1)

7.1. Tijorat banklari kredit portfeli tushunchasi va uni tashkil etilishi

Tijorat bankining kredit portfeli – bu bank tomonidan berilgan va hali qaytarilmagan barcha kreditlarning yig’indisidir.


Kredit portfeliga muddati o’tgan kreditlar ham, shartli qayta ko’rib chiqilgan kreditlar ham, sud jarayonidagi kreditlar ham kiradi.


Tijorat banklari tomonidan berilgan barcha kreditlar uning kredit portfelida o’z ifodasini topadi. Tijorat banklari o’z mijozlariga turli kurinishdagi kreditlar berishi mumkin. Avvalambor, qarz oluvchilarning asosiy guruhlari buyicha:



  1. xo’jalikka;




  1. aholiga;




  1. hukumatga va davlat organlariga berilgan kreditlarga bulinadi. Yunalishi buyicha kreditlar quyidagicha:




  1. iste’mol;




  1. sanoat;




  1. savdo;




  1. kishlok xujaligi;




  1. investitsion;




  1. byudjet.




  1. kisqa muddatli;




  1. uzok muddatli kreditlarga bo’linadi. Miqdori buyicha kreditlar:




  1. yirik;




  1. o’rta;




  1. kichik kreditlarga bo’linadi.




  1. ta’minlanmagan (ishonch) kreditlar;




  1. ta’minlangan kreditlarga bulinadi.

81
Uz navbatida, taminlangan kreditlar ta’minlanish xarakteriga ko’ra:



  1. garovli;




  1. kafolatlangan;




  1. sug’urtalangan kreditlarga bulinadi. Bank kreditlari maqsad buyicha:




  1. ipoteka ssudalari




  1. moliyaviy tashkilotlarga berilgan ssudalar;




  1. kishloq xujaligiga berilgan sudalar;




  1. savdo va sanoat korxonalariga berilgan ssudalar;




  1. jismoniy shaxslarga berilgan ssudalar;




  1. boshqa ssudalar;




  1. lizing moliyalashtirish.

Bunda bank uzining kaysi tarmokka kuproq etibor berishiga karab, yoki bu kredit ulushi kredit portfelida kuprok buladi. Bu uning kredit siesatidan kelib chiqadi.


Bank aktiv operatsiyalari ichida kredit asosiy va bank daromadini katta qismi ham ayni shu kredit operatsiyalari orqali keladi. Shu sababli bank kredit portfelining qanday shakllanishi bank faoliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bank yaxshi kredit portfelini shakllantirish niyatida ekan, kreditlash jarayonini tug’ri tashkil qilishi zarur buladi.


Biz yuqorida turli ko’rinishdagi kreditlarni ko’rdik, biroq konkret banklarning kredit portfelining tarkibi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi.


Bank kredit portfelining tarkibini aniqlovchi muhim omillardan biri bu ayni bank xizmat kursatadigan bozor sektorining spetsifikasidir.


Har bir bank o’z bozor segmenti mijozlarining qarz mablag’lariga bulgan ehtiejini hisobga olishi kerak. Masalan, bank shahar chekkasidagi uylar va kichik do’konlarga ega tumanda joylashgan bulsa, asosiy uy binolari garovi ostida, ipoteka krediti, avtomobil, uy jixozlari, umuman uy xujaligini yuritish uchun xarajatlarni qoplashga kredit beradi, aksincha katta shaharda ofislar, kata univermaglar, sanoat korxonalari orasidagi banklar, odatda uz kreditlarini asosan


82
tijorat firmalariga tovar materiallar zahiralarini to’ldirishga, jihozlar sotibolishga va ish haqiga yo’naltiradilar.

Albatta, banklar kredit beraetganlarida o’zlari xizmat ko’rsataetgan regionlarga to’lik bog’liq bulmaydilar. Kerakli kredit mablag’larini to’liq eki qisman ular boshqa banklardan olishlari mumkin. Bu adolat agar bank xizmat qilaetgan region iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelsa, zarar kurish riskini pasaytiradi.


Bank miqyosi ham uning kredit portfeliga ta’sir etuvchi omillardan biri xisoblanadi, ayniksa, bir qarz oluvchiga beriladigan kreditning maksimal miqdorini belgilovchi kapitalning xajmi muhimdir. Katta banklar, odatda ulgurji kreditorlar hisoblanadilar, ular o’zlarining kreditlari asosiy mikdorini korporatsiyalar va boshka firmalarga beradilar. Kichikroq banklarning faoliyati esa fuqarolarga kichik ssudalar, uy garovi ostida xususiy shaxslarga kreditlar, firma va rancho egalariga kichik kreditlar shaklidagi yakka holdagi kreditlarni berishga yo’naltirilganlar.


Bundan tashqari, kredit portfeli tarkibiga ko’ra kreditlashning turli kurinishlari sohasida menejerlarning tajriba va malakasi hamda uz kredit inspektorlariga ma’lum kurinishdagi kreditlarni bermasligi ko’rsatilgan bank kredit siyosati ham ta’sir ko’rsatadi.


Kredit portfelining tarkibi ma’lum darajada bankning kutilaetgan daromadiga ham bog’liq. Chunki bank, odatda kutilaetgan daromadi maksimal bulgan ssudalarni berishni ma’qul ko’radi.


Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash jaraenini tug’ri va sifatli olib borishi zarur.


Kreditlash jaraeni bir necha tamoyillar orqali amalga oshiriladi:





  1. maqsadlilik;




  1. ta’minlanganlik;




  1. muddatlilik;




  1. qaytarishlik;




  1. to’lovlilik.

Ushbu tamoyil asosida kredit olmoqchi bulgan mijozlarga kredit paketi


83
taierlanadi va kredit olish mumkin eki mumkin emasligi tahlil qilinadi.


Yaxlit olib qaralganda, kredit siesati tijorat bankining yagonakreditlash tizimini vujudga keltiradi desak xato bulmaydi. Chunki bu siesat bank o’sgan sari uning yangidan tashkil etiladigan bo’linma va filiallariga bank faoliyatining, kredit vakolatlarining, burchlarining taqsimotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aniq bir siesatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan kredit siesati bank krediti madaniyati umumiy tarakkietining o’zagini ko’rsatadi.



Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish