"T A S D I Q L A Y M A N" Beshariq tuman 6-umumiy o‘rta
ta’lim maktabi direktori __________ A.Karimov 14-oktabr 2021-yil
Beshariq tumani statistika bo‘limi tomonidan Aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta‘minlash bo‘yicha tumanda joylashgan 6-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida o‘tkazilgan davra suxbati
B A Y O N I
2021-yil 14-oktabr Beshariq shaxri
Yig‘ilish raisi: Beshariq tumani 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori A.Karimov.
Qatnashdilar: Beshariq tumani 6–maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari shuningdek, tuman statistika bo‘limi hodimlari.
KUN TARTIBI
Aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va unda aholining faol ishtirokini ta‘minlash to‘g‘risida.
_____________________________________________________________ (O.Komilov, A.Karimov, A.Xo‘jaqulov, U.Temirov, A.Abduhamitov, O.Komilov.)
Uchrashuvni 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori A.Karimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.Komilov so‘zga chiqib Vazirlar Maxkamasining 11.11.2020-yildagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-qaroriga muvofiq, aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib, respublikamizda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish belgilanganligi, hozirgi kunda ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida ham batafsil tushuntirishlar berdi.
Ta‘kidlandiki, 2023-yil 1-5-noyabr kunlari internet tarmog‘i orqali, 11-22-noyabr kunlari esa xonadonlarga tashrif buyurgan holda so‘rov o‘tkazish orqali aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi.Ro‘yxatga olish jarayonlariga xodimlar o‘z xohishlariga ko‘ra vaqtincha jalb qilinib, ular tomonidan uyma-uy yurgan holda aholidan so‘rov o‘tkazish orqali savolnomalar to‘ldiriladi.Mazkur tadbirda aholining faol ishtirok etishi muhimligi ham aytib o‘tildi.
Uchrashuvda maktab o‘qituvchilari ham o‘z so‘zida o‘z jamoalari bilan birgalikda ushbu tadbirda faol ishtirok etishlariga targ‘ib qilishda ko‘maklashishlarini bildirib o‘tishdi.
Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Yig‘ilish kotibi: U.Temirov
Do'stlaringiz bilan baham: |