Nazorat uchun savollar
1. Tijorat banklarining kredit siyosatiga nisbatan Markaziy bank tomonidan
o’rnatilgan qanday talablar mavjud?
2. Tijorat banklari kredit siyosatining qanday tarkibiy qismlari mavjud?
80
3. Banklar kredit siyosatining qanday mezonlari mavjud?
4. Kredit siyosatida kreditlarning daromadlilik darajasiga nisbatan qanday
talablar mavjud?
5. Kredit siyosatida kreditlarning risk darajalariga nisbatan qanday talablar
mavjud?
6. Kreditlarning garov ta’minotiga nisbatan qanday talablar mavjud?
81
7-BOB.
TIJORAT
BANKLARI
KREDIT
PORTFELINI
BOSHQARISH
7.1. Tijorat banklari kredit portfeli tushunchasi va uni tashkil etilishi
Tijorat bankining kredit portfeli – bu bank tomonidan berilgan va hali
qaytarilmagan barcha kreditlarning yig’indisidir.
Kredit portfeliga muddati o’tgan kreditlar ham, shartli qayta ko’rib chiqilgan
kreditlar ham, sud jarayonidagi kreditlar ham kiradi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan barcha kreditlar uning kredit portfelida
o’z ifodasini topadi. Tijorat banklari o’z mijozlariga turli kurinishdagi kreditlar
berishi mumkin. Avvalambor, qarz oluvchilarning asosiy guruhlari buyicha:
xo’jalikka;
aholiga;
hukumatga va davlat organlariga berilgan kreditlarga bulinadi.
Yunalishi buyicha kreditlar quyidagicha:
iste’mol;
sanoat;
savdo;
kishlok xujaligi;
investitsion;
byudjet.
Kreditlar foydalanish muddati buyicha:
kisqa muddatli;
uzok muddatli kreditlarga bo’linadi.
Miqdori buyicha kreditlar:
yirik;
o’rta;
kichik kreditlarga bo’linadi.
Ta’minlanganlik buyicha:
ta’minlanmagan (ishonch) kreditlar;
ta’minlangan kreditlarga bulinadi.
82
Uz navbatida, taminlangan kreditlar ta’minlanish xarakteriga ko’ra:
garovli;
kafolatlangan;
sug’urtalangan kreditlarga bulinadi.
Bank kreditlari maqsad buyicha:
ipoteka ssudalari
moliyaviy tashkilotlarga berilgan ssudalar;
kishloq xujaligiga berilgan sudalar;
savdo va sanoat korxonalariga berilgan ssudalar;
jismoniy shaxslarga berilgan ssudalar;
boshqa ssudalar;
lizing moliyalashtirish.
Bunda bank uzining kaysi tarmokka kuproq etibor berishiga karab, yoki bu
kredit ulushi kredit portfelida kuprok buladi. Bu uning kredit siesatidan kelib
chiqadi.
Bank aktiv operatsiyalari ichida kredit asosiy va bank daromadini katta qismi
ham ayni shu kredit operatsiyalari orqali keladi. Shu sababli bank kredit
portfelining qanday shakllanishi bank faoliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bank
yaxshi kredit portfelini shakllantirish niyatida ekan, kreditlash jarayonini tug’ri
tashkil qilishi zarur buladi.
Biz yuqorida turli ko’rinishdagi kreditlarni ko’rdik, biroq konkret banklarning
kredit portfelining tarkibi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi.
Bank kredit portfelining tarkibini aniqlovchi muhim omillardan biri bu ayni
bank xizmat kursatadigan bozor sektorining spetsifikasidir.
Har bir bank o’z bozor segmenti mijozlarining qarz mablag’lariga bulgan
ehtiejini hisobga olishi kerak. Masalan, bank shahar chekkasidagi uylar va kichik
do’konlarga ega tumanda joylashgan bulsa, asosiy uy binolari garovi ostida,
ipoteka krediti, avtomobil, uy jixozlari, umuman uy xujaligini yuritish uchun
xarajatlarni qoplashga kredit beradi, aksincha katta shaharda ofislar, kata
univermaglar, sanoat korxonalari orasidagi banklar, odatda uz kreditlarini asosan
83
tijorat firmalariga tovar materiallar zahiralarini to’ldirishga, jihozlar sotibolishga
va ish haqiga yo’naltiradilar.
Albatta, banklar kredit beraetganlarida o’zlari xizmat ko’rsataetgan
regionlarga to’lik bog’liq bulmaydilar. Kerakli kredit mablag’larini to’liq eki
qisman ular boshqa banklardan olishlari mumkin. Bu adolat agar bank xizmat
qilaetgan region iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelsa, zarar kurish riskini
pasaytiradi.
Bank miqyosi ham uning kredit portfeliga ta’sir etuvchi omillardan biri
xisoblanadi, ayniksa, bir qarz oluvchiga beriladigan kreditning maksimal miqdorini
belgilovchi kapitalning xajmi muhimdir. Katta banklar, odatda ulgurji kreditorlar
hisoblanadilar, ular o’zlarining kreditlari asosiy mikdorini korporatsiyalar va
boshka firmalarga beradilar. Kichikroq banklarning faoliyati esa fuqarolarga kichik
ssudalar, uy garovi ostida xususiy shaxslarga kreditlar, firma va rancho egalariga
kichik kreditlar shaklidagi yakka holdagi kreditlarni berishga yo’naltirilganlar.
Bundan tashqari, kredit portfeli tarkibiga ko’ra kreditlashning turli
kurinishlari sohasida menejerlarning tajriba va malakasi hamda uz kredit
inspektorlariga ma’lum kurinishdagi kreditlarni bermasligi ko’rsatilgan bank kredit
siyosati ham ta’sir ko’rsatadi.
Kredit portfelining tarkibi ma’lum darajada bankning kutilaetgan daromadiga
ham bog’liq. Chunki bank, odatda kutilaetgan daromadi maksimal bulgan
ssudalarni berishni ma’qul ko’radi.
Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor
kreditlash jaraenini tug’ri va sifatli olib borishi zarur.
Kreditlash jaraeni bir necha tamoyillar orqali amalga oshiriladi:
maqsadlilik;
ta’minlanganlik;
muddatlilik;
qaytarishlik;
to’lovlilik.
Ushbu tamoyil asosida kredit olmoqchi bulgan mijozlarga kredit paketi
84
taierlanadi va kredit olish mumkin eki mumkin emasligi tahlil qilinadi.
Yaxlit olib qaralganda, kredit siesati tijorat bankining yagonakreditlash
tizimini vujudga keltiradi desak xato bulmaydi. Chunki bu siesat bank o’sgan sari
uning yangidan tashkil etiladigan bo’linma va filiallariga bank faoliyatining, kredit
vakolatlarining, burchlarining taqsimotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aniq bir
siesatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan kredit siesati bank krediti
madaniyati umumiy tarakkietining o’zagini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |