Tijorat bankining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdim



Download 245,58 Kb.
bet11/12
Sana31.12.2021
Hajmi245,58 Kb.
#277839
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
hisobot A

Bank istiqbollari

«Ipak Yo’li» AITB mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda eng yaxshi banklardan biriga aylanishga intiladi, bank biznesini baraqaror ravishda rivojlantiradi, mijozlar, sheriklar va barcha manfaatdor shaxslar bilan birgalikda o'z oilasi va butun mamlakat foydasiga takomillashib borishga intiladi.

2018-2020 yillar uchun Rivojlanish strategiyasi Bankning barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilab beradi, ular aktivlar va passivlar tuzilmasini diversifikatsiya qilish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, shuningdek Bankni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgandir.

Bank o‘zining tijorat faoliyatida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil-7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga amal qiladi hamda mijozlar va kontragentlar uchun ham, aksiyadorlar, potensial investorlar va regulyator uchun eng yuksak darajada ochiq bo‘lib qolgan holda, ishonchlilik, likvidlilik va mustaqillik prinsiplariga qat’iy rioya etadi.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son va 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-son Qarorlarining bank tizimini institutsional rivojlantirishni yanada isloh qilish, tijorat banklarining kapitallashuv, barqarorligi va likvidliligi darajasini xalqaro standartlarga muvofiq oshirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari spektrini kengaytirish bo‘yicha ijrosini ta’minlash, shuningdek milliy va xalqaro reyting agentliklaridan yuqori reyting ko‘rsatkichlarini qo‘lga kiritish maqsadida Bankning asosiy strategik ustuvorligi quyidagi strategik vazifalarni bajarishni ta’minlash hisobiga investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdan iborat:

• Raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish.

• CHakana biznesni rivojlantirish.

• Tavakkalchiliklarni va kapitalni boshqarish tizimlari samaradorligini oshirish.

• Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish hamda biznes-jarayonlarni takomillashtirish.

• Bank foydaliligi va rentabelligini oshirish asosida barqaror rivojlanishni ta’minlash.

Asosiy faoliyat turlari bo‘yicha strategik maqsadlarga erishish bank bozoridagi pozitsiyalarning yanada kuchayishiga olib kelishi lozim, bu Bankka kelgusida ham barqaror va ishonchli Bankning iqtisodiy o‘rnini saqlab qolish, shuningdek bo‘lajak investorlar uchun jozibador bo‘lish imkonini beradi.

2018-2020 yillar uchun Rivojlanish strategiyasi Bankning barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilashda boshqaruvining samaradorligini oshirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsad qilingan:

1. Bankda korporativ boshqaruvni tartibga soladigan qonunchilik asoslarni takomillashtirish.

2. Bankda korporativ boshqaruv haqidagi tushuncha va korporativ madaniyatni shakllantirish.

3. Bankda kuzatuv kengashining bank faoliyatining samaradorligidagi mas’uliyatini oshirish.

4. Bankda ichki auditni to‘la mustaqilligini ta’minlash.

5. Bank faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarning shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash.

6. Bank korporativ boshqaruvi bo‘yicha reyting tizimini amalda tadbiq tish.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishni ta’minlash, banklar raqobatbardoshligini yanada oshirish borasida amaliyotga yangi yo‘nalishlarni joriy qilish va yuqori samaradorlikka erishishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Respublikamiz moliya-bank tizimining uzluksiz isloh qilinishi uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini xalqaro me’yorlar va andozalarga asosan baholashga nisbatan qo‘yiladigan talablarning ortib borishi tijorat banklarining qator ko‘rsatkichlar tizimiga amal qilish hamda muntazam ravishda o‘z faoliyatlarini nazorat qilishlariga sabab bo‘lmoqda.



Xulosa

Milliy ta’lim tizimini mustaxkamlash, uni zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi, jamiyatimizdagi amalga oshirilayotgan isloxotlarni yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan chambarchas har tomonlama bog’langan bo’lishi kerak. Fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda ishlab chiqarish amaliyotni o’rni beqiyosdir.

Bank tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashda ishlab chiqarish amaliyotiga katta axamiyat beriladi. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish amaliyoti davrida nazariy bilim amaliyot bilan bog’lanadi va talaba universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda sinab ko’radi.Ishlab chiqarish amaliyotimning asosiy maqsadi amaliyot vaqtida tijorat banki, uning tarkibiy tuzilishi, bank faoliyatining huquqiy asoslari xamda bank bo’limlari faoliyati to’g’risida tushunchaga ega bo’lish. Bundan tashqari amaliyot davrida malakali bank xodimlari bilan bevosita muloqotda bo’ldim va buning natijasida bank faoliyati to’g’risida etarli darajada dunyoqarash shakllandi. Ishlab chiqarish amaliyotda tijorat banki faoliyatidagi amaliy ma’lumotlar bilan tanishdim. Amaliyot vaqtida kerakli amaliy ma’lumotlardan foydalanadim. Ishlab chiqarish amaliyot vaqtida bevosita tijorat banklarining jamoat hayotida ishtirok etdim va bank ichki tartibiga qat’iy amal qildim.

O’zbekiston bank tizimini izchil rivojlantirish respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bo’lib, uning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda respublikada bank tizimi shakllanishi va rivojlanishi tarixiga doir masalalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib berishda, uning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish va ayrim aniqliklarni kiritish lozim.Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy majlisga murojaatnomasida “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to’liq xalos bo’la olmaymiz.

2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur” diya ta’kidlab o’tgan edi. Mamlakatimizda zamonaviy bozor iqtisodiyotini barpo etish borasida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirilayotgan bo’lib, tadbirkorlik va xususiy mulkka asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar tizimining yaratilayotganligi buning yaqqol isboti bo’la oladi. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sektori dunyoning deyarli barcha mamlakatlari va mintaqalarida asosiy rivojlanish manbaiga aylangan.

Bankning kelajakdagi rejalari, moliyaviy prognozlari bilan tanishdik. Bunda bankning 2021 yilning har bir oyi uchun moliyaviy rejalari mavjud bo’lib, unda bankning sof foydasini, avkivlarini oshirib borish ko’zda tutilgan. Bankning ko’p yillik rivojlanish strategiyasida esa 2019-2021 yillar davomida bankning mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, boshqa banklar bilan bo’ladigan munosabatlarni yaxshilash, bank ishchi hodimlar ishining sifatini oshirish, bankning moliyaviy holatini yaxshilash ko’zda tutilgan.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Bankda o’tkazgan 8 haftalik tanishuv amaliyotim maroqli, foydali va yangi bilimlarga boy bo’ldi. Amaliyot davomida yetarlicha ko’nikma va malakaga ega bo’ldim, shu bilan birga bank sohasiga bo’lgan qiziqishim ham yanada ortdi.

Amaliyot o’tash davrida bankning moliyaviy holatini uning kapitali, aktivlari miqdori haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdik va bankning uch yillik moliyaviy natijalari, daromad harajatlar miqdori va ularning o’zgarish dinamikasini o’rgandik. Bunida bank holati barqaror bo’lib, bankning aktivlari, kapital hajmi, sof foyda miqdori o’sib borish tendensiyasiga ega.






Download 245,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish