Kirish
O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga qo’shilishida bank tizimining o’rni beqiyosdir. Bank tizimining rivojlanishi yuqori malakali soha mutaxassislariga bog’liq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni respublika hududidagi tijorat banklarida amaliyot o’tash yo’li bilan mustahkamlash yuqori malakali bank mutaxassislarini tayyorlashning asosini tashkil etadi.
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiya tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o‘rni beqiyos. Amaliyot tanlangan mutaxassislik bo’yicha ko’nikma va bilimlarni shakllantiradigan manbadir.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amliyoti haqida Nizom” talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan dastur asosida men ham barcha talabalar qatorida nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’lash, kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash maqsadida men, Qarshiyeva Marjona Alisher qizi 2021-yilning 10-mayidan 10-iyulga qadar Toshkent shahar “Ipak Yo’li” AITB Chilonzor filialida ishlab chiqarish amaliyotni o‘tadim.
Amaliyot davomida berilgan mavzular bo‘yicha amaliyot ishimga oid me’yoriy hujjatlar va amaliy ma’lumotlarni o‘rgandim:
Tijorat bankining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdim.
Tijorat banki faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rgandim.
Tijorat bankining faoliyat yuritayotgan sohasining tahlil qildim.
Tijorat bankining faoliyatining asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar tahlilini o’rgandim.
Tijorat bankining moliyaviy hisobotlari bilan tanishdim.
Tijorat bankining istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rganib chiqdim.
Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va amaliy ma’lumotlarni o‘rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.
Ishlab chiqarish davomida yuqoridagi mavzular bilan bir qatorda bankning korporativ mijozlar bilan, jismoniy shaxslar bilan ishlash, kredit bo’limi, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi shuningdek plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi xizmatlari va ishlari bilan tanishdim. Ishlab chiqarish amaliyot kunlari davomida nazariy ma’lumotlar asosida amaliy harakatlarni kuzatish imkoniyati yaratib berildi va bu amaliyotimni to’laqonli o’tashimni ta’minladi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxasislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish menda malakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |