Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet101/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Kognitiv buzilishlar:

  • fikrlar karaxtligi, aqliy faoliyatning pasayishi (demensiyadan farqli o'laroq o'tib ketuvchi xususiyatga ega);

  • parishonxotirlik, xotira pasayishi, ayniqsa eslab qolishning buzilishi;

  • uyqu buzilishi (uyqusizlik yoki uyquchanlik).

Depressiya tashxisini qo'yish uchun yuqorida sanab o'tilgan simptomlaming aksariyati kamida ikki hafta mobaynida kuzatilishi lozim.
Kasalliklarning xalqaro 10-tasnifida «Affektiv buzilishlar» rukniga quyidagilar kiritilgan: hozir kuzatilayotgan depressiv epizod, rekurrent (takrorlanuvchi) depressiya, bipolyar buzilishlar (depressiya va maniakal holatlarning almashinib turishi), siklotimiya va distimiyani o'zida mujassam etgan kayfiyatning surunkali buzilishlari. Affektiv buzilishlar klinikasida depressiv epizodlar (katta, unipolyar yoki monopolyar va avtonom depressiyalar) alohida o'rin tutadi. Shuningdek, ushbu tasnifda nopsixctik ko'rinishdagi affektiv buzilishlar ichida «stress bilan bog'liq nevrotik va somatik buzilishlar» hamda «aralash xavotirli va depressiv buzilishlar» farq qilinadi.
Agar xavotir va depressiya belgilari birgalikda namoyon bo'lsa-yu, biroq vegetativ buzilishlar ustunlik qilsa, unda depressiyaning yengil turi haqida so'z yuritiladi. Bunday holatni mutaxassislar «Xavotirli depressiya» deb atashadi. Agar vegetativ buzilishlar va depressiya belgilari bir xil tarzda namoyon bo'lsa, «aralashgan xavotirli-depressiv buzilishlar» tashxisi qo'yiladi. Bularning ichida depressiv epizod, odatda, to'la tuzalish bilan yakunlanadi, biroq, ba’zi bemorlarda vegetativ belgilar uzoq davom etadi. Tuzalgan bemorlarning 30 foizida depressiya qaytalanishi mumkin. Bunday holat rekurrent (takrorlanuvchi) depressiv buzilishlar deb ataladi.
Depressiya diagnostikasida uning kechishini to'g'ri baholash o'ta muhimdir. Masalan, tibbiy amaliyotda ko'p uchraydigan rekurrent (takrorlanuvchi) depressiya, depressiv va maniakal bosqichlarning


250




almashinib turishi bilan kechadigan bipolyar buzilishlar ba’zi bir diagnostik qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.
Xalqaro tasnifga muvofiq, depressiyaning yengil (subdepressiya), o'rtacha va og‘ir turlari farqlanadi.
Depressiyani aniqlashda gipodiagnostika ko‘p uchraydi va o‘nta bemordan bor-yo‘g‘i bittasi maxsus davolash muolajalarini oladi, xolos. Somatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladigan depressiyalarda bemorlarga zarur boimagan tekshiruvlar va shart bo'lmagan dori-darmonlar buyuriladi. Tabiiyki, bunday yo‘l kutilgan ijobiy natijani bermaydi.
Aytib o'tganimizdek, depressiyaga kayfiyatning pasayishi, fikrlar karaxtligi va harakatga bo‘lgan ishtiyoqning yo‘qolishi xosdir. Mana shu uchta simptomning uzoq vaqt birgalikda namoyon bo'lishi, depressiya tashxisini qo'yishga asos bo‘la oladi. Depressiya bilan og'rigan bemorlarga dunyoni va atrofda bo'layotgan voqealarni salbiy tarzda qabul qilish, o'zining hayotda tutgan o‘mini pessimistik ruhda baholash, o'zini hech kimga keraksizdek his qilish o'ta xosdir. Ular doimo xavotirda yashashadi, hech qanday faoliyatga qiziqish bo'lmaydi, atrofdagi o'yin-kulgilar va yaqinlarining taqdiriga e’tibor ham qilmaydi. Ular doimo xo'rsinib yurishadi, chalg'itish uchun biror-bir ishga majburlash mumkin. biroq buni shunchaki bajarishadi. Bemorlar uxlay olishmaydi yoki faqat uyqu bosaveradi, yomon tushlar ko'rishadi (birovlarni bo'g'ib o'ldirishadi, pichoqlaydi, olamdan o'tgan yaqinlari va qonli voqealarni ko'p ko'radi). Bu esa bemorlar kayfiyatini yanada tushiradi va ahvolini og'irlashtiradi.
Depressiyaga ta’rif bera turib, ushbu kasallik uchun xos bo'lgan yana bir xavfli belgini aytib o'tish lozim, ya’ni joniga qasd qilishga intilish. Shuning uchun ham depressiya barcha davlatlarda ijtimoiy muammoga aylangan.
Abdominal buzilishlar haqida so'z yuritadigan bo'lsak, depressiyada anoreksiyaning ham ko'p uchrashini ta’kidlash lozim.
Anoreksiya ovqat yeyishdan bosh tortish bilan namoyon bo'ladi. Ruhiy shifoxonalarda depressiyaning og'ir turi bilan davolanayotgan va ovqatlanishdan butunlay bosh tortgan bemorlarni majburlab, zond orqali ovqatlantirishga to'g'ri keladi. Lekin bu muammoni ba’zi bemorlarga tushuntirish orqali hal qilish mumkin.
Past kayfiyat depressiya xuruji davrida doimo namoyon bo'ladi va atrofdagi vaziyatga qarab o'zgaravermaydi. Biroq kun davomida kuchayib yoki kamavib turishi mumkin.
Aksariyat psixologlarning fikricha, depressiya kuchli, maqsadga intiluvchan, biroq hissiyotga beriluvchan odamlarda ko'p kuzatiladi. Ularning depressiyaga tushishdan oldingi hayoti o'rganilganda, quyidagi xususiyatlar aniqlangan:


251




  1. Depressiyaga uchragan shaxslarning o‘ziga xos dunyoqarashi bo'ladi, ular atrofdagi voqealarni o‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda tahlil qiladigan va hissiyotga beriluvchan shaxslardir. Ular, ko‘pincha, hayotdan qoniqmay yashashadi, erishgan yutuqlari ularni qoniqtirmaydi, faoliyatlariga tanqidiy munosabatda bo'lishadi, faqat marrani egallash uchun yashashadi. Shu bilan birga, boshqalarning, masalan, hamkasblarining xatolarini topishni va maslahat berib yurishni xush ko'rishadi. Odatda, ular kuchli odamlardir. Agar uning xatosini ko'rsatishsa, bundan qattiq aziyat chekadi va shu odamni yoqtirmay qoladi.

  2. Ular oilada ham, uyda ham aniq bir reja asosida hayot kechirishga intilishadi, o'ta talabchan bo'lishadi, bola-chaqasidan ham shunday yashashni talab qilishadi. Bu, ko'pincha, oilaviy mojarolarga sabab bo'ladi.

  3. Ular oila va ishdagi muvaffaqiyatsizliklar, musibatli voqealarni og'ir qabul qilishadi, ichkilikka ham tez ruju qo'yishlari mumkin.

  4. Ular yolg'izlikni yoqtirishadi, biror ishni boshlashsa yoki rahbarlardan topshiriq olishsa, uni mukammal bajarishga intilishadi. Bunday odamlar arzimagan bahodan juda xursand va arzimagan koyishdan qattiq xafa bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham ularning jahlini chiqarish yoki kayfiyatini tushirish osondir.

Davolash osullari
Depressiyani davolashda psixoterapiya va psixofarmakoterapiyaga asosiy urg'u beriladi.
Har qanday depressiyada psixofarmakoterapiya psixoterapiya bilan boshlanishi va tugallanishi kerak. Farmakoterapiyadan oldin o'tkaziigan psixoterapiya davolanish jarayonini yengillashtirsa, undan so'ng o'tkazilgani depressiya qaytalanishining oldini oladi. Bugungi kunda depressiyani davolash jarayonida qo'llaniladigan psixoterapevtik usullar juda ko'p bo'lib, ularning ba’zilari haqida to'xtalib o'tamiz.
Psixoterapiya
Psixoanaliz (psixodinamik terapiya). Psixodinamik nazariyaga muvofiq depressiyaning negizida ichki ongsiz ziddiyatlar yig'indisi yotadi: shaxs bir tomondan, birovlarga qaram bo'lishni istamaydi, ikkinchi tomondan, boshqalar uni e’tirof etishi va qo'llab-quvvatlashini istaydi. Albatta, ushbu bir-biriga zid holatlar doimiy qoniqmaslik hissini yuzaga keltiradi, ya’ni boshqalarga nisbatan qahr-g'azab va xafagarchilik shaxsning ichki


252




dunyosini qamrab oladi. Shu asnoda shaxsning o‘zi esa boshqalarning nazdida mehribon, odamovi va ajoyib inson sifatida tan olinishni istaydi. Psixoanalitiklaming fikricha, mana shu istaklarning ro'yobga chiqmasligi depressiyaning shakllanishiga turtki bo'ladi. E’tirof etilmagan har bir xohish va istak yillar mobaynida ong ostida qo‘nim topadi va ular yig‘ilgan sayin ichki ziddiyatlar kuchaya boradi. Bunday paytlarda depressiyaning o'tkir tarzda yuzaga kelishi uchun kuchli stressning o'zi yetarlidir. Surunkali tarzda shakllanadigan depressiya esa doimiy ruhiy- hissiy zo'riqishlar ta’siri ostida rivojlanadi.
Psixodinamik terapiyaning asosiy maqsadi depressiyaga uchragan bemorlarda ichki ziddiyatlarni to'la ochib tashlashga qaratilgan. Bu terapiya, albatta, individual tarzda olib boriladi va har bir bemorda ichki ziddiyatlar sababini ochishga qaratilgan bo'ladi. Psixodinamik terapiya bemorda katarsis, ya’ni ruhiy poklanishga erishilgunga qadar olib boriladi. Ijobiy natijaga bir necha kun ichida erishish mumkin, ba’zan esa bu jarayon bir necha oyga cho'ziladi.
Kognitiv psixoterapiya bemorda o'zini, atrofdagi voqealar hamda kelajakni ijobiy va optimistik tarzda fikrlash san’atini shakllantirishga qaratilgan bo'ladi. Bu terapiyaning asosida ham bemorning fikrlash dunyosini ijobiy tomonga o'zgartirish yotadi. Kognitiv psixoterapiyaning metodlari ko'p bo'lib, ular maxsus adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Bemor bilan olib boriladigan psixologik suhbatlar depressiyaning turi va og'ir-yengilligiga qarab, 10-20 seansgacha bo'lishi mumkin.
Depressiyaga uchragan bemorlarni davolashda uning yaqinlari bilan o'zaro muloqotlar olib borish ham juda foydalidir. Biroq agar bemor bunga ruxsat bermasa, bu muloqot teskari natija berishi ham mumkin. Albatta, psixolog bemorning yaqinlari bilan suhbatlar olib borishi kerak, chunki bu suhbatlar bemor haqida to'la ma’lumotga ega bo'lishga yordam beradi. Shuningdek, psixolog bemorning yaqinlariga uning oldida o'zlarini qanday tutish lozimligini tushuntiradi. Bu juda muhimdir. Chunki ba’zi oila a’zolari yaqinlarining ahvolidan shunday kuyinishadi-ki, natijada uyda motamsaro muhit yaratiladi, bu faqat bemorning ahvolini yanada og‘irlashtirishi va suitsidal urinishlami kuchaytirishi mumkin. Bemorga hadeb yonbosaverish ham, uning xulq-atvorini tanqid qilaverish ham mumkin emas. Suitsidal fikrlar va urinishlar mavjud bemorlarni yolg'iz qoldirmaslik kerak. Oila a’zolari tomonidan nazorat shunday bo'lishi kerakki, bemorning o'zi buni bilmasin. Chunki, hadeb bemorni qo'riqlayverish uning joniga tegishi mumkin. Bemorning ishonchini qozongan oila a’zolari bilan ko'chaga chiqib, aylanib kelish va sayr paytida, asosan, bemorni so'zlatish, uning his-tuyg'ulariga hamdarda bo'lish o'ta muhimdir. Bemor doimo psixolog bilan har qanday vaziyatda



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish