Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet109/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Travmatik psixozlar


Psixozlar o‘tkir va surunkali bo'lishi mumkin. O'tkir psixoz, odatda, jarohatning dastlabki kunlarida va asosan, miyaning lat yeyishida kuzatiladi. Ayniqsa, bosh miyaning peshona bo'lagi zararlangan bemorlarda kompyuter tomografiyada lat yeyish belgilari yoki gematoma aniqlanadi. Bunday bemorlar neyroxirurg yordamiga muhtoj. Bosh miyaning biror qismi zararlanishi hisobiga kuzatiladigan o'tkir psixozlar, odatda, nevrologik simptomlar bilan birgalikda namoyon bo'ladi, ya’ni falajliklar, koordinator buzilishlar, bosh miya nervlari zararlanish simptomlari va h.k. Shuningdek, oliy ruhiy funksiyalar, ya’ni nutq buzilishlari, apraksiyalar, agnoziyalar ham kuzatilishi mumkin. Bunday bemorlarning ahvoli og'ir bo'lib, ular neyroxirurg, nevropatolog yoki neyropsixolog nazoratida bo'lishi zarur.
O'tkir psixozlarda turli darajadagi hushning buzilishlari kuzatiladi, ya’ni hushning xiralashishidan tortib, sopor holatlarigacha. Hushning xiralashishlarida bemor bilan muloqot buziladi, u savollarga aniq javob bera olmaydi, nutqi uzuq-yuluq va tartibsiz bo'ladi, ba’zan esa tinmay gapiraveradi (logorreya). Logorreya, asosan, bosh miyaning chakka sohasi zararlanganda kuzatiladi. Bizning kuzatuvda, bosh miya jarohatining o'tkir davrida 24 soat tinmay gapirgan bemor bo'lgan va davolangan. Unga kuchli uxlatuvchi dorilar yuborilgandan so'ng uxlab, uyqudan uyg'ongach, yana bir necha soat tinmay gapirgan. Ushbu bemorda logorreya kasallikning 5-6 kunlari miyaning zararlanish belgilari kamaygan sayin, kamayib borgan. Shuning uchun ham bunday paytlarda tinchlantiruvchi dorilar bilan chegaralanib qolmasdan, kasallikning o'tkir daviida qilinadigan barcha dori-darmonlar buyurilishi kerak, chunki aytib o'tganimizdek, logorreya bosh miyaning lokal zararlanishi belgisidir.
Ba’zan bosh miya jarohatlaridan so'ng bemorlar uzoq vaqt uyquga ketadi, bu, albatta, koma emas. Uzoq vaqtga uyquga ketish miyaning himoya funksiyasining bir ko'rinishidir. Bu fenomen to'la o'rganilmagan. Ba’zi mutaxassislar bosh miyaning og'ir jarohatlarini o'tkazgan bemorlarni uzoq vaqtgacha uxlatib (30-40 kunlab) davolashni tavsiya qilishadi. Ulaming fikricha, bunday usul jarohatdan so'ng kuzatiladigan og'ir ruhiy buzilishlarning, ayniqsa, xotira buzilishlarining oldini oladi. Bizningcha, oilaviy bo'lib avtohalokatga uchragan va oila a’zolari halok bo'lgan bemorlarga bu usulni qo'llash mumkin. Buning uchun shifoxonada barcha sharoitlar yaratilishi, organizmning hayotiy muhim funksiyalari faoliyati va yaxshi parvarish ta’minlanishi hamda etika prinsiplariga tioya qilinishi kerak.


270




Travmatik psixozlarda gallyutsinatsiyalar, illyuzor va delirioz buzilishlar, agressiv holatlar ham kuzatilishi mumkin. Ular, odatda, jahl ustida o‘ziga va atrofdagilarga qattiq tan jarohati yetkazib qo'yishadi. Psixozning bunday klinik ko'rinishlarini biror marta bo‘lsa-da, kuzatgan shifokor bemorni, albatta, psixiatr yoki psixonevrologga ko'rsatishi zarur.
Ba’zan travmatik psixozlarda puyerilizm kuzatiladi, ya’ni kattalar yoshiga mos kelmaydigan va bolalik davri uchun xos bo'lgan qiliqlar qiladi. Puyerilizm, ayniqsa, o'smirlik paytida bosh miyaning og'ir jarohatlarini o'tkazgan odamlarda kuzatiladi. Bosh miya jarohatlaridan so'ng xulq- atvoming isterik tarzda shakllanishi, depressiyalar, seksual buzilishlar ham kuzatiladi. Masalan, bosh miyaning peshona sohasi zararlanganda giperseksualizm rivojlanishi mumkin. Isteriya, depressiya va seksual buzilishlar haqida awalgi boblarda batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Ularning etiologiyasida bosh miya jarohatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mast odamlarda rivojlangan bosh miya jarohatlarida psixozlar darajasi va sababini aniqlashda biroz qiyinchiliklar yuzaga keladi. Psixozlami bosh miya jarohati yoki alkogoldan og'ir mastlik hisobiga ekanini aniqlash qiyin bo'ladi.
Korsakov sindromi bosh miyaning og'ir jarohatlaridan so'ng rivojlanadigan o'tkir psixoz bo'lib, uning klinik belgilari, odatda, bemor hushiga kelgach, namoyon bo'la boshlaydi. Bu sindromning asosiy belgisi eslab qolishning buzilishidir. Bemor bo'lib o'tayotgan voqealarni kun, hafta, oy kunlarini, uni davolayotgan shifokorlar (tibbiyot xodimlari)ning ismi va o'zining yotgan joyini eslab qola olmaydi. Bemorning hushi joyida, atrofdagilar bilan muloqoti saqlangan bo'ladi, biroq o'z ahvoliga nisbatan tanqidiy qarashi keskin pasayadi. Korsakov sindromi bir necha kundan bir necha oygacha davom etadi. Bu sindrom, ayniqsa, spirtli ichimliklami iste’mol qiluvchilarda og'ir kechadi. Korsakov sindromida xotiraning barcha turlari, ayniqsa, eslab qolish bosqichi buzilganligi uchun ham uni xotiraning birlamchi buzilishi deb atashadi.
Bosh miya jarohatlaridan so'ng xotira yo'qolishining davomiyligi turlicha bo'lishi mumkin va bu davr ba’zi hollarda bemor umrining oxirigacha davom etadi. Hattoki, xotira tiklanishi kuzatilsada, u to'la bo'lmasligi mumkin.
Travmatik psixozlarning ba’zi turlarida hissiyotning buzilishlari ruhiy buzilishlardan ustunlik qiladi. Masalan, kayfiyatning asossiz tarzda baland bo'lishi, ya’ni eyforiya turli ko'rinishda namoyon bo'ladi, ular ko'p so'zlashadi, bo'lib o'tgan jarohatlami batafsil gapirib yurishni, qanday omon qolganlarini bayon qilishni xush ko'rishadi, beg'am bo'lishadi. Odatda, eyforiya surunkali psixozlar uchun xosdir. Ba’zan avval saxiy va


271


samimiy bo'lgan odam bosh miya jarohatidan so'ng egoist va berahm bo'lib qoladi.


Bosh miyaning og'ir jarohatlarida, ayniqsa, ochiq jarohatlarda tutqanoq xurujlari yoki kuchli vegetativ paroksizmlar kuzatiladi. Posttravmatik epilepsiya, odatda, bosh miya jarohatidan so'ng bir necha yil o'tgach rivojlanadi. Ayniqsa, Jekson xurujlari hamda hushdan ketib rivojlanuvchi tonik-klonik xurujlar, absanslar ko'p uchraydi. Tez-tez hushdan ketish bilan kechuvchi tutqanoq xurujlari borib-borib, bemor xulq-avtorini patologik tarzda o'zgartira boshlaydi.
Bosh miya jarohatlarini o'tkazgan bemorlarda «awal ko‘rgan» yoki «hech qachon ko‘rmagan» fenomeni rivojlanadi. Bemorlar o'zi avval bormagan va ko'rmagan joyda paydo bo'lib qolsa, bu yerga xuddi avval kelgandek, barcha narsalar tanishdek ko'rinadi yoki avval borgan va bir necha bor ko'rgan joyiga borsa, bu yerda hech qachon bo'lmagandek va barcha narsa va voqealar notanishdek tuyuladi. Bu fenomen mexanizmlari to'liq o'rganilmagan.
Bosh miya jarohatlaridan so'ng aqli zaiflik ham rivojlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko'ra, bu holat jarohat o'tkazgan bemorlarning 5 foizida kuzatiladi va u peshona va chakka sohalari zararlanishi bilan bog'liq.
Bosh miya jarohatlarida kuzatiladigan ruhiy buzilishlarning oldini olish uchun avvalambor, bemorlarni kasallikning o'tkir davrida to'g'ri davolash zarur. Ma’lumki, bosh miya jarohatlarining o'tkir davrida bemorlar neyroxirurgiya yoki neyrotravmatologiya bo'limlariga qabul qilinadi. Ba’zan bemorlar 4-5 kun ichida shifoxonadan chiqarib yuboriladi. Shifoxonadan chiqqach, ular zudlik bilan nevropatolog, ruhiy buzilishlar aniqlangan holatlarda esa psixiatr nazoratida turishlari va davolanishlari kerak.

  1. Meningit va meningoensefalit o‘tkazgan bemorlar psixologiyasi

Meningit - bosh miya pardalarining o'tkir yuqumli-yallig'lanish kasalligi bo'lib, asosan yoshlarda ko'p kuzatiladi. Meningit yuqumli kasallik bo'lganligi uchun ham, ushbu kasallik aniqlangan bemorlar zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilishi zarur. Kasallik aniqlangan bemorning oilasida, bog'cha va maktabda darhol dezinfeksiya ishlari o'tkazilib, unga yaqin bo'lganlar vrach nazoratiga olinadi. Meningit ham insultga o'xshab to'satdan boshlanadi. Bemorning harorati 40 gradusgacha ko'tariladi, yuzi va tanasiga toshmalar toshib ketadi, boshi qattiq og'riydi, qusadi, yorug'likka qaray olmaydi, holi qochib yotib qoladi. Nevrologik tekshiruvlarda meningial simptomlar aniqlanadi.


272




Meningit ayniqsa bolalarda og'ir kechadi va ular darrov hushini yo'qotib koma holatiga tushib qolishlari mumkin. Shuning uchun tana harorati ko'tarilgan har qanday bemor darhol mutaxassisga ko'rsatilishi lozim. Odatda, meningit tashxisini nevropatolog yoki yuqumli kasalliklar shifokori qo'yadi. Biroq umumiy amaliyot shifokori meningitni aniqlay olishi va zudlik bilan bemorni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilishini tashkillashtirishi lozim. Bemor shifoxonadan qaytgandan keyin esa uni nazoratga olishi va yana mutaxassislar ko'rigini ta'minlashi kerak.
Meningit kasalligining turi ko'p bo'lib, ularni to'g'ri aniqlash uchun albatta bemorning orqa miya suyuqligini, ya’ni likvorni tekshirib kasallik qo'zg'atuvchisini aniqlash lozim. Bu esa zarur antibiotiklarni to'g'ri tanlab olishga yordam beradi. Lyumbal punksiya, ya’ni miya suyuqligini tekshirish, meningit kasalligida albatta qilinishi lozim bo'lgan muolajadir. Yiringli meningitlarda bu muolaja bir necha bor qilinishi mumkin. Lyumbal punksiya orqali nafaqat kasallik qo'zg'atuvchisini aniqlash mumkin, balki bemor uchun o'ta xavfli bo'lgan miya shishini kamaytirish, bemorning komaga tushishining oldini olish, miya pardalarida ketayotgan yallig'lanish jarayonlarini pasaytirish yoki yiringli jarayonning miya to'qimasiga o'tib ketishini va meningoensefalit rivojlanishining oldini olish mumkin. Miya qorinchalarining xorioidal chigallarida 24 soat ichida 400-450 ml miya suyuqligi ishlab chiqariladi va qayta so'rilib turadi. Bu jarayon turli kasalliklarda kuchayib yoki pasayib turishi mumkin. Meningitlarda yiringli jarayon oqibatida loyqalangan likvorni lyumbal punksiya orqali olib turish, toza miya suyuqligi ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Aks holda miya pardalari orasida qolib ketgan yiringli jarayon miya to'qimasiga so'rilib og'ir asoratlar qoldirishi mumkin, ya’ni tutqanoq xurujlari, ko'rishning buzilishi, xotira buzilishlari, nevroz, psixoz va h.k.
Ta’kidlab o'tilganidek, yuqumli kasalliklar shifoxonalarida meningit bilan kasallangan bemorlarga lyumbal punksiyalar qilinishi tabiiy holdir. Biroq bemor hayoti uchun o'ta zarur bo'lgan ushbu muolajaning o'z vaqtida o'tkazilishiga bemorning yaqinlari yo'l qo'yishmaydi yoki «Punksiya qilmaysiz!» deb turib olishadi. Ayniqsa, bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasida ishlovchi shifokorlar bunday holatlarga ko'p duch kelishadi. «Agar bolada miya suyuqligi olinsa, u aqliy rivojlanishdan orqada qoladi», degan mutlaqo noto'g'ri fikr ota-onalar orasida tarqalgan. Meningit bilan kasallangan bemorlarni konsultatsiya qilishga borganimizda bunday savollarga biz ham ko'p duch kelganmiz. Ba’zan shifokorlar konsultatsiyaga kelgan vrachga «Siz ham ushbu tekshirish zarurligini ayting, bolaning ota-onasini ko'ndira olmayapmiz» deb iltimos


273




qilishadi. Aksariyat hollarda ushbu muolajaning o‘ta zarurligini tushuntirish ancha vaqtni talab qiladi. Bu yerda vrachlar lyumbal punksiyani amalga oshirish zarurligini bemorning qarindoshlari bilan maslahatlashib emas, faqat tibbiy ko'rsatmalarga asoslanib hal qiladi. Ba’zi hollarda bemorning qarindoshlari «Bizlar bilan maslahatlashmay miya suyuqligini olibsiz, nega bunday qildingiz?» deb vrach ustidan arz qilib yurishadi. Bunday shikoyatlar yuridik kuchga ega emas.
Odamlar orasida miya suyuqligini tekshirish haqida bunday noto‘g‘ri fikrlarning paydo bo'lishiga shifokorlar aybdor desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Afsuski, bunday fikrlarni lyumbal punksiya haqida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lmagan shifokorlar tarqatishadi. Quyida ushbu masalaga oid o'zimiz guvohi bo'lgan achinarli bir holatni keltirib o'tamiz. Meni qamoqxonalardan biriga bitta mahbusni ko'rib tibbiy xulosa berish uchun taklif qilishdi. Bemorni tekshirib turishimni kuzatib turgan va shu yerda ishlaydigan bir xodim «Nevropatologmisiz?» deb so‘radi. Men «На» deb javob berdim. U «Bemorni ko‘rganingizdan keyin ketib qolmang, Sizda ishim bor» dedi. Bemorni ko'rib bo'lgandan keyin u meni alohida xonaga olib kirib «Doktor, aytingchi meningitda orqa miya suyuqligini tekshirish kerakmi?» deb so'radi. Men «Albatta, kerak!» deb javob berdim. «Nima uchun?» so'radi u. Men «Bu muolaja tashxisni to‘g‘ri qo'yish uchun zarur» deb aytdim. «Nima, punksiya qilmasa meningit tashxisini qo'yib bo'lmaydimi?» deb so'radi va meningitga xos simptomlarni birin-ketin aytib boshladi, hatto nevrologik simptomlarni ham. To'g'risi, uning meningitga xos belgilarni bexato aytayotgani meni hayratda qoldirdi. «Doktor emasmisiz o'zi?» deb so'radim undan. «Buning nima farqi bor, mening umuman tibbiyotga aloqam yo'q! Siz mening savolimga javob bermadingiz» deb sovuqqonlik bilan yana haligi savolni qaytardi: «Orqa miya suyuqligini tekshirmasa, meningit tashxisini qo'yib bo'lmaydimi?». Men «Qo'yib bo'ladi, biroq bu muolaja faqat to'g'ri tashxis uchun emas, to'g'ri davolash uchun ham zarur» dedim. «Tinchlikmi, nimaga buncha meningit bilan qiziqib qoldingiz, yaxshiyam doktorman, Sizning mahbusingiz emasman» dedim hazillashib. U bo'lsa «Yaqinda bitta doktor mening mahbusim bo'ladi!» dedi jiddiy tarzda va mening oldimga katta bir qizil papkani tashladi. «Iltimos shu materiallar bilan tanishib chiqing» dedi. Men papkadagi materiallar bilan tanishib chiqdim. Qisqasi 30 yoshlar atrofidagi ushbu qamoqxona xodimining 2 yoshga to'lmagan bolasi meningit bilan kasallanib yuqumli kasalliklar shifoxonasiga og'ir holatda keltiriladi. Bemorni mutaxassislar ko'rishadi va zudlik bilan davolash muolajalarini boshlashadi. Bolani davolayotgan palata vrachi uni lyumbal punksiya qilmasdan davolay boshlaydi. Bola tez tuzalavermaydi va hushini yo'qota boshlaydi va sopor holatiga tushadi.


274




Meningit bo'yicha dissertatsiya ishini bajarayotgan boshqa bir vrach o'z navbatchiligida miya suyuqligini olib tekshirish uchun bolaga lyumbal punksiya muolajasini o'tkazadi, chunki bolaning ahvoli og'irlashayotgan bo'ladi. Ertalabgacha miya shishi belgilari kamayib, bola hushiga keladi. Analiz natijalari tayyor bo'lgach meningit qo'zg'atuvchisi aniqlanib, bemorga berilayotgan antibiotiklar va boshqa dori-darmonlar o'zgartiriladi. Bola 4-5 kun ichida o'ziga kelib tuzala boshlaydi, bola komaga tushsa uning hayoti havf ostida qolardi. Ertalabki shifokorlar yig'inida bo'lim mudiri palata vrachini o'z vaqtida punksiya qilmaganligi uchun koyiydi va navbatchi vrachga minnatdorchilik bildiradi. Hamkasblari oldida izza bo'lgan vrach tuzalib ketgan bolaning otasiga «Bolangizdan miya suyuqligini olmasayam tuzalardi, bu muolajani qilish uchun bemorning ota-onasidan yoki davolovchi vrachdan ruxsat olish kerak edi, endi bolangiz aqli zaif bo'lib o'sadi. Navbatchi vrach bolangizni bir kasallikdan tuzatib, ikkinchi kasallikka yo'liqtirdi» deydi. «Punksiya qilgan vrach dissertatsiya ishini bajarayapti, ishonmasangiz tekshirib ко'ring, shuning uchun ham u bolani navbatchilik paytida punksiya qildi, punksiyadan keyin bolaning ahvoli og'irlashib qolsa nima bo'lardi, bu muolajani kunduz kuni qilsa bo'lardi-ku. Biz bir nechta bolalarni punksiya qilmasdan ham davolayapmiz, ishonmasangiz boshqa vrachlardan va hamshiralardan so'rang» deydi. Qamoqxonada tergovchi bo'lib ishlaydigan bu odamning miyasiga noqobil vrachning «Bola endi aqli zaif bo'lib o'sadi» degan so'zlari o'mashib qoladi va u ilmiy ish qilayotgan vrach haqida ma’lumotlar yig'ib boshlaydi, uning dissertatsiya materiallaridan bolasi haqidagi xulosalarni ham dalil uchun oladi, birin- ketin ushbu muolaja haqida barcha vrachlarning fikrini so'rab boshlaydi. Eng achinarlisi «Meningit kasalligida punksiya qilish kerakmi-yo'qmi?», «Lyumbal punksiyani navbatchilikda qilish shartmidi yoki shart emasmidi?», «Miya suyuqligi olingan bolada keyinchalik aqli zaiflik rivojlanadimi yoki yo'qmi?» «Bemorni punksiya qilish uchun yaqin qarindoshlaming ruxsatini olish kerakmi yoki yo'qmi?» kabi savollarga bolaning otasi turli vrachlardan turlicha javob oladi. Bu savollarga ba’zi vrachlar «На» deb javob bersa, boshqa birlari «Yo'q» deb javob beradi. Bu javoblardan tergovchi otaning miyasi gangib qoladi va masalaga oydinlik kiritish uchun meningitga oid ma’lumotlarni darsliklardan izlab boshlaydi va nevrologik simptomlarni qanday tekshirishni ham o'zlashtirib oladi. Suhbat chog'ida u menga «Nima uchun doktorlar yagona qonun bo'yicha ishlashmaydi, har kim har xil gapiradi, axir o'tkaziladigan muolajalar ma’lum bir qonun-qoida asosida olib borilishi kerakku, nega ba’zi vrachlar talabalar uchun mo'ljallangan darsliklardagi ma’lumotlarni ham chala bilishadi? Mening ulardan juda ko'nglim qolib


275




ketdi. Hatto shuncha yildan buyon ishlayotgan vrachlarning ba’zilari punksiya haqida aniq bir ma’lumotga ega emas» deb gapirgandi xunobi oshib. Balkim bu odam hissiyotga berilib shunday gaplarni gapirgandir, lekin men bir narsaga aminmanki, agar qilinajak muolaja haqida u so'roqqa tutgan vrachlarning fikri bir joydan chiqqanda edi, vrachlar haqida u salbiy fikrga bormagan bo'lur edi. Axir tibbiy muolajalar haqida umumqabul qilingan qonun-qoidalar borku va barcha shifokorlar ularga qat’iyan amal qilishlari kerak. Nega biz ularni unutib qo‘yamiz yoki bilmaymiz? Buning natijasida tibbiyotga aloqasi bo'lmagan odamlar orasida yuzimiz shuvut bo'lib qoladi, ular bizlarga ishonmay qo'yishadi. Bir necha yildan buyon meningit kasalligi bilan shug'ullanayotgan vrachlarning fikri nega har xil bo'lib chiqdi. Bu yerda navbatchi vrach juda to'g'ri ish qilgan. Meningitda albatta lyumbal punksiya qilinishi shart, bu haqda vrach faqat tibbiy ko'rsatmalarga rioya qiladi, bemorning qarindoshlariga bu muolaja haqida hisobot berib o'tirmaydi, bemorning hayotini saqlab qolish uchun zarur bo'lgan har qanday tibbiy muolaja zudlik bilan bajarilishi kerak. Bu qoida talabalarga barcha fanlarda o'rgatilib kelinadi. Faqat rejali tarzda bajariladigan muolajalar kuni yoki soati oldindan belgilanishi mumkin. Bunda ham qilinadigan muolaja rejali tarzda bajariladimi yoki zudlik bilan bajarish lozimmi, oldindan hal qilib olish kerak. «Miya suyuqligi olingan bolalarda keyinchalik aqliy zaiflik rivojlanadi» degan fikrlar mutlaqo noto'g'ri fikr bo'lib, aksincha, lyumbal punksiya qilinmay davolangan bolalarning nafaqat tuzalishi qiyin kechadi, balki miya suyuqligidagi yiringli ajratmalar miya bo'shliqlarida to'planib miya to'qimalarini zararlaydi va natijada miya to'qimasi atrofiyaga uchraydi, kistalar paydo bo'ladi. Bunday holatlar keyinchalik turli xil asab va ruhiy buzilishlar rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Endi ushbu buzilishlar bilan taniishib chiqamiz.
Meningit bilan kasallangan bemorlarda kuzatiladigan ruhiy-hissiy buzilishlar
Meningitning o'tkir davrida ruhiy buzilishlar o'tkir psixozlar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bular psixomotor qo'zg'alishlar, gallyutsinatsiyalar, deliriylar, psixosensor buzilishlar (umumiy giperesteziya va h.k.). Gallyutsinatsiyalar va deliriylar kasallikning o'tkir davrida ko'p kuzatiladi va ular meningit uchun xos bo'lgan nevrologik simptomlar bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Meningitda kuzatiladigan bosh og'riq o'ta kuchli va chidab bo'lmas darajada bo'lib, bosh qattiq siqib og'riydi, og'riq kuchidan bemor ingrab boshini qo'llari bilan changallab oladi, ko'zlarini yumib, chiroqlarni o'chirishni yoki pardalarni yopib xonani


276




qorong'i qilishni, televizor va radioning ovozini o'chirishni, hatto chiqillab turgan soatni xonadan olib chiqib ketishni talab qiladi. Bemor og'riq kuchidan to‘lg‘anib oyoq-qo‘llarini bukib g‘ujanak bo‘lib oladi. Chunki har qanday yorug*lik va shovqin bemorning bosh og‘rig‘ini kuchaytirib yuboradi. Meningitlarda kuzatiladigan kuchli bosh og'riqning sababi miya pardalarini innervatsiya qiladigan uch shoxli nerv (V juft) retseptorlari qo'zg'alishidir. Miya paradalarini innervatsiya qilishda sayyor nerv (X juft) va simpatik tolalar ham ishtirok etadi. Ularning qo‘zg‘alishi natijasida kuchli bosh og'riq ketma-ket ko‘ngil aynish va qusish bilan namoyon bo'ladi. Ushbu simptomlarning paydo bo'lishiga miya ichki bosimining oshib ketishi va miya ustuni tuzilmalarining (vegetativ markazlarning) qo'zg'alishi ham sababchi bo'ladi. Qusish, ayniqsa IV qorincha tubida, ya’ni rombsimon chuqurchada joylashgan vegetativ markazlarning qo'zg'alishi hisobiga ro'y beradi. Miya pardalari qancha kuchli yallig'langan va miya ichki bosimi qancha yuqori bo'lsa bosh og'rig'i va boshqa vegetativ simptomlar ham shuncha kuchli ifodalangan bo'ladi.
Yumshoq pardada ketayotgan kuchli yallig'lanish hisobiga bosh miya katta yarim sharlarining ustki qismi, ya’ni po'stlog'ning ta’sirlanishi hisobiga tutqanoq xurujlari, psixomotor va psixosensor buzilishlar ro'y beradi. Bemorning hushi buzilgan bo'ladi, uning tanasiga qo'l tegizsa sakrab tushadi, trigeminal nuqtalarni bosib tekshirayotganda yuzini bujmaytirib boshini olib qochadi, tekshiruvchining qo'lini itarib yuboradi, ko'zini yumgan holda har yoqqa o'zini tashlayveradi, baqiradi, o'rnidan turib ketishga harakat qiladi, atrofdagilami tanimaydi. Savollarga noaniq javob beradi. Bunday buzilishlar kuchli darajada ifodalansa, bemorni tekshirish va davolash muolajalarini o'tkazish mushkul bo'lib qoladi. Tana harorati yuqori holatda kuzatilayotgan ushbu buzilishlar kuchli terlash bilan namoyon bo'ladi. Ushbu buzilishlami bartaraf etish uchun zudlik bilan 2 ml valium (relanium, sibazon) yoki analgin, dimedrol va novokain eritmalari, pipolfen, aminazin kabi dorilarni tomir ichiga yoki mushak orasiga yuborish kerak va «tez yordam» xizmati orqali bemor shifoxonaga jo'natiladi.
Deliriylar meningitning o'tkir bosqichida ko'p uchraydigan ruhiy buzilishlar bo'lib, bunda bemorning ongi xiralashgan bo'ladi, u o'z ahvolini chala bo'lsa-da anglay oladi, biroq atrof-muhitda u bilan sodir bo'layotgan tekshiruvlarni, shifokorlarning xatti-harakatlarini to'g'ri baholay olmaydi. Qayerda yotganini, qachon bu yerga kelib qolganini va taxminiy vaqtni aytib bera olmaydi. Deliriyda ko'ruv va eshituv gallyutsinatsiyalari ko'p kuzatiladi. Bunda bemor ko'z oldidagi narsalarni qo'li bilan haydaydi, yaqinlarini tanimaydi, yo'q odamlarning ismini aytib


277




chaqiradi, ko'z oldida yo‘q narsalarni ko'radi, qo‘rqib baqirib yuboradi. Bunday holatlar ayniqsa bolalarda ko‘p kuzatiladi. Shuning uchun ham bolaning bu ahvolini ko'rib uning yaqinlari qo'rqib ketadi, «Bolam ruhiy kasal bo‘lib qolmaydimi?» deb doktorlardan so‘rayveradi. Albatta, bunday psixomotor qo'zg'alishlar meningitning dastlabki kunlarida ro'y beradi va darrov o'tib ketadi. Shuning uchun bemorning yaqinlariga bu haqda ma’lumot berib, ularni tinchlantirish lozim. Ba’zan bunday holatlar tana harorati ko'tarilgan bolada uyda ro'y berib qolsa, ota-onalar bolasini o'qitishga tabibga olib borishadi va zarur vaqtni qo'ldan boy berib bola nobud bo'ladi. «Bolamga ko'z tegdi, birdan harorati ko'tarilib ruhiy kasal bo'lib qoldi, tabiblarga o'qitsak ham yordam qilmadi va to'satdan vafot etdi», deb ayyuhannos solib yig'lashadi. Bola esa meningitdan o'lgan bo'ladi. Bunday holatlar ayniqsa 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda kuzatiladi. Ularda meningitning og'ir turlari ko'p kuzatiladi, ayniqsa yiringli meningitlar. Bu yoshdagi bolalaming tana harorati ko'tarilsa uxlashaveradi, ayniqsa kechasi, ota-ona esa buni sezmay qolishadi yoki «Bolam bugun charchabdi shekilli, uxlayversin» deb uni bezovta qilishmaydi. Tibbiy yordam ko'rsatilmagan bola esa ertalabgacha o'lib qoladi. Ba’zan ota-onalar bolaning tanasiga spirt o'miga aroq surkab tana haroratini tushirishga harakat qilishadi (aroq tana haroratini tushirmaydi) yoki analgin va dimedrol qilib qo'yisha qoladi va antibiotik qilishmaydi. Analgin va dimedrol aralashmasi yoki tana haroratini tushiruvchi dorivor vositalar meningitga davo bo'la olmaydi, bunday holatlarda albatta antibiotik qilib boshlash zarur yoki bolani zudlik bilan shifoxonaga olib borish kerak.
Shu o'rinda aytib o'tish lozimki, tana haroratini tushiruvchi dorilarni ommaviy axborot vositaiarida reklama qilish mutlaqo mumkin emas. Chunki tana harorati oshishining asl sababi meningit bo'lishi mumkin! Bu dorilar tana haroratini tushiradi, biroq kasallik sababini yo'qotmaydi. Televizorda zo'r berib reklama qilinayotgan tana haroratini tushiruvchi dorilardan birini 2 kun mobaynida 12 yashar bolaga ichirishadi, biroq bolaning ahvoli og'irlashaveradi. Kasallikning uchinchi kuni bolani shifoxonaga olib borishadi va unda yiringli meningit aniqlanadi. Bola 7 kun komada yotadi va vafot etadi. Umuman olganda, dorilarni televizor va radio orqali reklama qilish noto'g'ridir, ularni gazeta va jurnallarda reklama qilish mumkin. Shundayam dorining barcha nojo'ya ta’sirlarini ko'rsatgan holda.
O'rta yoshdagilarda seroz meningit ko'p kuzatiladi. Meningitning bu turida tana harorati 38 gradusgacha ko'tariladi. Bemorning boshi og'riydi, qayd qiladi, hoJi qochadi, tez charchab qoladi, uyqu kelaveradi, ishtahasi buziladi, jizzaki bo'lib qoladi, ko'p terlaydi. Agar bu bemorlarda


278




meningial simptomlar tekshirilmasa, seroz meningit tashxisi qo'yilmasligi va bemor «o'tkir respirator kasallik» tashxisi bilan davolanib yurishi mumkin. Odatda, bunday bemorlar parasetamol yoki uning analoglari va antibiotik qabul qilib yurishadi. Albatta, bu dorilar meningitga xos belgilarni kamaytiradi va bu ham tashxisning kech aniqlanishiga sababchi bo'ladi. Shuning uchun ham tana harorati oshgan har qanday bemorda meningial simptomlar tekshirilishi shart. Faqat ana shundagina meningit tashxisi o'z vaqtida aniqlanadi. O'tkir meningit tashxisini aniqlashda KT yoki MRT ahamiyatli emas, balki maxsus klinik, nevrologik, bakteriologik, virusologik va likvorologik tekshiruvlar orqali aniqlanadi.
Meningoensefalit va ensefalitlarda kuzatiladigan rubiy-hissiy buzilishlar

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish