O’choqli pnevmoniya
Q’choqli pnevmoniya - o’pkaning eng ko’p uchraydigan yalliglanish turi bo’lib, erta yoshdagi bolalarda, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda turli hil kechadi.
Klinikasi: Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda o’choqli pnevmoniya klinikasi "o’pka" (respirator) shikoyatlari, intoksikasiya belgilari, lokal fizikal o’zgarish belgilaridan iborat. Kasallik 1-chi va 2-chi haftani oxirida xarakterli belgilarning sekin-asta rivojlanishi bilan asta-sekin boshlanishi, yoki birinchi uch
Kunidayo’q klinikasi yaqqol namoyon bo’lgan to’satdan boshlanishi ham mumkin.
Birinchi ko’rinishida O’RI bilan kasallangan bolada, qisqa muddat ahvoliniyaxshilanishi yo’ki intoksikasiya belgilari kuchayishi mumkin: tana qarorati ko’tarilishi, bosh og’rishi, o’zini yomon his qilish va ishtahani pasayishi, lanjlik va atrof-muhitga bo’lgan qiziqishni pasayishi, bezovtalik, uyqu buzilishi, til karash bilan qoplangan, taxikardiya, noadekvat bezgak darajasi kuzatiladi.
"O’pka" shikoyatlari yuqori nafas yo’llarining kamayib boruvchi katari fonida kuchayadi, nam yo’tal, hansirash, ba'zida ko’krak qafasining yon tomonida ogriq paydo bo´ladi. Shovqinli ekspirator hansirash pnevmoniya uchun xos emas. Shilliq qavatlari rangi o’zgarmagan holda teri qoplamlari oqimtir bo´ladi, ba'zida perioral sianoz kuzatiladi, nafas olishda yo’rdamchi ko’krak mushaklari ishtirok etadi: burun qanotlari kerikkan, qovurgalararo tortilish, o’mrov usti chuqurchasi tortilishi xosdir.
O’pka ustida lokal fizikal o’zgarishlar aniqlanadi: zararlangan o’choq ustida perkutor tovushning hisqarishi, shu yerda sustlashgan yo’ki dag’al nafas, krepitasiyalovchi va jarangli doimiy mayda pufakli xirillashlar aniqlanadi. Pnevmoniya uchun lokal simptomlarni doimiyligi xarakterlidir.
Klinik qon tahlilida leykositoz, leykoformulaning chapga siljishi, EChT ortishi kuzatiladi. Rentgenologik tekshirishda bitta o’pkada o’choqli soyalar aniqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda o’choqli pnevmoniyaning kechishi birmuncha boshqacha bo’ladi. Birinchi o’rinda nafas yetishmovchiligi paydo bo´ladi, lokal, fizikal o’zgarishlar esa keyinroq aniqlanadi, jarayon ba'zida ikki tomonlama xarakterga ega bo´ladi.
Erta yoshdagi bolalarda kasallikning boshlanish davrida kataral belgilar aniqlanadi: tumov, aksa urish, quruq yotal, subfebril yoki febril tana qarorati, umumiy ahvolining o’zgarishi kuzatiladi. Ko’rik vaqtida bola lanj, adinamiya, mushaklar gipotoniyasi, hansirash, nafas olishda yordamchi mushaklarning ishtirok etishi, teri rangi oqarishi, peroral va tarqalgan sianoz aniqlanadi. Hansirashdan tashqari, nafas aritmiyasi, qisqa vaqtli apnoe kuzatilishi mumkin. Ob'ektiv tekshirganda o’pka shishi belgilari: perkutor tovushning qutichasimonligi, yurak nisbiy chegarasi torayishi kuzatiladi.
Pnevmoniyaning boshlanish davrida sust nafas eshitiladi. Mayda kalibrli jarangli lokal va krepitasiyalovchi xirillashlar pnevmoniyaning birinchi kunlarida yarim bolalarda eshitiladi, keyinchalik ko’pgina bemorlarda aniqlanadi. O’pka ustida tarqoq xirillashlar eshitilishi bronxit, bronxiolit belgilariga kiradi. Bronxiolit bir haftadan ortiq davom etsa pnevmoniya bilan asoratlanadi.
Erta yoshdagi bolalarda o’choqli pnevmoniya o’pka shishi, o’pka ildizi kengayishi va o’pka suratining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Soyalar ba'zida qo’sqilib ketadi. Rentgenda o’choqli qoshilgan soyalar abssess rivojlanishiga moyillik tug’diradi.
Oqibati. Yaxshi tugaydi, antibiotiklarga bog’liq. Klinik va rentgenologik sohayish 3-4 haftadan so’ng yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |