Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Download 8,52 Mb.
bet140/225
Sana14.01.2022
Hajmi8,52 Mb.
#364323
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   225
Bog'liq
Tasdiqlayman

Residivlanuvchi bronxit bolalik davrlarida ko’p uchraydi. Surunkali bronxitdan farqi progressivlanuvchi kechishi kuzatilmaydi, bronx-o’pka tizimida qaytmas funksional va morfologik o’zgarishlar aniqlanadi.

Etiologiyasi. Residivlanuvchi bronxit erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’p uchraydi. qaytalanuvchi bronxitda ekzogen va endogen omillar katta ahamiyatga ega, bolalarda respirator kasalliklarga sabab bo’ladi.

Qaytalanuvchi bronxitga xurujlarni mavsumiyligi xarakterlidir, bu virusli respirator infeksiyalarning epidemik ko’tarilishiga to’g’ri keladi, ko’p hollarda xurujlarni rivojlanishiga sabab bo´ladi. Bolalarda qaytalanuvchi bronxitning shakllanishi va kechishida bakterial infeksiyalarni o′rni katta: pnevmokokk, gemofil tayogchalari, xlamidiya va miko’plazmalarni bir hilda uchrashi kuzatiladi. Bronxial daraxtning ushbu mikroorganizmlardan tozalanishi sekin kechishi xarakterli xisoblanadi. Bolalarda qaytalanuvchi bronxitda nospesifik rezistentlik (neytrofilli leykositlarni pasayishi) va immunologik reaktivlik xususiyati mavjud (xuruj davrida supressorlar pasayishi va remissiya davrida xelperlar aktivligi, T-limfositlar faolligi pasayishi, xuruj davrida sekretor IgA pasayishi kuzatiladi, zardob immunoglobulinlari miqdori doimiy normal bo’lganda kasallik remissiya davrining uzayishi xarakterlidir).

Klinikasi. Bola qanchalik kichik bo’lsa, xurujlar shunchalik ko’p uchraydi (erta yoshdagi bolalarda yilida ortacha 8 marta qaytalanadi, maktab yoshidagi bolalarda yilida 2-3 marta kuzatiladi).qaytalanuvchi bronxit xuruji o’tkir boshlanadi, tana harorati subfebrilgacha, ba'zida febrilgacha kotariladi, quruq yotal 2-3 kundan keyin nam balhamli yo’talga aylanadi.

Maktab yoshidagi bolalarda qaytalanuvchi bronxit xuruji tana qaroratining ko′tarilmasligi bilan kechadi. Yo’tal odatda kun davomida bir xil yo’ki ertalablari kuchaygan bo´ladi.

Auskultativ, perkutor ma'lumotlari va rentgenologik o’zgarishlar o’tkir bronxitdagidek bo´ladi.

Kasallik remissiyasi sekin rivojlanadi. Uzoq vaqt (3-4 haftadan kam bo’lmagan) qisman yo’tal saqlanadi, ertalablari shilliq yo’ki shilliq yiringli balg’am ajralishi bilan kuzatiladi.



Differensial tashqisi. Ikkilamchi surunkali bronxit, surunkali bronx-o′pka kasalliklarining klinik korinishi bo’lishiga mumkin: mukovissidoz, bronxoektatik kasallik. O’pka rivojlanishi nuqsonlari, siliar diskineziya sindromi va boshqalar. Bu kasalliklarga gumon qilinganda bola pulmonologiya bo’limida tekshirilishi rentgen, funksional va instrumental bronx-o’pka tekshiruvidan o’tishi kerak.

Oqibati. qaytalanuvchi bronxitda yo’mon emas, ba'zida surunkali shaklga o’tishi mumkin. 2% bemorlarda qaytalanuvchi bronxit bronxial astmaga o’tishi mumkin.

Residivlanuvchi obstruktiv bronxit - bu o’tkir obstruktiv bronxitning qayta epizodlari bilan kechadigan kasallik. Ba'zan kasallik etiologiyasida xlamidiyalarni o’rni katta.

Klinik ko’rinish va davolash o’tkir obstruktiv bronxitnikidek bo’ladi. Tashqis 3 - 4 yoshda qo’yiladi.

O’RVI obstruksiya epizodlarini chaqiradi. Bronxlar giperreaktivligi va obstruksiya residivi endogen omil bo’lib hisoblanadi. Bronxlar giperreaktivligi -infeksion va noinfeksion omillar ta'siridagi havo o’tish yo’llarining noadekvat reaksiyasi, klinikada bronxlar obstruksiyasi bilan kechadi.

Populyasion tekshirishlar bronxlarning birlamchi giperreaktivligini (irsiy, tugma) aniqlaydi.

Ikkilamchi giperreaktivlik nafas yo’llarining infeksion, allergik zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Residivlanuvchi obstruktiv bronxit differensial diagnostikasidan maqsad qar bir bemorda bronxlar giperreaktivligini aniqlashdan iborat. Bronxial astma bilan qaytalanuvchi bronxit o’rtasitdagi differensial tashqis qiyinchilik tug’diradi. 30-50% erta yoshdagi bolalarda bronxial astma xurujida virusli infeksiyaning o′rni yuqori bo´ladi.

Qaytalanuvchi obstruktiv bronxitda oilaviy anamnezda allergik kasalliklari kuzatilmaydi va atopiyaning o’pkadan tashqari zararlanishi bo’lmaydi.

Umumiy va spesifik immunoglobulin IgE miqdori normada bo´ladi, obstruksiya xurujli xarakterga ega emas, noinfeksion ekzogen allergenlar ta'siri bilan bog’liq emas, astmaga qarshi bazis terapiyadan samara bo’lmaydi. 20% bolalarda residivlanuvchi obstruktiv bronxit anamnezida bronxlarning tugma giperreaktivligi sababini aniqlash mumkin: tug’ilganda kichik vazn, homiladorlik vaqtida onasining tamaki chekishi, nafas yollarining kichik kalibrligi. Residivlanuvchi obstruktiv bronxit xurujini virusli infeksiya kuchaytiradi. 3 - 4 yoshda epizodlar to’xtaydi.


Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish